Turdi Farog'iy ijodi

Turdi Farog'iy ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Turdi Farog'iy ijodi - rasmi

Material tavsifi

TURDI (FAROG'IY) IJODI REJA: Turdi hayoti va ijodi haqida ma'lumot beruvchi manbalar. Turdi hayotiga oid voqealarning tiklanihi. Turdining asarlari: she'riyati. «Subhonqulixon haqida hajv» asari. Tayanch so'z va tuchunshalar: tarjimaiy holning tiklanihi, biografik metod, Subhonqulixon davri, Xojasarolar boshqaruvi, Fozilbiy isyoni, Sotsial satira. Turdining hayoti haqida ma'lumot yetib kelmagan, yolg'iz uning 450 misraga yaqin 17 she'ri aniqlangan bo'lib, uning tarjimaiy holini ushbu asarlar misolida tiklash mumkin. Bu asarlar haqida birinchi ma'lumot bergan olim 20-yillarning munaqqidlaridan biri A.Majidiy bo'ldi. Olim dastlab «Zarafhon» gazetasi(1925, 217-219 sonlar)da so'ngra esa «Maorif va o'qitg'uchi» jurnali (1925, 9-10 son, 52-bet)da Turdi haqida maqola e'lon qilgan. Biroq munaqqid shoirning she'rlarini o'zisha talqin qilsa ham, ushbu asarlar misolida uning tarjimai holini tiklay olmagan. Turdining tarjimaiy holi birinchi marta professor Fitrat tomonidan tiklandi va o'zbek adabiyoti tarixiga kiritildi. Fitrat «O'zbek shoiri Turdi» maqolasida: Joyi islomu musulmonliq, Farobiy, istama, Poytaxti kihvari Subhonqulixondir bu mulk - so'zlariga tayanib uning Subhonqulixon (1680-1702) saroyida bo'lganini aniqlaydi. Fitratning ma'lumotiga ko'ra, u asosan, Buxoro mamlakatida yashagan, bir voqea tufayli poytaxtdan ketishga to'g'ri kelgan. «Xo'jand hokimi Oqbo'tabiyga bag'ishlangan muxammasida: Hukmi joriy, so'zi qabul, bir duru dargush edim Ahli davlatlar bila yoru harif, hamdush edim Xush zamonlar yuz qozoni bochida sarxush edim, Bu zamon yuvg'an qozon ostida qolg'an yundaman - so'zlarida ma'lum bo'ladiki, u yuz urug'ining boshlig'i bo'lgan, «qozon tepasidagi odam», endi «yuvindi»ga aylanib, u urug'dan ajragan, ya'ni uni to'kib yuborganlar. So'ngra esa, «sen turganda begonadan talab qilmoq najoizdir» deb, Oqbo'tabiyga xehliq da'vo qiladir, men bilan sen «bir mayxona»da qaynag'an «xum»danmiz, sen «xum»ning «sof» mayi, man uning «durdi», xayi bo'laman, deydir» (Fitrat). Olim tarix kitoblari yordamida Muhammad Rahim Otaliqning o'g'li Oqbo'tabiy haxsini aniqlaydi, uning Shohruh Mirzo (Farg'ona xukmdori) zamonida otaliq bo'lib, Shohruhning qiziga uylangan, 1721 yilida Shohruhning o'g'li Rahimxon tomonidan o'ldirilgan. Oqbo'tabiyning otasi Rahim otaliq Subxonquli zamonida Xo'jand va O'ratepaga hokim bo'lib turgan. Turdi unga «xeh»liq da'vo qilib, uning oldiga madad so'rab kelgan. Demak, u Buxorodan Xo'jandga qarab kelihida, yo'lda Hazora qal'asida bir oz turib, Hakimbiy otaliqdan ham va'da olgani aytiladi. Turdining Subhonqulixon bilan oralari buzilihi voqeasi ham bir o'rinda aytiladi: Fuqoro bo'ldi bu shoh asrida ko'b zoru nahif, Zulmdin bo'ldi raiyat elikim xoru zaif, Sol tarixini aytdim shu harandin taqlif, Din boshdin ayog'din tushub islom zaif. Davri Subhonquli jobir, umarosi Yapaloq. Fitratning aniqlachisha, bu o'rinda «Din» va «islom zaif» so'zlaridan tarix chiqargan va hijriy 1102 yili Buxoroda Turdi bilan Subhonquli beklari o'rtasi nizo chiqqan davrdir. So'ngra she'rda Rahim degan kichining nomi keladi: Haqdin uldur talabim o'lsa senga yor, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.9 MB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.9 MB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga