Sinchalak parvozidan kutilgan niyat Reja: Abdulla Qahhorning mashhur qissasi. Abdulla Qahhorning san'atkorlik mahorati. O'zbek adiblarining «Sinchalak» qissasi haqidagi fikrlari. Bundan salkam ellik yil mukaddam o'zbek adabiyoti osmoniga «o'zi kichkina, nimjon bo'lsa ham osmonni ko'targulik quvvati, g'ayrati bor» bo'lgan «Sinchalak» deb nomlangan bir qushcha parvoz qildi (1959). Bu istedodli yozuvchimiz Abdulla Qaxxorning shu nomdagi mashhur qissasi edi. Asar utgan ellik yil mobaynida bir necha bor issik-sovuk kunlarni boshidan kechirdi. Xarakterli tomoni shundaki, bu qissa ham xuddi «Sarob», «Kushchinor» romanlari singari kuzini ochiboq tanqid uqiga duch keldi. Adabiyotshunos O.Sharafiddinovning guvohlik berishicha, asar 1959 yilning yanvar oyida bosilib chiqdi-yu, hali nami qurimay turib yozuvchilar uyushmasida muhokamaga quyildi. Emishki, qissada juda katta siyosiy xatolar bor ekan. Birok o'sha muhokamada ham, undan keyin ham asarda qanday siyosiy xatolar borligini isbotlab bera oladigan bironta mard topilmadi. Aksincha, chorak asr davomida bu qissa va uning muallifi faqat maktov eshitdi. Asosiy qahramon Saida esa sovet davrida cheksiz huquqlarga ega bo'lgan o'zbek xotin-kizlarining tipik vakili sifatida ulug'landi, barchaga ibrat qilib kursatildi. Bundan ham muhimi, 1959 yil fevral oyida Moskvada bo'lib utgan o'zbek adabiyoti va sanoati dekadasida adabiy jamoatchilikning eng ko'p va xub bahosini olgan asar ana shu qissa bo'ldi.Chindan ham bu qissa XX asrning ikkinchi yarmida o'zbek adabiyotida yangi bahor boshlanganidan darak berdi. Darvoke, asarning o'zi ham bahor faslini tasvirlashdan boshlanadi. Aslida ijtimoiy hayotning uzida ham yangicha fasl boshlanayotgan davr edi. Stalin shaxsiga sig'inish illatlari fosh etilgan, mamlakat hayotida ruhiy kutarinkilik yuzaga kelgandi. Mana shu holat qissa boshlanishidayok o'z ifodasini topgandek: Saida Tohirjon Nosirov bilan xonaga kirgach, derazalarni ochib yuboradi. Shunda «Dim kabinetga boshchadan muzday havo, handalaknimi, bosvoldi kovunnimi esga soladigan yalpiz hidi kirdi; chumchuklarning chug'urlashi, deraza ostida okayotgan arikchaning shovillashi eshitildi»Dim kabinet - bu kechagina Stalin gukmronligi davrida bug'ilib, dimikib yotgan mamlakat bo'lib, unda shu paytgacha chumchuklarning chug'urlashi, ariklarning shovullashini eshitish u yokda tursin, odamlar qattiqrok nafas olgani ham chuchishardi. Xona (mamlakat) ob-havosini yangilash «yigirma ikki yoshlardagi baland buyli, xushkomat, juda nozik kiz» (152) Saidalar zimmasiga tushdi. Bu bahor havosi, yangilanish to'lqini o'z navbatida keksalarni ham uyg'otib yubordi. Rayon partiya komitetining yangi kotibi urtok Tohirjon Nosirovning chang bosgan «Villis»dan tushib, «yoshi ellikdan oshgan bo'lishiga qaramay, raykom binosining zinasidan chopkillab chikib» ketishida, keyin birdan tuxtab o'zbekning azaliy odatiga ko'ra ostonadan utmay turib, «zinaning bir A.Qaxxor. Asarlar. 6 tomlik, 2-tom. T., BAN, 1967 (misollar shu nashrdan olindi va sahifasi kavs ichida kursatildi). O.Sharafiddinov. Abdulla Qaxxor. Karang: Mahorat maktabi. Dekada materiallari stenogrammasi. Tchekkasiga borib, koverkot makentoshining etagini, brezent etigini» kokib, chang-g'uborlarni ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
69.7 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:39
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
69.7 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:39 ]
Arxiv ichida: zip, doc