Tarix va roman REJA: Badiiy asarlarda o'tmishning aks etishi. Roman-tarixning tiniq oynasidir. 3. Roman falsafasi. Tarixni tungi osmon, undagi yulduzlarni nurli siymolariga mengash mumkin. Yulduzlar tun osmonining ko'rki, fayz-tarovati. Yulduzli tun hamma yerda bor. Ammo yorqin siymolarga boy tarix hamma xalqda ham topilavermaydi. Chindan ham, tarximiz qadimiy boy. Tarix kitoblarimiz ham juda ko'p. Mashhur siymolar-podsholar, nabiylar, valiylar, olimlar, san'atkorlar, adiblar haqida ko'plab tarix kitoblari bitilgan. Professor Begali Qosimov «Ulug' saltanat sirlari» maqolasida: «Sohibqiron hazratlarining 660 yillik to'ylari kunlarida matbuotda bir ma'lumotga ko'zim tushgan edi. U kishi haqida G'arbda 400, Sharqda 900 dan ortiq asar yozilgan ekan»,-deya qiziqarli ma'lumotga diqqatimizni jalb etadi. («xalq so'zi» gazetasi, 2003 yil, 18 mart). Mirzo Ulug'bek, Zahriddin Bobur, Xusayn Boyqaro singari podsholar, Forobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamahshariy singari olimlar, Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G'ijduvoniy, Bahluddin NAQSHband, Xo'ja Ahror valiy, mashhur Termiziy, Nasafiy, Shoshiylar haqida qanchadan-qancha asarlar yaratilmagan deysiz?! Roman-tarixning tiniq oynasi. Tarixiy siymolar ertami-kechmi badiiy romanga qahramon bo'lib o'tadilar. Romanchiligimizning qisqagina tarixiga razm solsak, yigirmaga yaqin tarixiy shaxslar roman qahramoni bo'lganligini kuzatish mumkin. Oybekning «Navoiy»si-o'zbek tarixiy romanchiliging Odamotasi. Ulg'bek, Ibn Sino haqida Odil Yoqubov, Bobur va Bobur avlodlari haqida Primqul Qodirov, Xayriddin Sultonovlar romanlari paydo bo'ldi. Mashrab, Mahmud Tarobiy, Nodir, Oxunboboyev, Akmal Ikromov, So'fmzoda, Hamza haqidagi romanlar yozildi. Tarixiy asarlarninng aksariyati so'nggi o'ttiz yil ichida yaratildi. Avvallari o'zbek xalqi tarixi, tarixiy siymolar haqida roman yozish, beozor qilib aytganda, ma'qul kelmas, asar yozishga jazm qilganlarning kosasi oqarmas edi. Lekin Temur haqida S. Borodinning «samarqand osmonida yulduzlar», Anna Almatinskayaning «Zulm», Mixail Shneverrdining «bo'ri izidan», «Sanjar botir», S. Kalmikorovning «Qur'on va mauzer», N. Nikitning «Voqea Qo'qonda bo'lgan edi», Komil Ikromovning «Mahmud dorboz» singari asarlari yaratildi, targ'ib-tashviq qilindi. Bu asarlarda voqea-hodisalar kommunistik mafkuraga moslab yozilgan yohud tarix va o'tmish siymolar xarakteri soxta, buzib tasvirlangan edi. Xorazm Ma'mun akademiyasining katta ilmiy xodimi Matnazar Abdulhakim «Tazarru yoxud Komil Ikromovning «Mahmud dorboz» qissasi haqida ayrim mulohazalar» («O'zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasi, 2003 yil, 16 may) maqolasida quyidagilarni yozadi: «Mahmud dorboz» asari ma'lum davrda yozuvchilarimiz o'yl qo'ygan xatolardan guvohlik beruvchi tarixiy bir hujjat sifatida ham ahamiyatlidir. Chunki «Mahmud dorboz» qissasining haqiqiy Pahlavon Mahmud hazaratlari shaxsiga daxli yo'q ekanligini bugun hammabiladi. Shu ma'noda ham bu va bu qabildagi sarlarning hozir tishlari tushgan, tirnoqlari to'kilgan, binobarin, endi ular ham xavfli emas». Kommunistik mafkura, sho'ro siyosati o'tmishning isxonarli hujjatlarini zinhor oshkor ilmadi. Natijada, chin tarix asarlari o'rnini haqiqatga xilof, soxtaliklarga serob badiiy asarlar egalladi. Xalq o'tmishi, haqiqiy tarixni biluvchilar ta'qib ostiga olindi. Masalan, Oybek iste'dod ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
479.22 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
479.22 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:41 ]
Arxiv ichida: doc