Suriya adabiyotida an - nahda harakati. Suriya adabiyotida hikoyanavislikning vujudga kelishi

Suriya adabiyotida an - nahda harakati. Suriya adabiyotida hikoyanavislikning vujudga kelishi

O'quvchilarga / Adabiyot
Suriya adabiyotida an - nahda harakati. Suriya adabiyotida hikoyanavislikning vujudga kelishi - rasmi

Material tavsifi

Suriya adabiyotida «an-nahda» harakati. Suriya adabiyotida hikoyanavislikning vujudga kelishi. Suriya yozuvchilari uyushmasi Reja: Suriya adabiyotida «an-nahda» harakati. Suriya adabiyotida hikoyanavislikning vujudga kelishi. Suriya yozuvchilari uyushmasi Arab adabiyotida XIX asrda milliy uyg'onish (an-Nahda) jarayoni yuzaga keldi. Bu davr feodal munosabatlarning tanazzuli, milliy - ozodlik harakati va ma'naviy hayotdagi jiddiy siljishlar zamoni sifatida ma'lum XIX asrning oxirgi o'n yilligida Suriyaga xorijiy kapital ko'plab kirib kela boshladi. Suriyaning kapitalistik bozor munosabatlariga tortilishi, yangi ijtimoiy munosabatlarning qaror topishi, Suriya xalqining turklar va xorijiy kapital hukmronligiga qarshi kurashi mamlakatdan qutilishiga olib keldi. Suriya ma'rifatparvarlari keng xalq ommasini ma'rifatli qilishni asosiy maqsad qilib oldilar, vatanlarining ijtimoiy, madaniy rivojlanishi omilini shunda ko'rdilar. Arab milliy burjuaziyasining shakllanishi va milliy o'zini anglashning o'sishni qamrab oladigan bu davr Suriya va Misr uchun, ta'bir joyiz bo'lsa, fikrlashga qobil aql butun mavjudot uchun yagona o'lchov bo'lib xizmat qiladigan ma'rifatparvarlik davri vazifasini o'tadi. Arab ma'rifatparvarligi va maorifini rivojlantirishga Butrus al-Bustani (1819-1883) katta hissa qo'shdi. U maktab ochib yoshlarda o'z madaniyatiga qiziqish hissini uyg'otdi, arab tilining izohli lug'atini tuzdi, ensiklopediya yaratdi. Grammatika, ritorika, poetika bo'yicha qator qo'llanmalar tuzgan Nasif al-Yaziji (1800-1871) xam xuddi shunday mavqega ega. Ingliz, rus missionerlari tomonidan ochilgan maktablar ham Suriya madaniy hayotida ijobiy rol o'ynadi. Bu davrda publitsistika ancha rivojlanib, XIX asr arab adabiyotining mustaqil janriga aylandi. Suriyaning bir qator ko'zga ko'ringan ma'rifatparvari - Adib Ishoq, Abdurahmon al-Kavakibiy, Muhammad Kurd Ali, Abdulloh Marrish faoliyati matbuot bilan bog'liq holda kechgan. Suriya matbuoti boshqa arab mamlakatlari kabi milliy o'zlikni anglashni uyg'otib, Sharqning G'arb bilan bo'lgan aloqalariga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Demokratik ro'znoma sahifalarida o'quvchiga tushunarli tilda bayon etilgan dolzarb muammolar aks etdi, hamda tashqi istiloga, diniy ayirmachilikka qarshi chaqiriqlar bayon etildi. Fransuz ma'rifatparvarlari, jumladan Russo g'oyalari Fransis Marrashga (183601875) ta'sir ko'rsatdi. U adolat, erk, aql g'alabasiga isxonar, vatandoshlarini fikriy yangilanish, tafakkurni o'tmish sarqitlaridan ozod qilishga chaqirar edi. F. Marrashning qarashlarini uning singlisi Suriyalik ayollardan chiqqan birinchi publitsist Marena Marrash ham qo'llab-quvvatlar edi. Uning maqolalari Xalil Sarkisning Lisan al-Hol gazetasi va Butrus al- Bustoniyning al-Janon jurnalida chiqib turar edi. Uning maqolalarda musulmon oilalarida hukm surgan eski urf-odatlar tanqid ostiga olinardi. U vatandosh ayollarni oilada va jamiyatda erkin bo'lishga da'vat etardi. Mana shu davrdagi Suriyaning antifeodal kurashining eng ko'zga ko'ringan ideologi Abdurahmon al - Kavokibiy edi. Uning Shaharlar onasi va Istibdod tabiati asarlarida feodal tuzum sarqitlaridan xoli yangi jamiyat qurishga da'vat qilinadi. Al - Kavokibiy birinchilardan bo'lib arablar birligi g'oyasini ko'tarib chiqdi. U jamiyatni yangilash uchun islohatlar bilan birgalikda inqilobiy yo'lni ham inkor qilmas edi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 507.33 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 507.33 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga