Shukur Xolmirzayev ijodi

Shukur Xolmirzayev ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Shukur Xolmirzayev ijodi - rasmi

Material tavsifi

Shukur Xolmirzayev ijodi R e j a 1. Hozirgi o'zbek adabiyoti taraqqiyotida Sh.Xolmirzayev ijodining ahamiyati. 2. Sh.Xolmirzayevning tarjimai holi. 3. Sh.Xolmirzayev ijodiy yo'lining ilk bosqichi. 4. Sh.Xolmirzayev hikoyalari. 5. Sh.Xolmirzayevning qissa va romanlari. 6. Sh.Xolmirzayev esselari. 7. Sh.Xolmirzayev dramalari. Shukur Xolmirzayev ijodi hozirgi zamon o'zbek adabiyotining yorqin va mazmundor sahifalaridan birini tashkil etadi. Ko'p qirrali iste'dod sohibi Shukur Xolmirzayev adabiyotning turli janrlarida rang-barang badiiy asarlar yaratib, o'zbek adabiyoti xazinasini boyitgan. Adib o'zining rang-barang hikoyalari, publitsistik maqolalari, tarixiy esselari, realistik qissalari-yu ajoyib romanlari bilan hozirgi zamon adabiyotida munosib o'rin egallaydi. SH.Xolmirzayev 1940 yilda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug'ildi. Maktabni a'lo baholar bilan bitirib, u 1956 yilda Toshkent Davlat Universitetiga o'qishga kirdi. Shukur Xolmirzayev eslashicha, maktabda o'qib yurgan chog'laridayoq unda adabiyotga havas uyg'onadi. Toshkent Davlat Universitetining filologiya fakultetida bu havas yanada ortadi. Xuddi shu yillari Shukur Xolmirzayev badiiy ijod sohasida dastlabki qadamlarini qo'yadi. Uning dadil ijod yo'liga kirishida fakultetdagi tanqidchi M.Qo'shjonov boshchilik qilgan adabiy to'garak katta maktablik vazifasini o'taydi. Dorilfununda Sh.Xolmirzayev jahon adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan tanishib, badiiy ijod sirlarini anglay boshlaydi. Iqtidorli yozuvchi Shukur Xolmirzayev hozirgi o'zbek adabiyotida o'z ovoziga, uslubiga ega bo'lgan ijodkorlardan hisoblanadi. U adabiyotimizga 1962 yil Oq otli povesti bilan kirib keldi. Povest bolalar uchun yozilgan bo'lib, unda yoshlarning o'ziga xos orzu o'ylari va hayotga qarashlari aks etgan. SH.Xolmirzayev mazkur povestini e'lon qildirgandan so'ng o'tgan o'ttiz yildan ziyodroq davr ichida juda ko'plab hikoyalar, bir qancha qissa va romanlar yozdi. Yozuvchi Sh.Xolmirzayev hikoyanavis sifatida qaysi mavzuni qalamga olmasin, qandaydir muhim, salmoqdor ijtimoiy fikrni ifodalashga intiladi. Uning bu xususiyatlari, ayniqsa, keyingi yillarda yaratilgan Shudring tushgan bedazor, Cho'loq turna, Podachi, Ko'k dengiz, Xorun ar-Rashid, Qadimda bo'lgan ekan, Tabassum, Ustoz, Farzand kabi hikoyalarida yaqqol namoyon bo'lgan. Sh.Xolmirzayev hikoyalarida, asosan, Surxon vohasining kaloriti yorqin sezilib turadi. Yozuvchining hikoyalarida surxondaryoliklarning o'ziga xosligi, yorqin va katta xarakterlari, yashash tarzi yaqqol ko'zga tashlanib turadi. Uning Arpali qishlog'ida, Olis yulduz ostida, Miltiq otildi, Kimsasiz hovli, Ov kabi hikoyalari, So'nggi bekat, Qil ko'prik, Olabo'ji romanlarida bu koloritni aniq sezish mumkin. To'g'ri, yozuvchi Shukur Xolmirzayev dastlabki ijodiy qadamlaridanoq o'zligini, o'z uslubini topib olgani yo'q. U tinimsiz izlanishlar, ijodiy tajribani o'zlashtirish jarayonida shunga erishdi. Mana o'tmishu hozirgi zamon adabiyoti yozish usullaridan ozmi-ko'pmi o'rganib, o'z yo'limni topish ustida ko'p o'ylandim, - degan edi yozuvchi, - bu izlanish hatto nuqta, vergulni qayerga qo'yish borasida ham bo'ladi. Bu uning, xususan, so'nggi yillarda yaratayotgan asarlarida o'zining yorqin ifodasini topmoqda. Yozuvchining Hayot abadiy, Kulgan bilan kuldirgan, Og'ir tosh ko'chsa, Boychechak ochildi, Cho'loq turna, Qariya, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.63 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.63 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga