Tavallo - taraqqiyparvar shoir

Tavallo - taraqqiyparvar shoir

O'quvchilarga / Adabiyot
Tavallo - taraqqiyparvar shoir - rasmi

Material tavsifi

Tavallo - taraqqiyparvar shoir. REJA: Tavalloning hayot yo'li Tavalloning ijodkor sifatida shakllanishi Shoir Tavalloning ismi sharifi To'lagan Xo'jamyorov bo'lib, XX asr boshlarida Toshkent adabiy muhitida yetishgan, xalq o'rtasida katta shuhrat qozongan shoirlardan biri. To'lagan 1883 yilda, Ko'kcha dahasida Obi Nazir mahallasida o'ziga to'q Xo'jamyor Jiyanboyev oilasida tug'ilgan. Eski maktabda savod chiqargan. Rus - tuzem maktabida va «Beklarbegi» madrasasida tahsil olgan. Otasi Xo'jamyorning tijorat yuzasidan Avliyo ota va Prejevalsk shaharlari bilan yaqin aloqasi bor edi. 1900 yilda To'lagan otasining maslahati bilan Prejevalsk shahriga borib, savdogar Usmonbek Solihjonboyev ofisida ish yurituvchi (prikazchik) bo'lib ishlay boshlaydi. 1909 yili Xo'jamyor qazo qilgach, To'lagan Toshkentga qaytib, shahar savdo shirkatida ish yurituvchi bo'lib faoliyatini ettiradi. Zuhra ismli qizga uylanadi. Ikki o'g'il, ikki qiz ko'radi. XX asrning 10-yillaridan boshlab u «Tavallo» (do'st tutish, yolvorish) tahallusi bilan matbuotda ko'rina boshlaydi. 1914 yil 30 avgustda Munavvar qori, A.Avloniy, Xusanxo'ja Dadaxo'ja o'g'li (S.Axmadning otasi) jami 12 birlashib Toshkentda «Nashriyot» shirkatini tuzib, kitob chiqarishni yo'lga qo'yadilar. 1915 yildan Avloniylar tashabbusi bilan tuzilgan «Turon» jamiyatida ham ishlab ham turadi. Ammo ota kasbi savdo ishlaridan ham uzilib qolmaydi. Shoirning «Jinoiy ishi» da saqlangan mehnat daftarchasidan ma'lum bo'ladiki, u shu yillari ijodiy sohadan boshqa hamma ishlar bilan shug'ullanadi. 1937 yil 14 avgustda Tavallo «Aksilinqilobiy», «Turon», «Sho'roi islom», «Ijtixodiy taraqqiyoti», «Milliy ittihod», «Milliy istiqlol» tashkilotlarining a'zosi, «Millionerning o'g'li» «she'rlarida millatchilik g'oyalarini ilgari surgan» likda ayblanib qamoqqa olingan. Tavalloning tergov ishlari tezlashib ketadi. O'zbekiston ichki ishlar xalq komissari muovini Leonov imzolagan «Ayblov xulosa»si 1937 yil 9 sentabrda 25 kunda tayyor bo'lgan. Unda Tavalloning 1919 yildagiOsipov qo'zg'oloniga «qatnashgani» gacha «tasdiqlashib» olingan va bir qator «ayb» lar bilan uchlik xukmiga havola etilgan. o'sha yilning 19 oktabrida NKVD qoshidagi uchlik majlisida Tavalloni otib o'ldirishga xukm qilinadi. Xukm o'sha yilning 10 noyabrida ijro etiladi. U 1968 yilning 18 oktabrida oqlangan. Tavalloning Buxoroga tushgan katta qizi Rahbar Rasulovaning (uning Sanobar ismli singlisi, Mahmud, Mahsud ismli ukalari bo'lgan) DXK idoralariga yozgan xatlari mazmunidan anglashilishicha bu yilga kelib shoir oilasida undan boshqa hech kim qolmagan. Tavallo asarlarning qayta nashri va u haqdagi ma'lumotlarning berilishi ham 1968 yilga to'g'ri keladi. Marhum M.Zohiriy va atoqli adabiyotshunos tanqidchi O.Sharafitdinovlarning tashabbusi bilan dunyoga kelgan va zararli kitob sifatida darhol yig'ishtirib olingan «Tirik satrlar»dagi shoir ijodidan namunalar bu boradagi dastlabki qadamlardan edi. Uning yagona she'riy to'plami «Ravnaq ul islom» alohida holda 1993 yildagina nashr qilindi. Tavallo ijodida, zamonasida ro'y berayotgan ya'ni O'zbekistonga kirib kelayotgan fan va texnik yangiliklar, xalq turmushida sodir bo'layotgan madaniy yangiliklar qay holda o'z ifodasini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 437.35 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 437.35 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga