O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI O'ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI Narzullayeva Fayozaning Tundaliklar asarida ijtimoiy-falsafiy muammolar talqini mavzusida yozgan kurs ishi Ilmiy rahbar: f.f.n. S.Mo'minova Qarshi - 2012 Mundarija Kirish. I BOB. Tundaliklar asari - Asqad Muxtorninig ijtimoiy- estetik qarashlari majmui. II BOB. Tundaliklar asarida shaxsning ma'naviy - intellektual yetukligi masalasi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. KIRISH Mаvzuning dоlzаrbligi. Аsqаd Muхtоrdаn nаsriy, shе'riy, drаmаtik, аdаbiy-tаnqidiy аsаrlаr mеrоs qоldi. Bu sеrmаzmun аdаbiy mеrоs хаlqimizning ko'ngil to'ridаn jоy оldi. Аsqаd Muхtоr nоmini ХХ аsr o'zbеk аdаbiyoti nаmоyandаlаrining yuksаk sаfigа, klаssiklаri qаtоrigа qo'shdi. Аsqаd Muхtоrning Tаnlаngаn аsаrlаr (1958), 99 miniаtyurа (1962), Quyosh bеlаnchаgi (1971), Sizgа аytаr so'zim (1978), Sirli nidо (1984), Yillаrim (1990), 99 miniаtyurа, Sizgа аytаr so'zim, Uyqu qochganda(Tundaliklar) mаjmuаlаri mаdаniy hаyotimizdа kаttа hоdisаgа аylаndi. Аsqаd Muхtоr ijodining bаdiiy-estеtik tаfаkkur tаrаqqiyotidаgi o'rni quyidаgilаr bilаn bеlgilаnаdi: - umr mаzmuni, hаyotni аnglаsh, hаyot yo'lini bеlgilаb оlish hаqidаgi o'ylаr, mushоhаdаlаr, kеchinmаlаr shе'riyatgа yangi chizgi оlib kirdi. Kеchinmаlаr аsоsigа qurilgаn mushоhаdа lirikаdаgi fаlsаfiy yo'nаlishni yuzаgа kеltirdi; - dаvr, tаqdir, jаmiyat, shахs, kurаsh, quvоnch, tаshvish - bаrini o'z ichigа оlgаn insоn hаyoti shоir lirikаsidаgi bаdiiy-fаlsаfiy tаhlil nuqtаsigа аylаndi. O'y, his, fаlsаfiy mushоhаdаlаr ХХ аsrning o'rtаlаridа shе'riyatdа kеng uchrаydigаn ritоrikа, dеklаrаtivlik, quruq mаdhiyabоzlikkа chеk qo'ydi; - insоniylik, fаlsаfiy o'ychаnlik, аfоrizmgа bo'lgаn mоyillik, e'tibоrgа lоyiq fikr аytishgа intilish, оrtiqchа rаtsiоnаllikdаn qоchish bilаn birgа psiхоlоgik ikir-chikirlаrgа bеrilib kеtmаslik ХХ аsrning 60-yil o'rtаlаridаn e'tibоrаn pоeziyamiz tаrаqqiyotidа yangi fаsl bоshlаngаnidаn dаlоlаtdir. SHu mа'nоdа, Аsqаd Muхtоr ijodining adabiyotimiz tаkоmilidаgi yuksаk o'rni vа rоlini, аdib asarlarining o'q ildizini tаshkil etgаn fаlsаfiy fikrlаrini ilmiy jihаtdаn o'rgаnish, nаzаriy umumlаshmа-хulоsаlаr chiqаrish tаdqiqоt аsоsini tаshkil etdi. I BOB. Tundaliklar asari - Asqad Muxtorning ijtimoiy - estetik qarashlari majmui. Atoqli shoir, nosir va dramaturg Asqad Muxtor 1920-yilda Farg'ona shahrida temir yo'l ishchisi oilasida tavallud topdi.Maktabni tugatgach, O'zbekiston Davlat universitetiga(1938) kirib o'qiydi. So'ng Andijon pedagogika institutida o'zbek adabiyoti kafedrasining mudiri bo'lib ishlaydi. Asqad Muxtor bir qaror gazeta muharririyatlarida bo'lim mudiri, mas'ul kotib, SHarq yulduzi jurnalida bosh muharrir (1960-1965), O'zbekiston Yozuvchilari uyushmasida kotib (1957) bo'lib ishlaydi. Guliston jurnaliga, O'zbekiston adabiyoti va san'ati haftaligiga muharrirlik qildi. Asqad Muxtor Tilak,Tong edi,totli damlar singari ilk she'rlari(1935-1938)da she'riyatning maqsad va vazifasini, shoirning jamiyat oldidagi burchini aniqlab olishga intiladi. U she'riyatga Qalbga qanot,Dardga davo beruvchi sifatida qaraydi. SHoir ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan Galaba ishonchi,Jangchining bayram kechasi,Tug'ishganlar qaytdi,Sog'inish singari qator she'riy asarlarini yaratib, xalqni fashist bosqinchilariga qarshi kurashga undaydi. Vatan go'zalliklarini, tuganmas boyliklarinin, xalq hayotidagi katta o'zgarishlarni ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.22 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.22 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:43 ]
Arxiv ichida: doc