Tanqiddagi tarixiylik prinsipi: zamon va tadrij Adabiy tanqid metodologiyasining yangilanish tamoyillaridan biri tanqidchilikda milliy uyg'onish (jadid) adabiyoti va uning namoyandalari ijodining qayta baholanganida kuzatiladi. Yuqorida takidlanganidek, o'tgan asrning 80-yillar yakuniga kelib, ijtimoiy hayotda yuz bera boshlagan siyosiy o'zgarishlar adabiy tanqid tafakkurida xam yangilanishlarga turtki berdi. Bu davrga kelib, ayniqsa, mustaqillikning dastlabki yillarida adabiy tanqid sezilarli darajada faollashdi, mavzu doirasi kengaydi, boshqa gumanitar sohalar, jumladan, tarix, falsafa va estetika bilan aloqasi izchil va muntazam tus kasb etabordi. Buning asosiy sababi ayni o'sha davrga kelib o'tmishni, tarixni, milliy madaniy merosni o'rganish va qayta baholashga qiziqishning g'oyatda kuchayganligi bilan izoxlanadi. Darxaqiqat, ayni shu davrdan tarixchilar, faylasuflar, adabiyotshunos va nafosatshunoslar tariximizga, madaniy merosimizga doir qarashlarni yangilashga, yangicha konsepsiya va tafakkur tarzi bilan yondashishga kirishdilar. Bu harakat, ayniqsa, chor mustamlakasidan keyingi, xususan, XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi milliy uyg'onish davriga qiziqishning kuchayganida yaqqol ko'rinadi. Chunonchi, jadidchilik harakati bilan bog'liq voqealar, jadidlarning oktyabr to'ntarishigacha ko'rsatgan faoliyati va to'ntarishdan keyingi qismati masalasi ilm axlining alohida etiborida bo'ldi. Takidlash joizki, bu yillarda, yani XIX asr so'nggidan XX asrning 30-yillarining oxirigacha bo'lgan davr faqat o'zbek adabiyotshunoslarining emas, ayni chogda, xorijlik adabiyotshunoslar, jumladan, amerikalik, olmoniyalik, turkiyalik olimlarning xam diqqat markazida bo'lib keldi. Istiqlol arafasida o'z konsepsiyasini va tadqiq usullarini yangilayotgan tanqid tafakkuri bu paytga kelib etiborini bir qator dolzarb muommolarga qaratmasligi mumkin emas edi. Chunki XX asr boshlaridagi milliy uyg'onish va ma'rifatparvar ziyolilarning istiqlol boracidagi orzu-intilishlariga 80-yillar ziyolilarining say-harakatlari uygun edi. Zero, o'zbek adabiyotida o'tgan asrning 70-80-yillarida yaratilgan eng yaxshi asarlarni kuzatganda ularda sotsialistik realizm qoliplarini yorib chiqishga kuchli intilishni, turli xil usullar, obraz va timsollar vositasida davr fojeasini, totalitar tuzumdan norozilik kayfiyatini, o'zlikni anglashga kuchli ishtiyoqni ko'rish mumkin. Shu bois, yangilanayotgan tanqid tafakkuri 80-yillar oxiriga kelib butun diqqat etiborini asr boshidagi adabiy hodisalarga qaratgani tabiiy jarayondir. Ayni shu hodisaning boshqa bir sababi xam bor. Malumki, o'tgan asr boshidagi milliy uyg'onish harakati namoyandalari va ularning faoliyati, asarlari sho'ro davrida muttasil turli siyosiy ayblovlar bilan qoralanib kelindi. Ayni chogda, ilg'or millatparvar ziyolilar, taniqli yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos va munaqqidlarda o'sha davrda yashab ijod etgan adiblarning ijodlariga qiziqish susaymagan. Jumladan, ular Cho'lpon va Fitratlarning taqiqlangan asarlarini imkon topib o'qishgan, fikr yuritishgan. Taniqli munaqqidlardan biri Umarali Normatovning aytishicha, Cho'lpon sherlari yon daftarlarda qo'lda ko'chirilib o'qilgan. Ozgina imkon tug'ilgan 60-yillardagi kabi «iliq epkin» pallalarida ular ijodini yuzaga chiqarish imkoniyatini izlashgan. Xususan, o'sha 60-yillarning oxiridagi tanqidchilik faoliyatidagi ilg'or tendensiya fikrlarimizning isbotidir. Bu esa 80-yillarning oxiriga kelib, ayniqsa, istiqlol davrida asr boshidagi jadid adabiyoti ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
193.41 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:41
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
193.41 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:41 ]
Arxiv ichida: zip, doc