turkistonda adabiyot o'qitish metodikasi tarixi Reja: Xalq pedagogikasida adabiy tarbiya muammolarining aks etishi. Qadim Turkistonda badiiy tarbiyaning holati. Islom yoyilgandan keyin adabiyot o'qitishning ahvoli. Jadid maktablarida adabiyot o'qitish. Ko'hna madaniyat egasi bo'lgan o'zbek xalqi juda qadim zamonlardan yoshlarni estetik jihatdan barkamol qilib tarbiyalashga katta etibor bergan. Xalqimiz orasida allalarning ko'pligi va ta'sirchanligi, eposlarimiz qahramonlarining yoppasiga savodxon qilib tasvirlanishi, ertaklardagi qahramonlarning so'zamol, nuqtadon, xushlafz ko'rsatilishi bejiz emas. Xalq pedagogikasida nafosatga, fasohatga hamisha ustuvor ahamiyat berilgan. Xalqning: Yaxshi topib so'zlar, yomon qopib, Qiyshiq mo'ridan sassiq tutun chiqar, Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqadi, yomon gap bilan musulmon dinidan, Xom gap gapirib, pishgan gap eshitibdi singari maqollari borligi, so'zni topib aytolgan kishiga ayricha hurmatning o'ziyoq xalqimiz qadim zamonlardan badiiy so'z tarbiyasiga alohida etibor qilganligini ko'rsatadi. O'zbek o'z bolasiga uyidayoq so'zlash odobi haqida, albatta, ilk saboqni beradi. Millatimizga xos andishaning ildizi ayni shu adabiy ta'limning mavjudligiga borib taqaladi. O'zbekda yomon so'z aytilmaydi, boshqalardan yashirilishi lozim bo'lgan narsalar so'z pardasiga o'raladi. Buning uchun kishi o'qimishli bo'lishi ham shart hisoblanmaydi. Shuning uchun ham bizning xalqimiz og'zi botirlikni, to'g'ri ekan deb hamma narsani aytaverishni aqllilik belgisi sanamaydi. Shundan ko'rinadiki, xalqimizning pedagogik amaliyotida badiiy tarbiyaga katta o'rin ajratilgan. O'rxun-Enasoy bitiktoshlaridagi yozuvlar ajdodlarimizning so'z qudratiga nechog'lik baland baho berganligini ko'rsatuvchi ajoyib dalillardir. Ularda: Otam hoqon tizzasi borni tiz cho'ktirdi, boshi borni tazim qildirdi, davlati borni davlatsizlantirdi, hoqoni borni hoqonsizlantirdi yoki: Tepadan osmon bosmagan bo'lsa, pastdan yer yorilmagan bo'lsa, davlating, shuhrating qayga ketdi, ey turk xalqi singari tasvirlar bor. Bu qadar yuksak poetik namunalar yaratish uchun millatda muayyan darajadagi adabiy tayyorgarlik bo'lishi talab etiladi. Demak, islomgacha bo'lgan davrdagi qadim bobolar badiiy so'zni his etish bo'yicha malum darajada tayyorgarlik ko'rishgan. Turkiston, xususan, O'zbekistonga islom yoyilgach esa, adabiy ta'lim tez ravnaq topdi. Juda qadim zamonlardan boshlab maktab va madrasa talabalariga fasohat ilmi, notiqlik san'ati majburiy ravishda o'rgatib kelingan. So'zning ilohiy qudrati islomda hamisha alohida etiborda bo'lgan. O'zbekiston erlariga islom kirib kelishi bilan o'z hukmronliklarini mafkuraviy jihatdan asoslash va shu yo'l bilan abadiylashtirishga uringan arablar islom dinini kengroq yoyish va mustahkamlash harakatida har bir qishloq va guzarda machit, uning qoshida maktab, shaharlarda qator-qator madrasalar ochdilar. Keyinchalik qorixona, daloyilxonalar, qizlar uchun otinoyi maktablari tashkil etildi. Ana shu ilm dargohlarining eng asosiy mashg'uloti talabalarni chiroyli, ta'sirchan va esda qoladigan yo'sinda so'zlay oladigan qilib tarbiyalash edi. IX asrning buyuk qomusiy olimi Abu Nasr Forobiyning Sher san'ati nomli asari, unda sheriyat qoidalarining tushunarli tarzda izohlanishiyoq o'lkamizda ko'p zamonlardan beri adabiyot o'qitilib kelinayotgani va ayrim olimlar uning metodikasini ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.7 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.7 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:43 ]
Arxiv ichida: doc