Surat va siyrat

Surat va siyrat

O'quvchilarga / Adabiyot
Surat va siyrat - rasmi

Material tavsifi

Surat va siyrat Ko'pincha el ichida ijodkorlar to'g'risidagi turli-tuman mish-mishlarga, uzunquloq gaplarga duch kelinadiki, goho ularning bir-biriga tamomila zidligiyu aql bovar qilmas darajada ajabtovurligidan shoshib qoladi kishi. Albatta, bu nav mish-mishlar el nazdida katta obro'-e'tibor topgan kishilar hayotiga qiziqishning zo'rligidan yuzaga keladi. Biroq, o'ylashimizcha, buni ommaviy qiziquvchanlikning o'zi bilangina izohlash kam ko'rinadi. Zero, buning asosiy sabablaridan biri sifatida adabiyotshunosligimizda ijodkor biografiyasini o'rganishga yetarli e'tibor berilmasligini ko'rsatishga moyilmiz. Hatto, sir emas, ijodkor biografiyasi bilan bog'liq ishlarga mensimasdanroq, ilmdan yiroq hodisa sifatida qarash hollari ham yo'q emas. Holbuki, adibu shoirlar hayotiga oid faktlarni to'plashu tavsiflash ilmning chinakam «qora ishi» sifatida baholanishi kerak. Sababki, bu xil ishlar konkret ijodkorning shaxs va san'atkor sifatidagi tadrijini kuzatish yoki konkret asarning ijodiy tarixini o'rganishu uni to'g'ri talqin qilish uchungina emas, ijod psixologiyasi, ijodkor va jamiyat munosabati kabi qator umumestetik muammolarni yoritishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ma'noda, dadil aytish mumkinki, T.Jalolov, L.Qayumov, N.Karimov singari olimlarimizning mazkur yo'nalishdagi ishlari ertangi adabiyotshunosligimiz uchun bag'oyat qimmatli manba bo'lib qoladi Darvoqe, masaladan biroz chetlab ketdikki, haqli e'tiroz tug'ilishi tabiiy: xo'sh, yozuvchi biografiyasining o'rganilishi bilan mish-mishlar orasida qanday aloqa bo'lishi mumkin? Mazkur savolga javob berish uchun, avvalo, bizda ijodkor biografiyasi qanday o'rganiladi? degan savolga to'xtalib o'tish joiz. Afsuslanarli tomoni shundaki, bizda yozuvchi shoirlar hayotiga oid faktlar saylab o'rganiladi, saylab ilmiy muomalaga kiritiladi. Nega shunday? Buning bir qator omillarini ko'rsatishimiz mumkin. Avvalo shuki, o'quvchi ommaning aksariyati adibu shoirlar haqida ularning asarlaridan kelib chiqib tasavvur hosil qiladi: muallif obrazi bilan adib, lirik «men» bilan shoir orasiga tenglik alomati qo'yadi. Bas, bunday o'quvchining ko'zi o'z tasavvuridagi shoiru adib qiyofasiga o'tirishmaydigan chizgiga tushganida, ko'ngli «nahotki?» deya isyon qiladi - uni qabul qilishni istamaydi. Inson tabiati shundayki, u har vaqt o'zi uchun «kumir» yaratib olishga moyil, hartugul, «Injil»dayoq bandalarning bundan qaytarilgani ham bejiz emas. Holbuki, adibu shoirlar ham inson, baski, inson bolasiga xos jamiki fazilatu illatlar ularga-da yot emas. O'quvchi ommaning aksariyati ayni shu oddiy haqiqatni tan olishni istamaydi - shoiru adibning ilohiy ijod onlaridagi suratu siyratini muqim hodisa sifatida qabul qiladi. Afsuski, aksariyat o'quvchilar ongidagi «nahotki?» ko'pincha tadqiqotchi ongida-da aks sado berib turadi: u ham beixtiyor tasavvuridagi qiyofani yaratishga kirishadi, o'ziga ma'lum ko'p faktlarga ko'z yumadi - ularni «tasodifiy», «ahamiyatsiz» deb hisoblaydi. Biroq, shunisi borki, shoiru adiblar ham odamlar orasida yashaydi. Baski, o'zlarining qisqa va bag'oyat uzun umri davomida, o'zlari harchand istamasin, asarlarida namoyon bo'lib turgan qiyofani har vaqt ham saqlay olmaydi. Tabiiyki, adabiy davralarga, u yoki bu ijodkorga ozmi-ko'pmi yaqin bo'lgan kishilardan olingan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 457.98 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 35 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 457.98 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 35 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga