So'ng So'z Biz yuqorida zamonaviy jahon adabiyotining ko'zga ko'ringan vakillari va ularning ijodiy metodi haqida qisqacha so'z yuritdik. Ular dastlab o'zlari mansub xalqning badiiy tafakkuri mahsuli sifatida etiborga loyiq. Chunki, har qanday badiiy asarda biror xalqning taraqqiyoti badiiy, ruhiy-ma'naviy tomondan aks ettiriladi. Qolaversa, ular butun insoniyatga taalluqlidir. O'zbek adabiyotida ham etmishinchi yillardan boshlab falsafiy qaydlarga o'xshash sherlar, saksoninchi yillarda esa bir qatorli sherlar, falsafiy qaydlar ko'rinishidagi sherlar, to'qsoninchi yillardan esa mifologik g'oya va obrazlar, realizm, romantizm, naturalizm, mistitsizm, klassitsizm, modernizm, sentimentalizm, syurrealizm kabi ijodiy metod, yo'nalish va adabiy oqimlarning unsurlarni aralash qo'llab asar yozish odatiy holga aylandi. Bundan tashqari bugungi adabiyotshunosligimizda postmodernizm, poststruktualizm atamalari ko'proq ishlatilmoqda. O'zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov: postmodernchilar mumtoz realizmga qarshi turishdan voz kechganlar va realizm yo'liga qaytgandek ko'rinishadi , taniqli olimlar Umarali Normatov va Hamidulla Boltaboevlarning Yangi nazariy tamoyillar nomli suhbati, D.Quronovning Adabiyotshunoslikka kirish4, D.Quronov, Z.Mamanojov, M.Sheralievalarning Adabiyotshunoslik lug'ati kitoblarida fikr bildirilganini inobatga olsak, postmodernizmni tushunishga harakat boshlangan deyish mumkin. Ayniqsa, izlanuvchan olim Shermurod Subhon ikkita maqola elon qilib ilk fikrlarini aytdi. Lekin o'zbek adabiyotidagi postmodernizmga fundamental darajada baho berish hali boshlagani yo'q desa bo'ladi. Biz Eron va Ozarbayjon kabi islomiy mamlakatlar olimlaridan ulardagi postmodernizm xususiyatlarini, Amerika va Yevropaolimlaridan Martin Xaydegger, Jak Derrida, Mishel Fuko, Umberto Eko, Ilya Ilin, Vyacheslav Kuritsin kabilarning fundamental asarlarini o'rganishimiz va postmodernizmning o'zbek adabiyotidagi ko'rinishini aniqlashimiz, uning aniq shaklini topishimiz lozim. Chunki, o'zbek adabiyoti Salomat Vafo, Zebo Mirzo, Faxriyor, Bahrom Ro'zimuhammad, Zulfiya Qurolboy qizi, Xosiyat Rustamova kabi vakillarining ijodida u yoki bu darajada postmodernistik elementlar uchraydi. Xususan, Salomat Vafoning Ovoraning ko'rgan kechirganlari romanini olib ko'rish mumkin. Birinchi o'rinda, Salomat o'z romanida matnni tashkillashda o'ziga xos koddan foydalangan, yani unda lirizm, poetik tasvirlar va shu bilan birga vulgarizm ham talaygina. Ikkinchidan, qahramon dunyosidagi tartibsizlikni ongli ravishda badiiy asar kompozitsiyasidagi tartibsizlikka aylantirgan. Bazi o'rinlarda voqealar bir tekisda rivojlanib borib, birdaniga xayoliy dunyoga yoki tushga aylanib ketadi. Asardagi manan yetuk, boshqalarga o'rnak bo'ladigan kishilarga nisbatan hurmatsizlik va istehzo seziladi. Xususan, Arslon Ozodiy, qaynota, qaynona, ovsinlarga nisbatan shu holat ko'zga tashlanadi. Shuning bilan birga Saltanat xayolidagi dunyoga real hayot qarshi qo'yiladi. Bir roman doirasida rassomlikka xos priyom, ocherkka xos elementlar ko'zga tashlanadi. Mazkur xususiyatlar romanning haqli ravishda postmodernizmga mansubligini ta'minladi. Shuningdek, bosh qahramon xarakterida nigilizm kuchli ekanligi asarning yanada ta'sirli va jonli ekanligini ta'minlagan. Adiba o'z romanida shoirlarni Arslon Ozodiy timsolida avliyo darajasiga olib chiqqan. Romanda Ozodiyning Sahro ibodati nomli to'qima asari 16 marta esga olinadi. Undan qaydlar keltiriladi. Barcha o'rinda romanning bosh ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.01 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.01 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:40 ]
Arxiv ichida: doc