So'fizoda (1880-1937) Reja: So'fizodanining hayoti va ijodi. So'fizoda lirikasi. So'fizodaning maorif sohasidagi fidoiyliklari. So'fizoda boshqa jadid pedagoglari kabi «usuli jadid» maktablari uchun darslik yoki qo'llanma-majmualar yaratgan emas, u faoliyatining ilk bosqichidan boshlab yangi maktablar ochdi, o'qituvchilik qildi, mutaassiblar, «usuli qadim» tarafdorlaridan bunday maktablarni mardonavor himoya qildi. U pedagogik faoliyat bilan baravar badiiy ijod bilan umrining oxirigacha shug'ullandi: unga Hamza bilan bir vaqtda 1926 yil 27 fevralda «O'zbekiston xalq shoiri» unvoni berildi. So'fizoda haqida gap ketganda, uning mana shu ikki fazilati iste'dodli shoir va murabbiyligi haqida to'xtalish muhimdir. Uning adabiy va pedagogik faoliyatini o'rganish 1960 yillarning oxirlaridan boshlandi. Uzoq davom etgan sukunatdan so'ng 1968 yilda adabiyotshunos To'lqin Rasulov So'fizodaning bir qism she'rlarini to'plab, «Taronalar» nomi bilan nashrdan chiqardi. Uning pedagogik faoliyati haqida ham muhim ma'lumotlari berdi.1 1930 yillardayoq uning she'rlari maktab dasrlik va majmualaridan o'rin ola boshlagan edi. 1933 yilda Abdulla Avloniy o'rta maktablarning 7-sinf o'quvchilari uchun tuzgan «Adabiyot xrestomatiyasi»da So'fizoda ijodiga alohida o'rin ajratgan. Muhammadsharif So'fizoda 1880 yilda Chust shahrida hunarmand oilasida tug'ildi. Uning otasi Egamberdi So'fi masjidda so'filik qilgan va pichoqchi-hunarmand bo'lgan. Onasi Zaynab xola o'g'lini ilm-ma'rifatli qilishga qattiq harakat qiladi va uni dastlab mahalladagi ancha o'qimishli, she'riyatni xush ko'ruvchi va chiroyli o'quvchi Manzura otinga topshiradi, keyin o'qishni mahalla maktabida davom ettiradi. Manzura otin Muhammadsharifda badiiy so'zga she'riyatga muhabbat uyg'ota oldi. 1890 yillarning o'rtalaridan Qo'qon madrasalarining birida o'qiy boshlaydi. Qo'qondagi katta madaniy-adabiy muhit Muhammadsharifga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Muqimiy boshchiligidagi hajvchilik maktabidan, Furqatning ma'rifatparvarlik ruhidagi she'rlaridan bahramand bo'ladi. Bu ulkan ijodkorlar ta'sirida «G'ubori dardu alam siynalarni qildi figor» deb boshlanuvchi, «O'pay» radifli lirik, «Dakaning», «Bedanang», «Burgalar» kabi hajviy-mutoyiba hamda qator ma'rifatparvarlik ruhi bilan sug'orilgan she'rlarini yaratdi. Madrasada o'qib yurgan kezlarida o'zbek tilda chiqadigan birinchi gazeta «Turkiston viloyatining gazeti» bilan tanishadi. XX asr boshlarida u «So'fizoda», «Vahshiy» taxalluslari bilan shoir sifatida elga tanila boshladi. Ma'lumotlarga qaraganda, «Vahshiy» taxallusini unga ustoz shoir Muqimiy bergan. Muhammadsharif 1890 yillarda Qo'qonda ilk bor ochila boshlagan «usuli savtiya» maktablarini, ulardagi o'qitish metodlarini ko'rdi. Ancha ziyrak talaba o'qitishning bu yangi usullari afzalliklarini o'z mushohadasidan o'tkazdi. 1899 yilda So'fizoda Chustga qaytdi, ammo uning she'riyati o'zidan oldin Chustga yetib kelgan, ayniqsa hajviyalari ijtimoiy-siyosiy tuzum tarafdorlarini, mustamlakachi ma'murlarni tashvishga sola boshlagan edi. Ular shoirni «badasl», «beadab» deb, dahriylikda ayblaydilar. U bu ta'qib va tazyiqlardan qutulish uchun 1900-1913-yillarda vatanini tashlab ketishga, o'zga yurtlarda darbadar hayot kechirishga majbur bo'ladi. U Markaziy Osiyoning hamma yirik shaharlarida: Boku, Tiflisda, Turkiya, Arabiston, Hindiston kabi mamlakatlarda bo'ladi. Birmuncha vaqt Bokuda yashab, ozarbayjon xalqining Jalil Mamadqulizoda (1866-1932), ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
480.2 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
480.2 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:40 ]
Arxiv ichida: doc