So'z zargari - Abdulla Qahhor

So'z zargari - Abdulla Qahhor

O'quvchilarga / Adabiyot
So'z zargari - Abdulla Qahhor - rasmi

Material tavsifi

So'z zargari Adabiyot va folklor an'analari munosabatlari teran va har taraflama. O'zbek mumioz adabiyotini qo'ya turaylik, faqat XX asr o'zbek adabiyotining shakllanishi, rivojlanishi bevosita folklor an'analari bilan bog'liq holda kechdi. Ko'plab adibu shoirlar ijodini ko'zdan kechirish shuni ko'rsatadiki, haqiqiy iste'dod sohiblari o'zlarining g'oyaviy-estetik prinsiplarini shakllantirishda o'z iqtidorlari va uslubiy yo'nalishlari darajasida folklor an'analardan baxramand bo'lganlar. Ijodkorning folklor an'analaridan ijodiy foydalanishi deganda uning asarlari asosida butunisicha folklor materiali yotishi kerak, deb tushunmaslik kerak. Bunda, eng avvalo, uning asaridagi xalqchilikning darajasi va uni ro'yobga chiqargan vositalarni nazarda tutishi zarur. O'zbek adabiyotining zabardast namoyandasi A.Qahhor ijodining folklor an'analariga munosabati masalasi xuddi shunday nigohni talab etadi. A.Qahhorning adabiyotimiz rivojidagi buyuk xizmatlaridan biri uning realistik badiiy nasrning shakllanishi va rivojiga barakali ulush qo'shganligidadir. Hikoya janrining XX asrning 30-yillaridan keyingi taraqqiyoti bevosita A.Qahhor nomi bilan bog'liq. Uning hikoyalaridagi chuqur xalqchillik, hajv tig'ining o'tkirligi, bir tomondan, adibning individual mahorati bilan izohlasa, ikkinchi tomondan, uning folklor an'analaridan ustalik bilan oziqlanishi oqibati deb tushunmoq kerak. A.Qahhorning Raqib, Olam yasharadir, Gumroh, Aflotun muhabbati kabi ilk hikoyalaridan boshlab, 30-yillarda yozilgan va kitobxonlar orasida katta shov-shuvlarga sabab bo'lgan barcha asarlarida folklorona ruh yorqin sezilib turadi. Bu o'rinda shuni ham alohida ta'kidlab o'tish zarurki, ana shu hikoyalarda folklorga xos syujet va motivlardan adib foydalanmagan. Ammo o'tmishning mudhish lavhalari, xalqning mashaqqatli hayotini jonli tasvirlarda aks ettirish uchun u folklorga xos shartli tasvir usullariga, xalq ertaklariga xos vaziyatlardan o'rinli foydalanishga harakat qilgan. A.Qahhor bir qancha hikoyalariga xalq maqollari hamda qo'shiqlaridagi ayrim misralarni epigraf qilib keltiradi. Epigraf esa ijodkorning niyati, asarning mazmunini izohlaydi. Binobarin, maqol va qo'shiqlardan olingan epigraflari adibning g'oyaviy-badiiy maqsadini ro'yobga chiqarishga xizmat qilgan. Masalan, anorga boshqorong'i bo'lgan xotiniga anor topa olmasligi haqida hikoya qiluvchi Anor asariga Uylar to'la non, och-nahorim, bolam. Ariqlar to'la suv tashnazorim, bolam kabi xalq qo'shig'iga mansub misralar hikoyaning bosh g'oyasini ochishga xizmat qilgan. Darhaqiqat, butun yurtimiz anorga to'lib-toshgan bir paytda bechora kimsalarning ana shu narsani sotib olishga kuchi yetmaganligini yuqoridagi epigraf juda ta'sirchan yetkazadi o'quvchiga. Non to'la uyda och-nahor, ariqlar to'la suv bo'lganda, tashnazor bo'lish nochorlikning eng quyi darajasidir. Demak, Turobjon ana shu nochorlik darajasida umrgo'zaronlik qiladigan bechorahol inson ekanligi keltirilgan epigrafdan hech qanday izohsiz sezilib turadi. Ko'r ko'zining ochilishi hikoyasiga Mulla Umar sizmisiz? To'ng'iz o'qi yerimsiz?, O'g'ri hikoyasiga Otning o'limi itning bayrami, Bemor hikoyasiga Osmon yiroq, yer qattiq, Bashorat hikoyasiga Ola qarg'a qag' etadi, o'z vaqtini chog' etadi kabi xalq qo'shiq va maqollarini epigraf qilib keltiradiki, ular hikoyaning g'oyaviy mazmunini aniq belgilashga ko'mak beradilar. Folklorga murojaat etish A.Qahhor ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 439.43 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 439.43 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga