Ukrain adabiyoti Reja: Ukrain adabiyotining eng qadimgi namunalari Grigoriy Skovoroda - XVII asr ukrain adabiyotining ulkan arbobi Ukrain adabiyotida masal janri T.G.Shevchenko - ukrain adabiyotining yorqin vakili Ukrain va o'zbek xalqi o'rtasidagi adabiy aloqalar. Bu adabiyot sharqiy slavyan xalqlari (rus, belorus) adabiyoti guruhiga kiradi. U qadimgi rus adabiyoti zaminida shakllandi va rivojlandi. XI-XII asrlardayoq juda boy og'zaki ijod asarlariga va yozma yodgorliklarga ega bo'lgan qadimgi rus adabiyoti ukrain adabiyoti rivojiga kuchli ta'sir etdi. Ukrain shoirlari T.Shevchenko, I.Franko, S.Rudanskiy, P.Mirniy hamda M.Rilskiy va N.Zabilalarning xususan Igor jangnomasiga bo'lgan qiziqishlari juda kuchli edi. Ular bu ajoyib adabiy yodgorlikni ukrain tiliga tarjima qildilar. Ukrain adabiyotining eng qadimgi namunalari xalq og'zaki ijodi shaklida yaratilgan bo'lib, ko'proq antifeodal va antikrepostnoylik xususiyatiga ega edi. Xalq yaratgan qo'shiq, ertak, duma (katta xajmdagi epik va liro-epik asarlar), latifa va rivoyatlarda mehnatkash ommaning asrlar davomidagi orzu-umidlari, chet el bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashlari, jumladan 1648-1654 yillarda keng quloch yoygan xalq ozodlik kurashi, 1812 yil Vatan urushi voqealari o'z aksini topgan. Ukrain xalqining 1648-1654 yillarda polyak panlariga qarshi olib borgan ozodlik kurashlari Ukrainaning Rossiyaga qo'shilishi bilan yakunlandi. Ikki xalqning qo'shilishi Kazak yilnomalari va memuar asarlarda aks etdi. Rus va ukrain adabiyotlari o'rtasidagi do'stona munosabatlar shu vaqtdan boshlab yana ham avj oldi. E.Slavinetskiy, S.Polotskiy, F.Prokopovich singari ukrain shoirlari Moskvaga ko'chib bordilar. Ular o'z asarlarida jamiyatdagi ijtimoiy qarama-qarshiliklarni aks ettirdilar; yangi adabiy janrlar va shakllarni rivojlantirishga salmoqli hissa qo'shdilar. Grigoriy Skovoroda - XVII asr ukrain adabiyotining ulkan arbobi. U o'z zamonasining ilg'or o'qimishli kishisi va faylasufi hukmron doiralar uchun xizmat qilishdan bosh tortdi, aksincha, mavjud ijtimoiy tuzumni qattiq qoraladi. Xalq uning hayoti va panlarga qarshi olib borgan kurashi to'g'risida har xil rivoyatlar to'qidi. Skovoroda satirik shoir va faylasuf sifatida XVII asr rus ma'rifatparvarlari (A.P.Sumarokov, D.I.Fonvizin, G.R.Derjavin, A.N.Radishchev, I.A.Krilov, N.M.Karamzin) ga yaqin turar edi. Uning ijodida buyuk rus olimi va shoiri M.V.Lomonosov, satira ustalari Novikov, Kantemir va Fonvizin kabi yozuvchilar ijodiga xos motivlar ko'p edi. Chunonchi, Skovoroda ham ular singari o'z ijodida inson tarbiyasi masalasiga katta e'tibor berdi. Skovoroda XIX asr ukrain adabiyotida keng taraqqiy etgan masal janrini boshlab berdi. XVII asr oxiri, XIX asrning boshlarida yashab ijod etgan Kotlyarevskiy ijodida 1812 yil Vatan urushi mavzui katta o'rin egalladi. 1825 yil voqealar arafasida Kotlyarevskiy o'zining Eneida dostoni va Natalka-Poltavka pyesalarini nashr ettirdi. Eneida dostoni qadimgi yunon shoiri Vergiliyning Eneida dostoniga o'xshatma bo'lishiga qaramasdan, badiiy yuksak va original asardir. Bu doston o'zining obrazli va jonli xalqchil tili, o'tkir satirasi, xushchaqchaq yumori va voqelikni realistik ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
447.87 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
447.87 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:44 ]
Arxiv ichida: doc