T. Mann va asr romani muammolari

T. Mann va asr romani muammolari

O'quvchilarga / Adabiyot
T. Mann va asr romani muammolari - rasmi

Material tavsifi

T.Mann va asr romani muammolari Reja: Tomas Manning hayoi va ijodi. Tomas Mann Italiyada. Adibning ilk ijodi. Adib hikoyalari. T.Mann - romannavis. Olmon adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri. U 1875 yilda Lyubek shahrida tug'ilgan. Yozuvchi Genrix Manning ukasi. Ularning oilasi Myunxenga ko'chib borgandan so'ng, badiiy asarlarni tinimsiz o'qib, adabiyot va san'atga muhabbati orta boradi. Myunxenda u «Simplitsissimus» hajviy jurnali bilan aloqa bog'laydi. Bu jurnal sahifalarida ilk novellalari bosiladi. Dastlabki novellalar to'plami «Kichik o'rtoq Fridman» (1897) deb nomlanadi. Tomasning akasi Genrix bilan Italiyada ikki yil yashashi aka-uka dunyoqarashiga katta ta'sir ko'rsatadi. Bu yerda ular Rimning qadimiy yodnomalari, antik dunyo adiblari asarlarini o'qishga muvaffaq bo'ladilar. «Buddenbroklar» (1901) romanida Iogan Buddenbroklar oilasining tarixiy solnomasi epopeya tarzida berilgan. Bu davrda Yevropaadabiyotida roman-xronika yozish («Forseyt haqida sagalar», «Tibo oilasi» xronikalari) odat tusiga kirgan edi. «Venetsiyadagi fojia» romani Tomas ijodining gullab-yashnaganidan guvohlik beradi. Tomas ijodida falsafiy ruhdagi romanlar ham keng o'rin egallagan. Bu jihatdan «G'aroyib tog'» (1924) romani etiborga loyiqdir. Yozuvchi 16 yil davomida «Iosif va uning ukalari» tetralogiyasi ustida ishlaydi. Tetralogiya «Iokova tarixi» (1933), «Yosh Iosif» (1934), «Iosif Misrda» (1936), «Iosif» (1943) romanlaridan iborat. 30-yillarda fashistlar harakati kuchaygan chog'da Tomas Amsterdamga keladi. So'ngra Bryussel, Parij (1933), Shveytsariya va Chexoslovakiyaga boradi. Nihoyat, u akasining oldiga Amerikaga ketadi. Keksayib qolgan vaqtda o'z yurtiga qaytib kelib, 1955 yilda vafot etadi. Tomas yozgan romanlar akasi Genrixnikidan kam emas. «Lotta Veymarda» (1939), «Doktor Faustus» (1947), «Doktor Faustus tarixi», «Bir roman haqida roman» asarlari Tomas Mann istedodini, mahoratini namoyish etib turibdi. Jahon adabiyotida aka-uka Yakob (1785-1863), Vilgelm (1786-1859), Grimmlar nomi bilan uch jildlik ikki yuzdan ziyod ertaklarni o'z ichiga olgan «Bolalar va oilaviy ertaklar» nomi bilan kitoblar nashr qilingan. Aka-ukalar Berlin universitetining filologiya fakultetini tamomlab, biri tilshunoslik, ikkinchisi folklorshunoslik bo'yicha professor bo'lganlar. Jahon adabiyotida yana aka-uka Genrix va Tomas Mannlar ijodi munosib o'rin egallagan. Tomas Mann eng avvalo mahorat bilan yaratilgan novellalari bilan mashhur bo'ldi. Yozuvchining ayrim novellalari keyinchalik roman syujetiga ulanib ketdi. Uning «Tonno Kreger», «Venetsiyadagi o'lim» novellalari shaqlan kichik bo'lsa-da, mazmunan boyligi bilan ajralib turadi. Yozuvchi «Iosif va uning ukalari» to'rtligida (tetralogiya) xristian dini va uning muqaddas kitobi «Bibliya»dagi mifologik voqealarga murojaat qiladi. Tomas Mann «Doktor Faustus» romanini ancha yillar yozishni rejalashtirib qo'ygan edi. Bu romanning yuzaga kelishiga ikkinchi Jahon urushi va quvg'inda yurgan og'ir hayot sinovlari xalaqit beradi. 1947 yilda «Doktor Faustus» romanini yakunlar ekan, yozuvchiga o'z o'quvchilaridan yuzlab maktublar keladi. Shundan so'ng Tomas Mann 1949 yilda «Doktor Faustus tarixi. Roman haqida roman» deb nomlanuvchi katta maqolasini elon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.48 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.48 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga