Turkman adabiyoti Reja Turkman xalqi tarixi haqida. Yozma adabiyotining shakllanishi. Andalib ijodi. XVII - X1X asrlar turkman adabiyoti taraqqiyoti. Turkman xalqi tarixi haqida .Turkman xalqi O'rta Osiyoda qadim zamonlardan beri yashab kelayotgan, turkiy tilda so'zlashuvchi xalqlardan biridir. Turkman xalqining adabiyoti va madaniyati, O'rta Osiyoda yashovchi qozoq, qirg'iz va qoraqalpoq xalqlarining adabiyoti va madaniyati singari, folklar asarlari shaklida rivojlandi. Turkman xalqi asrlar davomida chet el bosqinchilari-eroniylar, arablar, mo'g'ul istilochilari, Buxoro amirlari va Xiva xonlari zulmi ostida qolib kelganligi sababli, turkman milliy adabiyoti va madaniyatining rivojlanishi uchun zarur sharoit yo'q edi. Shunga qaramay, turkman xalqi o'z milliy tilining sofligini saqlab qoldi, o'z milliy adabiyoti va madaniyatini taraqqiy ettirish uchun kurash olib bordi. Xalq orasida turkman mehnatkash ommasining orzu- umidlarini kuylovchi ertaklar, dostonlar, angula va qo'shiqlar ham keng tarqalgan. Bir qancha turkman xalq latifalarida dono va tadbirkor Kaminaning obrazi yaratilganki, u o'zining ko'p xususiyatlari bilan o'zbek, tojik va ozarbayjon xalq latifalarida ko'ringan Afandi va Mushfiqiy obrazlariga juda yaqin turadi. Yozma adabiyotining shakllanishi. Yozma adabiyot Turkmanistonda taxminan XI-XII asrlarda, dastlab Ahmad Yassaviy va Ali singari diniy motivlarni tarannum qilgan shoirlarning ijodi ta'siri ostida turkiy (chig'atoy) tilida yuzaga keladi. XIV asrda turkman yozma adabiyotining taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan Burhoniddin Sivosiy va Sayid Imoniddin Nasimiylar yashab ijod etdilar. Bu yozuvchilar ijodida ham diniy-mistik adabiyotning ta'siri yaqqol sezilib turadi. Lekin shunga qaramay, turkman adabiyoti tarixini o'rganishda ularning ijodi salmoqli o'rin tutadi. Buning sababi shundaki, Xorazmda tug'ilib, hayotini Kichik Osiyo shaharlarida o'tkazgan Sivosiy o'z she'rlarini birinchi bo'lib turkman tilida yozdi. U poeziyaga aruz vaznini kiritdi. Hunarmand oilada tug'ilib o'sgan va o'qimishli kishi bo'lib yetishgan Nasimiy o'z asarlarini Turkiyaning shahar va qishloqlarida darbadarlikda hayot kechirgan yillarida yaratdi. Nasimiy o'zining o'tkir hajviy asarlari uchun ruhoniylar tomonidan vahshiylarcha o'ldirildi. XVII acp turkman adabiyotining yirik vakillari Andalib, Ozodiy, Ma'rufiy, G'oyibiy, Shaydoiy, Shobanda kabilar o'z ijoddarida fors-tojik, ozarbayjon va o'zbek adabiyotlarining eng yaxshi an'analarini davom ettirdilar. Shoir Shobandaning Shoh-bahrom, Gulu Bulbul, Xo'jamberdi dostonlari va ko'p lirik she'rlari, Ma'rufiyning Sayful-muluk-Midhal Jamol, Yusuf va Ahmad, Davlat yer dostonlari, Shaydoiyning Qissai Sanav-bar dostoni keng xalq orasida juda mashhur. Andalib ijodi. Andalib taxallusi bilan ijod etgan Nurmuhammad G'arib XVII asr turkman adabiyoti tarixida o'zining lirik g'azallari hamda Layli-Majnun, Yusuf-Zulayho, Zaynularab kabi asarlari bilan sezilarli iz qoldirgan shoirdir. U asli koramozilik ( hozirgi Turkmaniston Respublikasi, Ilonli tumanining Karamozi qishlog'i ) bo'lib, bir qancha vaqt Xorazmda (Urganch) yashagan, Yusuf-Zulayho dostonining kirish qismida shoir o'zi haqida shunday yozadi: Ismim erur Nurmuhammad G'arib, So'zda taxallusim erur Andalib. Shahrimiz Urganch viloyat erdi, ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
477.49 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
477.49 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:43 ]
Arxiv ichida: doc