Tarbiya va go'zallik ilmi

Tarbiya va go'zallik ilmi

O'quvchilarga / Adabiyot
Tarbiya va go'zallik ilmi - rasmi

Material tavsifi

Tarbiya va go'zallik ilmi Tayanch tushuncha va iboralar: fundamental tadqiqot, adab ilmiga oid manbalar, bir qatlamli asarlar, sog'lom e'tiqod targ'ibi, nazmiy ifoda yo'li, tabi nazm, usul va furu, ilhom ehtiyoji va burch mas'uliyati Fundamental tadqiqot o'z xarakteriga ko'ra muayyan soha(yo'nalish) doirasida chegaralanadi. Masalan, adabiy manba tadqiqoti adabiyot tizimidagi qonuniyatlar asosida ilmiy tekshiruvdan o'tkaziladi. Hech qachon bu fanning o'zak muammolari matematika, fizika, kimyo yoki shunga o'xshash sohalarda o'rganilmaydi. Ammo tarixdan malumki, filologiyaga bevosita aloqasi bo'lmagan manbalarda ham bazan adabiy vositalardan, xususan sher janridan keng foydalanilganini kuzatish mumkin. Aljabr, tabobat, aqida, fiqh ilmiga oid ayrim manba matnlarining nazmiy shaklda ham mavjudligi fikrimizga dalildir. Shu o'rinda, bunday manbalar fundamental o'rganilar ekan, qaysi soha bazasida tekshirilishi kerak, degan prinsipial savol tug'iladi. Misol uchun, So'fi Olloyorning aqoid ilmi mavzuidagi Sabotul ojizin manzumasini adabiy manba deyish kerakmi yoki aqida kitobi? Bu xil manbalarning qaysi sohaga tegishliligidagi dominantni, avvalo, tadqiqotchining nazari, qolaversa, tadqiqot natijasi belgilaydi. Deylik, Sabotul ojizin asari aqoid ilmidagi mo'tabar manbalarga qiyosan o'rganilsa va o'zaro muvofiqlik darajasi aniqlansa, mazkur manbaning nechog'li aqida kitobi ekani ayon bo'ladi. Agar tadqiqotchi bu o'rinda aqida masalalariga emas, balki mavzu nazmda ifodalangani uchun o'z nazarini shoirning adabiy mahoratiga qaratsa va shu yo'l bilan asarning badiiy saviyasini yoritib bersa, manbaning adabiyotga aloqadorligi qay darajadaligi bilinadi. Bundan kelib chiqadiki, Sabotul ojizinga o'xshagan asarlarni ham adabiy, ham ilmiy manba sifatida o'rganish mumkin va bunday manbalarni qatiy yo u, yo bu soha doirasidagina tadqiqot obyekti sifatida chegaralab qo'yish to'g'ri emas. Bu fikrni Navoiyning Sirojul muslimin va Boburning Mubayyin asarlariga, Vafoiyning Ravnaqul islom dostoniga, Mir Haydarxon ibn Sunnatullohning Aqidayi nazmiy va Abdurahmon Nizoriyning Dahrun najot manzumalariga nisbatan ham aytish mumkin. Bunday asarlarning adabiy manba sifatida ko'p ham etibor qilinmasligining yana bir sababi adabiyot so'zi anglatgan manolarni turlicha tushunish bilan bog'liq. Adabiyot atamasi sohaga oid lug'at va manbalarda adab so'zidan olingani aytiladi. Jurjoniyning Atta'rifot kitobida aytilishicha, adab - nutqni xoh og'zaki, xoh yozma ifodalash jarayonida turli xatolardan saqlanishni o'rgatadigan ilm. Saolibiyning Fiqhul lug'at asarida adabni ruhning ozig'i deyilsa, boshqa manbalarda bu so'z har bir ishda me'yorni saqlash, tarbiyani zarofat va noziklik bilan olib borish, go'zal muomalada bo'lish kabi manolar bilan izohlanadi. Mazkur manolarni umumlashtirib, tarbiya adabiyotning mazmuniga, go'zallik shakliga xos xususiyat deyilsa, istiloh sifatida adabiyot so'zi yanada aniqlashib, bir qadar uyg'unlashadi, shakl va mazmun bir-birini taqozo qiluvchi ajralmas butunlik, degan qoida amalda qaror topadi. Shunday ekan, adabiyot deganda faqatgina go'zallik manosini tushunish ham, adabiyotni, qatiyan, tarbiyadan boshqa narsa emas deb bilish ham etni suyakdan ajratish bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 36.26 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:41 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 36.26 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga