Syujet. Konflikt. Kompozitsiya Reja: Syujet haqida tushuncha. Syujet turlari. Syujet komponentlari. Konflikt va uning turlari. Badiiy asar kompozitsiyasi. Syujet (frans. - predmet, asosga qo'yilgan narsa) badiiy shaklning eng muhim elementlaridan biri sanalib, badiiy asardagi bir-biriga uzviy bog'liq holda kechadigan, qahramonlarning xatti-harakatlaridan tarkib topuvchi voqealar tizimini anglatadi. Umuman, syujetlilik badiiy adabiyotning xos xususiyatlaridan biri bo'lib, barcha turdagi badiiy asarlarda ham syujet mavjuddir. Faqat shunisi borki, har bir turda, janrda syujet o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladi. Masalan, aksariyat lirik she'rlarda voqealar tizimi mavjud emas, biroq ularda o'y-fikrlar, his-kechinmalar rivoji kuzatiladiki, bu ularning syujetini tashkil qiladi. Shuningdek, ba'zan kichik hajmli hikoya va novellalardagi syujet ham voqealar tizimi degan ta'rifga muvofiq kelmaydi: bunda bir hayotiy holat ichidagi o'sish, rivojlanish kuzatiladi (Mas.: Cho'lponning Taraqqiy, A.Qahhorning Bemor hikoyalari). Shu xil holatlarni ko'zda tutgan holda adabiyotshunoslikda voqeaband syujet va voqeaband bo'lmagan syujet turlarini ajratiladi. Yana shuni aytish kerakki, ayrim adabiyotshunoslar (mas., G.Pospelov) fikricha, syujet epik hamda dramatik asarlarga xos bo'lib, lirik asarlar syujetga ega emas. Boshqalar syujet deb atagan lirik asardagi o'y-fikrlar, his-kechinmalar rivojini ular kompozitsiya bilan bog'lab tushuntiradilar. YA'ni, bu o'rinda lirik asar kompozitsiyasi syujet (voqealar tizimi) o'rnini bosadi, o'y-kechinmalarni muayyan tartibda uyushtiradi. Bu xil qarashning qulayligi shundaki, u ishda terminologik chalkashliklardan qochishga, syujet deganda asarda tasvirlangan voqealar tizimini tushunishga imkon beradi. Kursimiz davomida biz ham shu xil qarashdan kelib chiqamiz va syujet deganda epik va dramatik asarlarga xos bo'lgan syujetni, voqealar tizimini tushunamiz. Mavjud darslik va qo'llanmalarda syujetga M.Gorkiy tomonidan berilgan ta'rif keltiriladiki, unga ko'ra syujet u yoki bu xarakterning, tipning tarixiy rivojlanishi, tashkil topib borishidir. Biroq, ma'lumki, barcha badiiy asarlarda ham xarakter rivojlanishda, o'sish va shakllanishda ko'rsatilmaydi. Misol uchun A.Qahhorning mashhur O'g'ri hikoyasini olib ko'raylik. Ma'lumki, bu hikoyada xarakterlar tayyor holda beriladi, voqea davomida rivojlanmaydi, - syujet bu o'rinda voqeaning ichki rivojini namoyon etadi, xolos. Demak, M.Gorkiyning syujetga bergan ta'rifi universal bo'lolmaydi, u ayrim tipdagi asarlarga (mas.,Qutlug' qon,Kecha va kunduz) nisbatangina to'g'ri keladi. Modomiki biz syujet deganda epik va dramatik asarlarga xos syujetni nazarda tutarkanmiz, unda syujet asardagi bir-biriga bog'liq voqealar tizimi yoki konkret holat, bitta voqeaning ichki rivoji sifatida tushunilgani to'g'riroq bo'ladi. Shu bilan birga, syujet voqealari davomida personajlar xarakterining ochilishi, shakllanishi ham bor narsa. Faqat bunga syujetning badiiy asardagi funksiyalaridan biri sifatida qarash haqiqatga yaqinroq, uni syujetning mohiyati sifatida tushunish xatodir. Syujetning badiiy asardagi funksiyalari haqida so'z ketganda, avvalo, uning asar problemasini badiiy tadqiq etishga imkon beradigan hayot materialini uyushtirib berishini aytish kerak. Demak, syujet asarda mavzuni shakllantirgani holda, uning qanday bo'lishi ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
470.93 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
470.93 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:41 ]
Arxiv ichida: doc