Tavallo hayoti va ijodi

Tavallo hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Tavallo hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Tavallo hayoti va ijodi (1883 - 1937 ) Reja: Tavalloning hayot yo'li. Shoirning ijodiy merosi. Tavallo - Vatan kuychisi. Ravnaqul islom» to'plami haqida. Tavalloning milliy uyg'onish adabiyotiga qo'shgan hissasi. «Ayvonda muk tushib, Tavalloning she'rlarini o'qishga kirishaman. O'qiyman, diqqat berilib, uzoq o'qiyman… she'rlar rangdor, jonli, tili o'ziga xos, ravon…» Bu mashhur yozuvchimiz Oybekning «Bolalik» asaridadan parcha. XX asr boshida Toshkentda kamol topib, xalq o'rtasida katta shuhrat qozongan, she'rlari rangdor, o'ziga xos va ravon» iste'dodli shoir To'lagan Xo'jamyorov - Tavallo 1883 yil Toshkentda Ko'kcha dahasi Obi Nazir mahallasida dunyoga keldi. Uning otasi Xo'jamyor Jiyanboyev savdo ishlari bilan shug'ullanar, o'z kasbi tufayli Avliyo ota, Prjevalsk shaharlarida ko'p bo'lar edi. To'laganning o'qishi va uning kelajagi uchun Xo'jamyor aka barcha sharoitlarni mujassam qilgan. Bo'lajak shoir ibtidoiy bilimni eski maktabda oldi. Yuqori tahsilni esa «Beklarbegi» madrasasida, keyinchalik rus-tuzem maktabida o'qidi. Otasining ko'magi va maslahati bilan 1900 yilda 17 yoshida Prjevalsk shahriga borib Usmonbek Solihjonboyev degan kishining qo'lida ish yurituvchi (prikazchik) bo'lib ishlay boshladi. 1909 yilda otasining bevaqt vafotidan keyin ko'p o'tmay, To'lagan Toshkentga qaytadi va ota kasbini qiladi. U shahar savdo shirkatlaridan biridan ish yurituvchilik qila boshlaydi. 1910-14-yillarda savdo ishlari bilan xuddi otasi kabi Prjevalsk, Avliyo ota, Olma ota, Yorkand taraflarga tez-tez borib turgan. Tavallo Zuhra ismli qizga uylangan. Rahbar, Sanobar, Maqsud, Mahmud ismli 4 farzandi bo'lgan. 1910-yillardan shoirning she'r va maqolalari vaqtli matbuotda «Tavallo» taxallusi bilan bosila boshladi. 1914 yil 30 avgustda Munavvarqori, Avloniy, M.Podshoxo'jayev, Husanxo'ja Dadaxo'ja o'g'li (yozuvchi Said Ahmadning otasi) kabi (jami 12 kishi) jamoa bilan birgalikda Toshkentda «Nashriyot» shirkatini tuzib, kitob chiqarishni yo'lga qo'yadilar. 1915 yilda Avloniy tomonidan tuzilgan «Turon» jamiyatida faoliyat ko'rsatdi. Shoirning asl tirikchilik manbai savdo bo'lgan. U ota kasbidan uzilib ketmaydi. 1917 yilga qadar savdo ishlarini davom ettiradi. Adib ijodiy sohadan boshqa hamma ish bilan shug'ullangan. Ichki ishlardan tortib, ma'muriy-xo'jalik ishlarigacha borgan. Qaysi sohada ishlamasin, shoir ijod qilishdan chekinmadi. Chunki ijodkor bo'lib shakllanishida Toshkent adabiy muhiti, ayniqsa, «Beklarbegi» madrasasining roli katta bo'ldi. Shu madrasaning nufuzini belgilagan sayramlik shoir Yusuf Saryomiy unga ustozlik qilgan. Taxallusni ham Saryomiy unga tavsiya qilgan. Uning hayotlik chog'ida chop etilgan yagona she'riy to'plami «Ravnaqul islom» kitobidir. Mazkur she'riy to'plam shoir ijodini baholashdagi yagona manbadir. To'plam hajman uncha katta emas - 70 tacha she'r kiritilgan. Tavallo yaxshigina publitsist ham bo'lgan, ammo maqolalarining hammasi ham yetib kelmagan, yetib kelgani ham to'plangan emas, hozircha tarqoq holda. Tavallo «Mushtum» hajviy jurnalining faollaridan bo'lgan. 20-yillarda «Mag'zava» taxallusi bilan bir qancha hajviy she'rlari chop etilgan. Shoir zamon voqealariga befarq emas edi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 462.36 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 462.36 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga