TO'RA SULAYMON (1934-2005) To'ra Sulaymon 1934-yilning 15-fevralida Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Aldashmon qishlog'ida tavallud topdi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakulteti sirtqi bo'limida bo'lg'usi shoir ham o'qiydi, ham ishlaydi (1958-1964-yillar). O'qishni bitirib, Guliston tumanidagi maktablarda ona tili va adabiyotidan bolalarga saboq beradi. Keyin tuman va viloyat gazetalarida mehnat qiladi; 1972-1981-yillar davomida esa Respublika Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyat bo'limi mas'ul kotibi, adabiy maslahatchisi lavozimlarida ishlaydi. ILK IJOD To'ra Sulaymonning ilk she'rlari 1958-yildan nashr etila boshlagan.1962-yilda uning birinchi kitobi «Istar ko'ngil» nomi bilan bosmadan chiqadi. Shundan so'ng, uning «Qorasoch» dostoni, «Men qayga borar bo'lsam» she'riy to'plamlari nashr etiladi va Sirdaryoda yana bir iste'dodli ijodkor paydo bo'lganidan ko'pchilik xabar topadi. ASARLAR «Jahongashta» dostoni (1970); «Hamqishloqlarim» (maqolalar to'plami); «Intizor» (1973); «Sirdaryo qo'shiqlari» (1974); «Iltijo» (1976); «Alhazar» (satirik va yumoristik asarlar to'plami, (1976); «To'yboshi» (1977), «Sizni eslayman» (1980); «Qorako'zginam» (1981), «Gulshan» (1988), «Sarvinoz» (1989); «Xarsang» (1984); «Jahonnoma», «Gul bir yon, chaman bir yon» (1996); «Yovqochdi» (1998). E'tirof 199-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan To'ra Sulaymonga «O'zbekiston xalq shoiri» degan yuksak unvon berildi. 2005-yilda ajoyib shoir va samimiy inson - To'ra Sulaymon 71 yoshida dunyodan ko'z yumdi. TO'RA SULAYMON LIRIKASI Iltijo Bahor kelsa boshlanar bog'da bulbul xonishi, Sa'va, qumri nag'masi, suralay tovlanishi. Qirlarda lola sayli, qishlovlarda yilboshi, To'xtagay tabiatdan haqqushlar zorlanishi - Bahor, ketma mening bog'imdan ARMON Bobomning orzulari amalga oshmas bo'lsa, Yurgan yo'limda o'lan, qo'shiq qalashmas bo'lsa, Qo'shiqlarim bog'lardan, tog'lardan oshmas bo'lsa, El-yurt baxtini kuylash menga yarashmas bo'lsa, Ko'nglimda armon yotar Cho'kib qolgan nor misol TAVALLO Nelardandir ko'ngil bo'lib g'ash, Xam egilib, bu egilmas bosh, Ko'zlarimda qalqib tursa yosh, Bu holimga berolmay bardosh, Bir mushtipar Onam yig'laydir, Qolganlari yolg'on yig'laydir GUL BIR YON, CHAMAN BIR YON Chaman ichinda bir gul, gul bir yon, chaman bir yon, . Sarv-u sanobarmidir - soch bir yon, suman bir yon, Sahar, subhi sodiqda mushk bir yon, mujgon bir yon, Tun pardasin tortsa gar, oy bir yon, osmon bir yon. O'sgan bog'iga olqov, o'stirgan bog'boniga, Xavf-u xatardan saqlab kelgan soyaboniga, Andalib qo'nar, zog'lar qo'nolmas bo'stoniga, Maqtoviga men bir yon, borliq suxandon bir yon… BILASIZMI? 1. To'ra Sulaymon qachon va qayerda tug'ilgan? 2. To'ra Sulaymonning ilk kitobi qachon qanday nom bilan chop etildi? 3. Andalib so'zining ma'nosi? 4. Qorasoch, Jahongashta dostoni kimning qalamiga mansub? 5. Ijodkor yaqin aloqada bo'lib turgan ustoz va do'stlari kimlar edi? ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, pptx
Fayl hajmi
3.81 MB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:42
Arxiv ichida: zip, pptx
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, pptx
Fayl hajmi
3.81 MB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:42 ]
Arxiv ichida: zip, pptx