Turkistonda adabiyot o'qitish tarixi. Adabiyot o'qitish metodikasining tarixiy taraqqiyoti

Turkistonda adabiyot o'qitish tarixi. Adabiyot o'qitish metodikasining tarixiy taraqqiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Turkistonda adabiyot o'qitish tarixi. Adabiyot o'qitish metodikasining tarixiy taraqqiyoti - rasmi

Material tavsifi

Turkistonda adabiyot o'qitish tarixi. Adabiyot o'qitish metodikasining tarixiy taraqqiyoti Reja Adabiyot o'qitish metodikasi fanining shakllanishi, rivojlanish tarixi. Eng qadimgi davrlarda adabiyot o'qitish metodikasi. Adabiyot o'kitshi metodikasi tarixida jadidchilik davri. 1930-1990 yillarda adabiyot o'qitish metodikasi fanining o'ziga xos xususiyatlari. Mustaqillik va adabiyot o'qitshi metodikasi fanining rivojlanish xususiyatlari. Yaqin-yaqinlargacha ham o'zbek adabiyotini o'qitish metodikasi tarixi asosan Oktabr inqilobi bilan bog'liq holda talqin va targ'ib etilgani sir emas. Mustaqilligimizning sharofati bilan barcha fanlar rivojlanishning to'g'ri o'zanlariga tushib oldi. Prezidentimiz I. A.Karimov ta'kidlaganlariday: Amudaryo bilan Sirdaryo o'rtasida joylashgan hamda Movarounnahr yoki Turkiston nomlari bilan mashhur vatanimiz asrlar mobaynida jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri hisoblangan. Buyuk ipak yo'lidagi bog'lovchi markaziy halqa, Sharq va G'arb uchrashadigan, ularniig faol savdo-iqtisodiy va ma'naviy hamkorligi tug'iladigan joy bo'lgan. Mana shunday holatda bu yerda ko'plab fanlar qatorida adabiyotshunoslikning, tarbiyashunoslikning, ular qatorida esa adabiyot o'qitish metodikasining muayyan o'rni bo'lganligini tasavvur etish mumkin. Metodika tarixini bilish zamonaviy ta'lim texnologiyalari mohiyatini teranroq ilg'ash imkonini beradi. Adabiy asarni o'rganish bilan bog'liq bo'lgan dastlabki qaydlar Avesto yodgorligidayoq uchraydi. Bevosita turkiy muhitda esa buni O'rxun-Enasoy yodgorliklaridagi ayrim ishoralar orqali payqashimiz qiyin emas. Adabiyot o'qitish metodikasi fani o'tmishdagi boy tajribalarni o'rganish asosida hozirgi zamon maktablaridagi adabiyot o'qitish jarayonini umumiylashtiradi. Adabiyot Sharq xalqlari, jumladan, o'zbek xalqi hayotida har doim juda katta ijtimoiy-ma'naviy ahamiyatga ega bo'lgan. Cho'lponning Adabiyot yashasa-millat yashar degan fikri bejiz emas. Ammo uni o'qitish birdaniga hozirgi holiga kelmagan. Turkiy xalqlar orasida adabiyot o'qitish an'analari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Buyuk mutafakkirlarimiz Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolar ta'lim-tarbiya, o'qituvchi xususida alohida to'xtab o'tishgan. Ular insonning shaxs sifatida kamol topishida ilm olishning, ta'lim va tarbiyaning ahamiyati haqida o'zlarining qimmatli fikrlarini aytib o'tganlar. O'rta Osiyoning ulug' mutafakkiri Abu Nasr Forobiy (873-950) o'zining ilmiy ishlarida ovoz, nutqning tarbiyaviy ahamiyatiga alohida e'tibor beradi. U «Ilmlarning kelib chiqishi» («Ixso ul-ulum») nomli risolasida badiiy asarni ifodali o'qish, o'qiganini hikoya qilib berish zo'r san'at ekanligini aytadi. Uning ta'kidlashicha, hikoyachilikda (o'qishda) o'tkir ta'siri bo'lgan ana shu san'atda o'ziga munosib o'rin egallagan kishilar hakim deyiladi va u o'qishni, notiqlikni egallagan san'atkor, faylasuf, donishmand bilan tengdir. Forobiy har bir kishining o'ziga xos, individual xususiyatga ega bo'lishini, ta'lim-tarbiya jarayonida bu xususiyatlarga e'tibor berish shart ekanligini alohida uqtiradi: «Kishilar jismoniy va tug'ma qobiliyat, kuch-quvvatda bir-birlaridan ortiq-kam bo'ladilar». Forobiyning ta'kidlashicha, «Har kimki ilm-hikmatni o'rganaman desa, uni yoshligidan boshlasin, salomatligi yaxshi bo'lishiga intilsin, axloqli-odobli bo'lsin, so'zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlansin, xiyonat va makr-hiyladan uzoq bo'lsin». Forobiy komil insonlar haqida gapirganida ularning bevosita nutqiga, so'zni tushunish va tushuntirish imkoniyatlariga ham e'tibor beradi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 491.93 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 491.93 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga