Suriya yozuvchilari uyushmasi

Suriya yozuvchilari uyushmasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Suriya yozuvchilari uyushmasi - rasmi

Material tavsifi

Suriya yozuvchilari uyushmasi Reja: Suriya yozuvchilar uyushmasining tashkil topishi. Suriya yozuvchilar uyushmasining maqsad va vazifalari. Suriya yozuvchilar uyushmasi vakillari asarlarining mavzulari. Suriya adabiyotida realistik tamoyillarning rivojlanishiga yozuvchilarning rus adabiyoti bilan oshnoligi ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Suriya boshqa arab mamlakatlariga nisbatan ko'proq darajada rus adabiyoti bilan chuqurroq tanishish imkoniyatiga ega edi. Bu hol XIX asrning 80-yillarida Falastin jamiyati tomonidan tashkil etilgan maktablar tufayli bo'lib, ularda rus tili majburiy fan sifatida o'qitilar edi. Shu bois Suriya va Livan hozirgacha rus adabiyoti bilan bo'lgan an'anaviy bog'lanishlarini saqlab qoldilar. Adabiyot sohasidagi davlat mukofoti sovrindori arab yozuvchisi Huseyn Favdi bunday yozgan edi: Biz Zaynab yoki Iso ibn Hishom emas, rus yozuvchilari asarlari tarjimalari orqali ulg'ayganmiz. Suriya yozuvchilari uyushmasi a'zolari quyidagilar edi: Mavoxib al-Qayali (rais), Xasib al-Qayali, Vasfi al-Bunni, Shavqi Bag'dodiy, Said Havraniya, Adil Abu Shanab va b. Suriya yozuvchilari jahon adabiyoti klassiklarining realistik metodlarini o'zlashtirishga juda ko'p harakat qilar edilar: Suriya nashriyotlarining O.Balzak, Ch.Dikkens, M.Gorkiy, L.Tolstoy kabi ulian realist yozuvchilar ijodiga qiziqishi ham shundan dalolat beradi. Uyushmaga a'zo bo'lgan yozuvchilar buyuk rus yozuvchilari ijodiga keng o'quvchilar doirasi diqqatini jalb qilish maqsadida adabiy klublarda ma'ruzalar o'qishar, matbuot va radio orqali bahs, munozaralar tashkil qilar edilar. Sovet - Suriya madaniy aloqalari jamiyatining tashkilotchilaridan biri rus va sovet adabiyotining faol tarjimoni va targ'ibotchisi sifatida maydonga chiqdi. L.Tolstoy, A,Chexov va boshqa rus yozuvchilari haqidagi ma'ruzalar uning qalamiga taaluqli. N.Tixonov hikoyalari, Pavlyankoning Cho'l quyoshi, M.Gorkiyning Ona romani tarjimalari ham unga tegishli. Suriya yozuvchilari uyushmasi a'zolari bir qator novellalar majmualarini nashr ettirdilar. Ular orasida Shavqiy Bag'dodiyning Mahallamiz qon qusmoqda, Said Xavraniyaning Odamlarning o'z shodligi bor, Mavaxib al-Kayalining Oq ro'mollar, Xasib al-Qayalining Qishlardan xabarlar, Vasfi al-Bunnining Guta markazida, Odil Abu Shanabning Dunyo, ammo u tordir kabi to'plamlari mavjud. Uyushma a'zolari ijodi orqali Suriya hikoyanavisligiga xalq vakillarining obrazi kirib keldi. Yozuvchilar dehqonlar, ayollar masalasiga alohida diqqat qilar, xalqning milliy - ozodlik kurashi bilan bog'liq voqealarni qalamga olar edilar. Adabiyotga yangi qahramon - yaqindagina faqat kulgi uchun yoki ikkinchi darajasi siymo sifatida tasvirlangan falloh-dehqon obrazi kirib keldi. Yozuvchilarning adabiy uslublari turli-tuman bo'lishiga qaramay demokratik e'tiqod, vatanga muhabbat tuyg'ulari, ijtimoiy adolatsizlikni qo'porib tashlashga bo'lgan intilish, o'z xalqiga sidqidildan xizmat qilish, uning manfaatlarini himoya qilish istagi ularni birlashtirib turar edi. Ushma a'zolari asarlari badiiy jihatdan ham mukammallikka ega bo'ldi. Ular ijodida an'anaviy estetik qonun-qoidalar - ko'pgina sharq adabiyotlariga xos bo'lgan nasihatgo'ylik, didaktikaga moyillikni yengib o'tishga qaratilgan murakkab jarayon o'z aksini topgan. Bu yozuvchilarning adabiy izlanishlariga A.Chexov, L.Tolstoy, G.Mopassan, V.Gyugo kabi jahon realistik adabiyoti namoyondalari ijodi katta ta'sir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 456.02 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 456.02 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga