Sidqiy Xondayliqiy hayoti va ijodi

Sidqiy Xondayliqiy hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Sidqiy Xondayliqiy hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Sidqiy Xondayliqiy hayoti va ijodi (1884-1934 YIL) Reja: Sidqiy Xondayliqiy hayoti. Sidqiyning ishqiy lirikasi. Sidqiyning ijtimoiy-siyosiy lirikasi. «Rusiya inqilobi» dostoni haqida. Sidqiyning nasriy asarlari. Sidqiy Xondayliqiy adabiyot maydoniga XX asr boshlarida kirib kelgan, davrning shiddatli olata'sir voqealariga guvoh bo'lgan, ularga oddiy xalq nuqtai nazaridan baho bergan, o'z asarlari bilan zamonasining o'ziga xos solnomalarini yarata olgan shoirlardan. Sirojiddin Sidqiy 1884 yilda tug'ildi. Otasi Mirzohidoxun «oxund» deb nomlanishidan o'qimishli kishilardan edi. Shoir o'z otasining kambag'alroq, bechoraholroq bo'lganidan xizmatkorlarga ovqat tashib, ot-uloq boqib, ro'zg'or tebratganini aytadi. Otasining yordami bilan 6 yoshlarida Sirojiddinning savodi chiqadi. Xati ravon bo'lib, qisqa muddatda sheriklari orasida ko'zga tashlanib qoladi. 1903 yilda yuqori tahsilini takomillashtirish maqsadida Toshkentga keladi. Kesakqo'rg'on mahallasidagi Madrasai Rahmatullohda Shomuhiddin oxund qo'lida arab tilining sarf (morfologiya)u nahv(sintaksis)ini o'rganadi. Xattotlikka muhabbat qo'yib, zamonasining mashhur qilqalami Toshkentning arpapoya mahallasida istiqomat qiluvchi Muhammad Shohmurod kotibga shogird tushadi. So'ngra Farg'ona vodiysiga kelib, «mashhuri davron» Mirza Hoshim Ho'jandiydan sulh, ta'liq, ruq'a, yoqutiy, ubaydiy, lohuriy kabi xatlarni o'rganadi va u kishining tarbiya marhamati bilan «g'urbat yurti»da shuhrat qozonadi. SHe'r mashq qila boshlaydi, tarjima bilan shug'ullanadi. Sidqiy shoir sifatida shakllanishida Karimbek Kamiy (1865-1922)ning xizmati katta bo'ldi. «Beklarbegi»da she'rxonlik tez-tez bo'lib turgan. Mulla To'lagan - Tavallo, Mo'minjon-Toshqin, Sidqiy, Miskin, Xislatlar bu mushoiralarning faollari edilar. Bu suhbatlardan she'r ilmi bilan bog'liq gaplar ham o'rtaga tushar edi. Sidqiy «saj'» (qofiyali nasr), «qofiya» kabilarni mana shu adabiy davralarda o'rganganini aytadi. Sidqiyning ilk she'rlari ishqiy mavzuda edi. Ularni «Shavkat» taxallusi bilan yozadi. «Tuhfai Shavkat», (1913), «Sav'oti Shavkat» (1914) to'plamlarini nashr ettirdi. Bir qator she'rlarida «SHevan» (nola, fig'on) taxallusini qo'llaydi. Lekin keyinroq barcha asarlarini Sidqiy taxallusi bilan chop ettiradi. Shoirning o'zi tabiatan mehnatkash, hunar va kasb o'rganishga moyil va mohir bir kishi edi. U xushxatlikdan tashqari tosh yo'nib, unga turli ishlov berish, xat yozish, turli bezaklar tushirish, suratlar ishlash, muhr «qazish»ni o'rniga qo'yardi. Shoirning shaxsiy hayoti ham aytgulik baxtli kechmagan. O'g'illari Fathulkarim va Omonullolarning ketma-ket vafot etdi. Bu esa Sidqiyning qaddini bukdi, qalbini jarohatladi. Shoir Sidqiy 1934 yilda, 50 yoshida o'z qishlog'i Parveztepada vafot etadi. Uning asarlarini sadoqatli shogirdi Abdulla Nosirov O'zFA Sharqshunoslik instituning qo'lyozmalar fondiga topshirdi. 1984 yilda adabiy jamoatchilik shoir tavalludining 100 yilligini, 1994 yilda 110 yilligini nishonladi. 1984 yilda salkam 70 yillik tanaffusdan so'ng adib asarlari alohida bir qator kitob holida nashr etildi. 1996 yilda uning ijodi haqida dissertatsiya yoqlandi. Sidqiy Xondayliqiy - serqirra, sermahsul ijodkor. Adibning asarlari janriga ko'ra ham, mazmun yo'nalishiga ko'ra ham, maqsad-mohiyatiga ko'ra ham xilma-xil edi. Shoir badiiy ijodga badiiy lazzatgina oladigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 462.57 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 462.57 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga