Turkiy adabiyotning jahon xalqlari adabiyoti bilan mushtaraklik davri

Turkiy adabiyotning jahon xalqlari adabiyoti bilan mushtaraklik davri

O'quvchilarga / Adabiyot
Turkiy adabiyotning jahon xalqlari adabiyoti bilan mushtaraklik davri - rasmi

Material tavsifi

Turkiy adabiyotning jahon xalqlari adabiyoti bilan mushtaraklik davri Reja: Shumer adabiyoti Qadimgi turkiylar va yunon adabiyoti Yunon va turkiylar adabiyotida tepako'zlar obrazi Prometey obrazi yaratilishininc turkiy manbalari Fors-tojik adabiyoti va afrosiyob haqidagi afsonalar turkumi Skif-kimmerlar yashagan davr adabiyoti va madaniyati shakllanganligi bilan jahon xalqlari tarixida alohida o'rin egallaydi. Ular yaratgan adabiy syujetlar antik davrdagi ko'piab xalqlarning adabiyotiga ko'chib o'tgani, ayrim syujetlarda tipologik o'xshashliklar mavjudligi yoki ularning hukmdorlari, qahramonlari haqida boshqa xalqlar adabiyotida ham bir necha, hatto turkum asarlar yaratilgani shundan dalolat beradi. SHUMER ADABIYOTI Turkiy xalqlar og'zaki ijodi bilan miloddan avvalgi 2800-yillarda yashagan Bilgamishxon va uning sharafiga sopol lavhalarda bitilgan dostonlar davrining ma'lum jihatdan o'xshashlik tomonlari bor. O'tgan asrning 40-yillarida ingliz arxeologi Leyard Ossuriya poytaxti Nineviya xarobalarini o'rgana boshladi. Tekshirish natijasida Ossuriya podshosi Ashshurbanipal saroyi qoldiqlaridan mixxat belgilari bilan qoplangan 20 ming sopol kitobga ega bo'lgan kutubxona qo'lga kiritildi. Ashshurbanipal Ossuriyaning eng ilmsevar, ma'rifatparvar shohlaridan biridir. Uning shohlik davri (miloddan avvalgi 669-630-yillar) jahonda kimmer hamda skiflar katta mavqeni egallagan vaqtga to'g'ri keladi. Ashshurbanipal daviatni mustahkamlash uchun o'z mamiakati atrofidagi Misr, Bobil. O'rartu, Lidiya kabi mamlakatlar bilan ittifoq tuzgan. Lekin Shimol tomondan kimmer va skif qavmlarining Kichik Osiyo tomon yurish qilishlari Ashshurbanipalni tashvishga sola boshlaydi. Ossuriya shohi Lidiya davlatidan ham xavfsirar edi. Kichik Osiyoning keng dalalarida hukmronligini o'tkazib, Egey va O'rta dengizga chiqishga urinayotgan kimmeriylar Lidiya davlatining kuchi zaiflashishiga sabab bo'ldi. Bu esa birmuncha vaqt Ashshurbanipalning o'z mavqeini saqlab turishiga yordam berdi. Ashshurbanipal podsholigining so'nggi yillarida Kichik Osiyoga kimmeriylar orqasidan skiflar bostirib kelishdi. Ular dastlab Suriya va Falastin mamlakatlarini ishg'ol etishib, Ossuriya va Misr chegaralariga yetib keladilar. Sais davlatining hukmdori Psammetik skiflarga sovg'a berib, jon saqlaydi. Barcha jabrni Ossuriya davlati tortadi. 612-yilda Midiya podshosi Kayxisrav va Bobil hukmdori Nabupalasar kelishgan holda Ossuriyaga hujum qilishadi. Ular mamlakat poytaxti Nineviyani ishg'ol qilishib, shoh saroyiga o't qo'yadilar. Ashshurbanipal asos solgan kutubxona vayron etilib, sopol kitoblar parchalanadi, lekin yong'indan zarar ko'rmaydi. Ingliz arxeologi Leyard ikki yarim ming yil yerostida yotib chirimagan sopol kitoblarni qo'lga kiritmaganida, ehtimol, biz jahon madaniyatining nodir xazinasidan balki hali bahramand bo'lmas edik. Midiyalik va bobillik johillar tomonidan yondirilgan kutubxona xazinasida qadimgi ajdodlarirniz yaratgan adabiy yodgorliklar borligini tan olish g'oyat sharaflidir. Bu sopol kitoblar eramizdan oldingi 200-yillarda so'zlashuvdan qolgan shumer (sumer) tilida bitilgan deb hisoblanadi. Amerikalik shumershunos S.N.Kramerning isbotlashicha, shumeriylar yaratgan adabiy syujetlar va ilmiy kashilyotlarni boshqa xalqlar, jumladan, bobilliklar o'zlashtirganlar. Shumeriylar Mesopatamiyada - Dajla va Frot (turkiylar buni O'kuz deb atashgan) daryosi oralig'ida yashashgan. Ashshurbanipal kutubxonasidan topilgan sopol kitoblar orasidan ikki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.15 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.15 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga