Turkiylar obraz qadimgi Gruzin, German, Rus va Slavyan xalqlari adabiyotlari

Turkiylar obraz qadimgi Gruzin, German, Rus va Slavyan xalqlari adabiyotlari

O'quvchilarga / Adabiyot
Turkiylar obraz qadimgi Gruzin, German, Rus va Slavyan xalqlari adabiyotlari - rasmi

Material tavsifi

Turkiylar obraz qadimgi Gruzin, German, Rus va Slavyan xalqlari adabiyotlari Reja: Gruzin adabiyoti Amiranning tug'ilishi Rus va slavyan xalqlari adabiyoti Qadimgi turkiy adabiyotda badiiy tarлma GRUZIN ADABIYOTI Ossuriya tarixiy hujjatlarida Urartu (hozirgi Armaniston va Turkiyaning bir necha sharqiy viloyatlari o'rniga to'g'ri keladi) va Gamirra mamlakatlari o'rtasida miloddan oldingi VII asrlarda Guriani (hozirgi Gurjiston) mamlakati joylashganligi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Gamirra -go'mirkr, ya'ni kimmerlar davlatidir. Gurjiston, Armaniston, Abxaziyadagi qadimgi shaharlar o'rnida arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan ashy olar Qofqaz va Qofqazorti mamlakatlarida skif-kimmerlar ham yashaganligidan guvohlik beradi. Gruzin olimi G.A. Melikishvilining ta'kidlashicha, kimmerlar janubiy Gruziya va uning tog'larini o'zlarining trer urug'lari nomi bilan Trialet (qadimgi arman manbalarida trel) deb ataganlar. Sharqiy Gruziyada Kvemo-Karth shahrini Gugark («Bibliya»dagi skiflar ajdodi «Gog» va «Magog» nomi bilan) atashgan. Strabonning ma'lumotiga ko'ra, Shimoliy Armanistonda skiflarning sak urug'lari yashaydigan Sakashen shahri bo'lgan. Qofqaz respublikalaridagi ko'pchilik xalqlar o'zlarining tarixini skiflar bilan bog'laydilar. Dog'istonning Arqaz (Erqaz) qishlog'idan topilgan arxeologik yodgorliklar skif-hayvonot uslubida ekaniigi e'tirof etilgan. Akademik N.Ya.Marr skif va sak tilini Shimoliy Qofqaz va Abxaziya tiUari bilan juda yaqin deb hisoblaydi. Demak, gruzin xalq og'zaki va qadimgi yozma adabiyotida skif-kimmerlar badiiy ijodining yodgorliklari saqlanib qolishining tarixiy asoslari mavjud. «Amiran» qahramonlik eposi svan, megrel, abxaz. arman, osetin, cherkas, lak va kabardin tillarida ommalashgan. Lekin markazlashgan o'rni gruzinlardadir. Xususan, «Amiran» mesxetilar o'rtasida ommaviy tarzda tarqalgan va ashuglar (baxshilar) uni kuyga solib aytishgan. Mesxetilar skif-kimmerlarning miloddan avvalgi VII-VII asrlarda rivojlangan qabilalaridan biridir. Ular osmon jismlariga, xususan Oyga sig'inishgan. Turkiy xalqlarning nodir yodgorligi «Qo'rqut ota kitobi»da Amiran turkiy xalqlarning bahodir yigitlaridan biri sifatida ulug'lanadi. Bu obraz gurjilar va o'g'uzlar o'rtasidagi janglar tasviriga bag'ishlangan «Bagilning o'g'li Amiran haqida qo'shiq» faslida yaratilgan Amiran g'ayri dinlar - gurjilar boshlig'i Takuraga qarshi jangga tushib, uni yengadi. Shu sababli Qofqaz togiaridagi ko'plab yerlar unga in'om etiladi, bahodir Aruz (Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam» kitobida yozishicha, Alburz (Elbrus) tog'i uning nomiga qo'yilgan) yonidan joy ko'rsatiladi. Gruzin xalq og'zaki ijodi Sharq xalqlari adabiyotining kuchli ta'siri ostida rivojlangan. Gruzin folklorshunoshgi «Amiraniani», «Tarieiiani», «Rostommiani» dostonlarini qahramonlik eposlarining eng yaxshi namunalaridan deb hisoblaydi. Bu eposlarning qahramonlari Amiran, Tariel, Rustamdir. Tariel skif-kimmerlarning tarixiy yoki afsonaviy qahramonidir. Shu sababh ham Janubiy Gruziya va uning tog'lari ushbu nom bilan atalgan. «Amiran»ning 150 dan ortiq variantlari yozib olingan. Uning bir variantida Rustam Amiranning otasi deb ko'rsatilgan. «Tariehani» dostonida esa Tariel va Rustam Amiranning ukasidir. Fors-tojik va turkiy og'zaki adabiyotdagi Bejan va Manija (Afrosiyobning qizi) haqidagi doston syujetlari ham gruzin xalqlari o'rtasida keng tarqalgan, uning bir necha variantlari yozib olingan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 81.31 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:43 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 81.31 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga