Struktura va strukturalizm Reja: Adabiy tanqid va badiiy adabiyot. O'zbek tanqidchililigida badiiy asarga yondashuvning yangi ko'rinishlari Strukturalizm va XX asrdagi ayrim falsafiy-estetik qarashlar Strukturalizmning yangi ko'rinishlari Postrukturalizm Ekzistensial yo'nalish va uning vakillari O'zbekiston mustaqilligi adabiyotshunoslik, adabiy tanqid oldida yangi imkoniyatlarni paydo qildi. SHo'ro davri adabiy tanqidchiligi haddan tashqari mafkuralashtirlgan, sotsialistik realizm nomli metod badiiy adabiyotning qo'l-oyog'iga kishan solgan edi. Qanday bedodlikni, adabiy tanqid «he» yo'q, «be» yo'q barcha kitobxonlarning, jamiki yozuvchi-ijodkorlarning o'qituvchisi-rahnamosiga aylanib qolsa. Adabiy tanqid «rahnamolik»ni shu darajada uddaladiki, manman degan san'atkorlar asarlari yaroqsiz deb topildi, yuzlab, minglab yozuvchilar xalq dushmani sifatida otildilar, osildilar, zindonband qilindilar. Adabiy tanqid ijtimoiy qiyosiy, tipologik talqin yo'lidangina bordi. Adabiy tanqidning germenevtika, aksiologiya, qadriyat singari tushunchalari chetga surib tashlandi. Adabiy tanqid zo'r berib ijobiy va salbiy qahramon masalasini bayroq qilib ko'tardi. Kommunist obrazini yaratish xalqlar do'stligi muammosini yoritishda tappa-tayyor qoliplardan foydalanildi. O'zbekiston Mustaqilikka erishgach, jahon adabiyotshunosligi, tanqidchiligi mag'no-mohiyati shakli-shamoyili ko'zga yaqqol ko'rindi. G'arb, anglo-amerika adabiyotshunosligi badiiy asarni o'qish anglash estetikasini yaratib bo'lgan, talqinu baholash nazariyasi bobida katta yutuqlarga erishgan ekan. O'zbek tanqidchililigiga badiiy asarga yondashuvning yangi ko'rinishlari, talqinning yangidan yangi shakllari kirib kela boshladi. O'ylab ko'rilsa, G'arbda taraqqiy etgan talqin, baholash yo'sinlari mumtoz adabiyotshunosligimizda mavjud bo'lgan. G'arbda «germenevtika», «aksimologiya», «interpretatsiya», «biografiya» singari so'zlar mavjud edi. Sharqda, musulmon adabiyotshunosligida izoh, sharh, tafsir, talqin, ta'vil, manoqib, tazkira singari imtihonlar ko'p bo'lgan. Biz ushbu maqolalmizda badiiy matn tarkibi, ma'nolar ko'chimi, tayanch so'zlar-struktura, strukturalizm haqida fikr-mulohaza yuritar ekanmiz, mustaqillik tufayli adabiy tanqidda qayta jonlana boshlagan bir muammoni qayta ko'rib o'tamiz. Badiiy asar o'ziga xos mikromir: san'atkor asar vositasida olam-olam fikrlarni bildiradi, g'oyalarni ifodalaydi. Biz Borliqni qanday o'zlashtirsak, san'atkor matnini shunchalik sinchiklab o'rganamiz. Haqiqiy matn - tartibli tarkibiy tizim. Borliq tuzilishida, inson muchasi, a'zolarining joylashishida izchil tarkib, tartib bo'lganiday, badiiy asar matnida ham tartibli tarkib mavjud. Aniqroq aytsak, badiiy asar - betakror struktura, tartibli tarkibiy tizim. Bu tizimni o'qish, o'zlashtirish yo'rig'i, yo'sini, qoidasi strukturalizmdir. Strukturalizm maqsadi adabiy matnning semiologiyasi - ma'nolar ko'p yo'nalishi, ko'p qatligini anglashdir. Strukturalizm maqsad-mohiyatini yuzaga chiqarishda asardagi muhim ma'no nuqtalarini belgilab olish jiddiy ahamiyat kasb etadi. Sinchkov nazar strukturalizm matnni turli alfozda tahlil qilish ekanligini payqab yetadi. Boshqacha aytganda, strukturalizm va germenevtika, strukturalizm va aksiologiya uncha ham bir-biridan yiroq tushunchalar emas. Biz strukturalizmning paydo bo'lishi, bosqichlari haqida to'xtalishni; strukturalizm va XX asrdagi ayrim falsafiy-estetik qarashlar tarixini yoritishni; strukturalizm vazifasi va oqibatlarini ochishni; nihoyat, strukturalizmning o'zbek adabiyotida qo'llanishi mumkin bo'lgan yo'nalishlar tarixini ifodalashni maqsad qilib qo'ydik. 2 Mohiyatiga ko'ra strukturalizm yangi soha emas. Uzoq tarix, boy ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
534.11 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
534.11 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:40 ]
Arxiv ichida: doc