Tarixiy voqelik va badiiy talqin

Tarixiy voqelik va badiiy talqin

O'quvchilarga / Adabiyot
Tarixiy voqelik va badiiy talqin - rasmi

Material tavsifi

Tarixiy voqelik va badiiy talqin Ma'lumki, XV asr - o'zbek xalqi tarixining g'oyat muhim ijtimoiy o'zgarishlar ro'y bergan murakkab bir davridir. Bu davrda o'zbek xalqining dovrug'ini olamga tanitgan ulug' shoir Alisher Navoiy buyuk musavvir Kamoliddin Behzod, shoir va davlat arbobi Z.M.Bobur kabi mashhur zotlar yetishdi. Bunday yetuk siymolar o'z davrining komil insonlari sifatida o'sha zamon tarixiy voqeligining barcha qirralarini u yoki bu shaklda asarlari va faoliyatlarida namoyon etganlar. Zahiriddin Muhammad Bobur ana shunday murakkab taqdir egalaridan biri edi. O'zining zebo g'azallariyu, hazin ruboiylari bilan saodatpesha dillarni maftun etgan bu buyuk shoir va zakovatli jasur davlat arbobining chigalliklarga to'la qismati yozuvchi Primqul Qodirovning ijodkor sifatidagi e'tiborini o'ziga tortdi. U ana shu murakkab davr voqeligi tasviriga bag'ishlangan tarixiy asarga Yulduzli tunlar ga ana shu buyuk zotni bosh qahramon qilib tanladi. Chunki, bu zot o'zi yashagan davrlardayoq, garchi Shayboniyxon qo'shinlari bilan olishib, noiloj hind sori yuzlangan bo'lsa-da, afg'on va hind hududlaridagi bir qancha kichik, zaif va tarqoq xonliklarni yagona markazlashgan kuchli davlatga birlashtirib, dovruqli imperiyaga asos solgan edi. U bobosi sohibqiron Amir Temur jahongirligini yana bir bor takrorlab, adolatli hukmdor sifatida katta shuhrat qozongan edi. U talantli shoir, iste'dodli muarrix, haqgo'y adib, jasur sarkarda, uzoqni ko'ra oluvchi zukko davlat arbobi sifatida faoliyat ko'rsatgan. Bobur o'z davri tarixiy voqeligining haqiqatlarini bevosita o'zi boshidan kechirgan barcha voqea-hodisalar bilan bog'liq holda asarlarida ifoda etgan mutafakkir hamdir. Ko'rinadiki, Bobur umr kitobining deyarli barcha sahifalarini o'z qo'li bilan bitib, kelgusi avlodlarga ulkan adabiy-tarixiy meros qoldirgan. Bundan tashqari, uning qizi Gulbadanbegim tomonidan yozilgan Xumoyunnoma dagi fakt va dalillar bu tarixiy shaxs qiyofasini yanada teranroq ifodalashga xizmat qiladi. Yulduzli tunlar romanining manbalari xususida fikr yuritgan adabiyotshunos olim G'.Karimov bu haqda quyidagilarni yozgan edi: Avvalo shuni atish kerakki, Pirimqul Qodirovning Yulduzli tunlar romani tarixiy - biografik turdagi asar bo'lib, turli xil voqealardan foydalanish asosida yozilgandir, unda dokumentalizm ustunlik qilib turadi Lekin yuqoridagi mulohazalardan Yulduzli tunlar romani Bobur haqida bizgacha yetib kelgan tarixiy - adabiy manbalarda bitilgan ma'lumotlarning aynan takrori degan xulosa chiqmasligi kerak. Tarixiy shaxs to'g'risidagi roman bu tarixiy mavzudagi badiiy asar bo'lib, memumar tipidagi bitiklarning to'g'ridan -to'g'ri ko'chirmasi bo'la olmaganidek, tarixiy faktlarning oddiygina takrori ham emas. Tarixiy roman muayyan davr voqeligini badiiy idrok etish asnosida jonlantirish vositasida yaratilgan asardir. Bunday ijodiy jarayonda birgina Bobur shaxsiyatiga doir tarixiy ma'lumotlarni chuqur o'rganishning o'zigina kifoya qilmaydi. Buning uchun o'zbek, afg'on, hind xalqlarining o'sha davrdagi hayoti, iqtisodiy, madaniy- ijtimoiy voqea - hodisalar, tarixiy shart sharoit, xalqlarning ongi, axloqiy qiyofalari, urf-odatlarini atroflicha va mukammal o'zlashtirish, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 477.68 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 477.68 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga