Turkiy qavmlarning shakllanish davri adabiyoti

Turkiy qavmlarning shakllanish davri adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Turkiy qavmlarning shakllanish davri adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

Turkiy qavmlarning shakllanish davri adabiyoti Reja: Skiflar tarixi va ularning ijtimoiy hayoti bilan bog'langan rivoyatlar Alp yer to'nga shaxsiyati va u haqda yaratilgan asarlar Massagetlar va ular to'g'risida yaratilgan afsonalar SKIFLAR TARIXI VA ULARNING IJTIMOIY HAYOTI BILAN BOG'LANGAN RIVOYATLAR Tarixiy manbalarga asoslanib, turkiy qabilalarning qadimda eng rivojlangani va jahon tarixida sezilarli iz qoldirganlarini kimmer va skiflar deb atashga asos bor. Kimmer va skiflarning turmush tarzi antik yunon manbalarida qalamga ojingan. Gerodot «Tarix»ining to'rtinchi kitobi to'la skiflarga bag'ishlangan. Gomerning «Iliada» va «Odisseya» dostonlarida kimmerlar tasviri uchraydi. «Odisseya»ning rus tilidagi nashrlaridan birida yozilgan izohda «kimmeriylar greklarning tasavvuriga ko'ra uzoq Shimolda yashaydigan afsonaviy xalq. Odisseyaning kemasi Okean daryosi bo'ylab shu joyga tushib qoladi. Mamlakatning joylashgan o'rni ma'lum emas», deb ta'kidlanishi noto'g'ridir. Kimmerlar Amudaryoning quyi bo'ylarida yashagan, keyinchalik Qora dengizning shimoliy sohillariga ko'chishganligi tarixiy manbalardan ma'lum. Kimmer va skiflar tarixini o'rganishga jahon olimlari katta qiziqish bilan qaraganlar. Bu xalqlarning jahon sahnasida paydo bo'lishi, ijtimoiy-siyosiy turmushi, ular tarixda qaysi xalqlarga yaqinligi haqida yaratilgan tadqiqotlar soni hisobsizdir. Birgina rus olimlarining faoliyatiga nazar tashlanadigan bo'lsa, bu mavzuni XVII asrdan boshlab o'rganishga kirishganlar. Masalan, A.Lizlovning 1776-yilda nashr elilgan «Skiflar tarixi» kitobi shulardan biridir. XX asrda yaratilgan ishlar orasida A.N. Teronoshkin, L.N.Gumilev, A.P.Smirnov, I.M.Dyakonov, A.A.Neyxard kabilarning asarlari kimmer va skiflar haqida boy ma'lumot berisbi bilan ajralib turadi. Keyingi yillarda o'zbek qadimshunoslari ham bu mavzuga alohida qiziqish bilan qaramoqdalar. F.Sulaymonova, N.Rahmonov, F.Boynazarovlarning tadqiqotlarida kimmer va skiflar turkiylarning qadimiy ajdodi sifatida tahlil etildi. Yuqoridagi manbalarning hammasida kimmeriylar tarixda qachon paydo bo'lganligi to'g'risida aniq ma'lumotlar keltirilmagan. Yunon va troya urushlari davri voqealari bilan bog'lab qaraladigan bo'lsa, kimmerlar miloddan avvalga XII-XI asrlarda dengiz sohilidagi mamlakatda yashaganlar. Kimmerlar shumerlarningavlodi va ularning tarixi miloddan awalgi to'rt minginchi yillardan boshlanadi, degan farazlar bor. Antik yunon tarixchilari kimmeriylar miloddan avvalgi VII asrda Kichik Osiyoga bostirib kirib, Ossuriya, Midiya va boshqa davlatlar ustidan hukmronlik qilishganligini yozib qoldirishgan. 705-yilda kimmeriylar bilan bo'lgan jangda Ossuriya shohi Sargon II halok bo'lgan. Kimmeriylarning jangovarligi, merganligi, kamondan o'q otish mahoratini aks ettiruvchi tasvirlar o'sha davr idish-buyumlariga tushirilgan. Keyingi asrlarda kimmeriylar saltan ati va qabilalari tili, madaniyati, urf-odati yaqin bo'lgan skiflarga qo'shilib ketgan. Skiflar Sharq manbalarida - asguz, vavilonlarda ishkuz, yahudiylarda ashkuz shakllaridagi nomlar bilan uchraydi. Yunonlar esa ularni skiflar deb atashgan. Asguz, ishkuz, ashkuz so'zlarining kelib chiqish o'zagi bitta. Ular ish - uguz, ich -o'g'o'z so'zlaridan olingan. «Qo'rqut ota kitobi»da icho'g'o'z (ichki urug') va tasho'g'o'z (tashqi urug')lar haqida tasvirlar mavjud. Kimmeriylar davlatining tugashi va skif qabilalariga qo'shilib ketishi Madi davlatining jahon bo'ylab hukmronlik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 127.97 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:43 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 127.97 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga