Tog'ay Murod Ijodi

Tog'ay Murod Ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Tog'ay Murod Ijodi - rasmi

Material tavsifi

Tog'ay Murod ijodi Reja 1. Hayoti va ijodi. 2. T.Murod qissalari. 3. T.Murod romanlari. 4. T.Murod asarlarida milliy kolorit. 5. Tarixiy haqiqat va badiiy mahorat. Adabiy taxallusi Tog'ay Murod, asl ismi-sharifi Tog'aymurod Mengnorov bo'lgan bu noyob iste'dod egasi 70-yillari adabiyot maydoniga kirib keldi. Dastlab mayda hikoyalar yozib yurdi. Ularda o'ziga xos iste'dod jilolari borligini birov payqadi, birov payqamadi. 1976-yili «Yulduzlar mangu yonadi» degan qissasi «Sharq yulduzi»da e'lon etildi-yu, birdaniga uning nomi el og'ziga tushdi, muhokamalarda, maqolalarda asar yilning eng yaxshi qissasi deb e'tirof etildi. So'ng birin-ketin «Ot kishnagan oqshom» (1979), «Oydinda yurgan odamlar» (1980), «Momo yer qo'shig'i» (1985) qissalari chiqdi. Bu asarlarning har biri adabiyot osmonida go'yo momoqaldiroqdek yangradi, keng jamoatchilik e'tiborini tortdi, qizg'in bahs-munozaralarga asos bo'ldi. Bu qissalari uchun Tog'ay Murod Respublika Yozuvchilar uyushmasi Oybek nomidagi mukofoti bilan taqdirlandi. Tog'ay Murod 1986-1991 yillari «Otamdan qolgan dalalar» romani ustida ishladi, asar 1993 yili dunyo yuzini ko'rdi. Roman 1994 yili istiqlol davri o'zbek adabiyotining ilk yetuk namunasi sifatida Abdulla Qodiriy nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo'ldi. Adibning o'zbek dehqonlarining va shaxs hamda o'tmish fojialari talqin qilingan yana bir romani «Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi» deb nomlanib, asar 2001 yilda nashr qilindi. Tog'ay Murod badiiy tarjima bilan ham shug'ullangan, J.Londonning «Boyning qizi» dramasi va qator hikoyalarni, E.Seton-Tompsonning hayvonot dunyosi haqida mashg'ur «Yovvoyi yo'rg'a» kitobini mahorat bilan o'zbekchalashtirgan. T.Murod Surxondaryo viloyati, Denov tumaniga qarashli Xo'jasoat qishlog'ida tug'ilgan keyinchalak Toshkentga kelib universtetning jurnalistika fakultetida o'qigan O'qishni tugatib, Respublika radiosi «Vatandoshlar» tahririyatida muharrir (1972-1976), «O'zbekiston fizkulturachisi» gazetasida tarjimon (1976-1978), «Fan va turmush» jurnalida muharrir (1982-1984), armiyada xizmat qilib qaytgach (1973-1974) Moskvadagi jahon adabiyoti institutida tahsil olgan (1985-1987). A.Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti laureati, O'zbekiston xalq yozuvchisi Tog'ay Murodning barcha hikoyalari teran psixologizm asosiga qurilgan bo'lib, ularda insonning ichki psixologiyasi doimo ko'zga tashlanib turadi. Yozuvchi o'z qahramonlarining xarakterini ana shu psixologik muhit orqali ochib beradi. Shunday qilib, oddiygina hikoyalardan badiiy kashfiyot yaratadi. Yozuvchi qahramonlarining o'z dunyosini psixologik dialekti bilan birga beradi. Bularning hammasi T.Murodning mohir yozuvchi bo'lib shakllanganligidan dalolat beradi. Negadir T.Murod o'zining 2001 yil nashr etilgan «Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi» degan roman, hikoyalar va maqolalar to'plamiga hzining har yillarda yozilgan to'rtta hikoyasini kiritgan. Nega aynan mana shu hikoyalar deb o'ylab, beixtiyor asarlarning yozilgan vaqtlariga diqqat qilasan kishi. Shunda T.Murodning talabalik davridanoq o'z hikoyalarida haqiqatni aytishga harakat qilganligini sezish mumkin. «Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi» romani XX asrdagi o'zbek xalqi ko'rgan azob-uqubatlari, dardlari va qayg'uli voqealarini aniq va ochiq-oydin ko'rsata olgan asardir. Shu kitobga kiritilgan hikoyalar roman voqealariga adabiy - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 465.25 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 465.25 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga