She'riy san'atlar haqida ayrim mulohazalar

She'riy san'atlar haqida ayrim mulohazalar

O'quvchilarga / Adabiyot
She'riy san'atlar haqida ayrim mulohazalar - rasmi

Material tavsifi

She'riy san'atlar haqida ayrim mulohazalar Режа: She'riy san'atlar haqida tushuncha A. Hojiahmedovning She'riy san'atlar va mumtoz qofiya risolasida badiiy san'atlarning ifodalanishi She'riy san'atlarni tasniflash Malaka oshirish kurslarida ustozlardan biri: Biz maktabda adabiyotshunos tayyorlamaymiz. Biz uchun maktab o'quvchisining roman nima? yoki O'tgan kunlar romani qachon yozilgan va qachon nashr etilgan? kabi savollarga javob berishidan ko'ra, Qodiriy yig'lab o'tirib yozgan satrlarni o'qiganda yig'lay olishi muhimroq- degan edi. Darhaqiqat, yangilanib borayotgan adabiy ta'limga qo'yilayotgan asosiy talablardan biri ham maktab o'quvchisini adabiyotshunoslik materiallari silsilasi bilan emas, balki chinakam badiiy matn bilan tanishtirish, badiiy so'zning jozibasini his ettirish orqali ma'naviy jihatdan kamolotga yetkazish1dir. Ayniqsa she'riy asarlarni o'qitishda o'quvchiga badiiy so'zning jozibasini his ettirishni uddalay olishning kishiga huzur bahsh etadigan mashg'ulotga aylanishida she'riy san'atlarning o'rni beqiyos. Avvallari adabiyot darslarida amalga oshiriladigan badiiy matn tahlillarida asosiy e'tibor g'oyaviy xususiyatlarga qaratilgan bo'lsa, endilikda uni san'at hodisasi sifatida o'rganish va o'rgatish zarurati paydo bo'ldi. Shuning natijasida badiiyat masalalari bilan, xususan, she'riy san'atlarning ta'riflari, tasniflanishi hamda adabiyot o'qitish jarayonidagi badiiy matn tahlilida ularning o'ziga xos o'rni kabilar bilan bog'liq qator qo'llanma va maqolalar yaratildi. Ayniqsa, hozirgi kunda bu masalaga o'zlarining samarali mehnatlari bilan katta hissa qo'shayotgan adabiyotshunoslar A. Hojiahmedov, V. Rahmonov kabi ustozlarning xizmatlarini alohida ta'kidlab o'tish lozim. V. Rahmonovning O'zbek tili va adabiyot jurnali 2004 yil 5-sonidagi Jajji talqiqot rukni ostida e'lon qilingan Munisning badiiy mo'jizasi hamda Til va adabiyot ta'limi jurnalining 2005 yil 5-sonida o'quvchilar hukmiga havola qilingan Alisher Navoiyning badiiy mo'jizasi maqolalari bilan tanishib chiqqach, bizda ham mazkur masala yuzasidan ayrim mulohazalarimizni bildirish istagi paydo bo'ldi. Ularni o'qib, ochig'i, xayolimizga birinchi bo'lib Asl maqsad mazkur baytlarning haqiqatan ham san'at asari ekanligini ko'rsatib berishmi yoki kim ko'p san'at topish musobaqasida g'olib chiqishmi?- degan fikr keldi. Chunki birinchi maqolada Munisning o'n bittagina so'zdan iborat baytidan o'n beshta san'at keltirib chiqarilgan. Avvalo, sanalayotgan she'riy san'atlarning qanday estetik vazifa bajarayotgani masalasi bir oz e'tibordan chetda qolgandek, zo'rma-zo'rakilik bilan asosan son uchun kurash ketgandek va natijada muallif oddiygina statist bo'lib qolgandek tuyuldi, nazarimizda. Maqolada sanab o'tilgan san'atlarning ayrimlari haqida to'xtalib o'tmoqchimiz. Unda sakkizinchi tartibda ko'z so'zining takroridan takrir san'ati hosil bo'layotganligi aytilgani holda o'n beshinchi tartibda yana ko'z so'zi bilan birga qora va qon so'zlarining takroridan takrir san'ati yuzaga kelayotgani ko'rsatiladi. Avvalo, ko'z so'zi birinchi misraning sadrida va ikkinchi misraning ajz(yoki zarb)ida takrorlanayotgani radd-ul-ajuz-al-as-sadr san'atini yuzaga keltirmoqda, qon so'zining ham yuqoriroqda, o'n uchinchi tartibda, tasbeni hosil qilayotgani aytib o'tilgan. Uchinchi tartibda tilga olib o'tilgan tardi aks (ko'z qaro va qaro ko'z) san'atining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.77 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.77 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga