Umberto Eko (1932 yilda tug'ilgan) Italiyalik filolog olim, postmodernizmning nazariyotchilaridan biri, faylasuf, yozuvchi Umberto Eko 1932 yil 5 yanvarda Milan yaqinidagi Aleksandriya qishlog'ida tug'ilgan. 1954 yil Turin universitetida Foma Akvinskiy estetikasi mavzusidagi ilmiy ishi uchun doktorlik ilmiy darajasini olgan. Besh yil davomida Milan televideniyasida muharrir bo'lib ishladi. So'ng Turin universitetida ma'ruzalar o'qidi. Bundan tashqari, Milan, Florensiya, Bolonya universitetlarida dars bergan. 1975 yil Bolonya universiteti semioteka kafedrasining professori unvonini olgan. Milan politexnika institutida ham professor unvonini berishgan. Ijodini XX asrning 50-yillari oxirlarida boshlagan. Marcatre va Quidici jurnallarining tashkil etilishida qatnashgan. Versus jurnalining bosh muharriri lavozimida ishlagan. Semioteca, Text, Degres, Structuralist Review, Comminication Problemi dell' Informazione, Alfadeta jurnallari tahrir hayati azosi bo'lgan, hozir ham bazilarida hayat azosi hisoblanadi. 1979 yildan beri xalqaro semiotik tadqiqot assotsiatsiyasining bosh kotibi, bir qancha universitetlarning faxriy doktori. Uning ilmiy va adabiy ishlari ko'plab mukofotlarga sazovor bo'lgan. Foma Akvinskiy estetikasi muammolari (1956), Ochiq asar(1962), Joys poetikasi (1966), Umumiy semioteka traktlari (1975) kabi monografiyalari, Yangi o'rta asrlar hujjatlari(1992), Giperrellikka sayohat(1986) nomli esselari to'plami, Etika mazusidagi besh esse(1998), Atirgul ismi(1980) nomli romani, Fukoning tebratgichi(1988), «Arafa oroli»(1994), «Baudolino» (200) kabi prozaik asarlarida tarix, detektiv, falsafiy-axloqiy, ironik belgilar, insoniyat tajribasidagi asosiy tushunchalarning ko'pqirraliligi va tarixiy o'zgaruvchanligi ko'zga tashlanadi. Umberto Eko postmodernizm elementlari ma'naviy inqirozning barcha davrlarida ko'zga tashlanadi degan fikrga amal qiladi. Uning fikricha, aynan shu davrda individual subyekt qatiyati deb ataluvchi fenomen yuzaga chiqadi. Bu esa an'anaga tayanadigan shaxs usulining mavjud bo'lishi imkonsizligiga olib keladi. Shu o'rinda asar o'zining yozuvchi va o'quvchi umumiy madaniyatidan olgan mazmunini saqlab qoladi, yani estetek o'yin qoidalari ikkalasiga ham oldindan malum bo'ladi. Olimning aytishicha, adabiyot nazariyasi va fantaziya sintezi amaliy maqsadga xizmat qiladi. Yozuvchi-postmodernist an'anaviy realistik asarlarga ko'nikkan o'quvchiga yangi, zamonaviy san'atda(adabiyotda ham-Y.Q.) g'ayriodatiy shakl paydo bo'lishini tushuntiradi. Ekonning postmodernistik qarashlari pozitiv bilimlar va ratsional an'analar bilan hal qilib bo'lmaydigan muammoli dunyo holatini poetik qayta tushuntirishga urg'u beradi. Ichki taqriz(1972) nomli essesida adabiy an'analarni emas, balki, ommaviy nashrlar uchun ishlaydigan va inson madaniy va estetik cho'qqilarini savodsizlarcha baholaydigan zamonaviy tanqidchi ustidan kuladi. Esseda nomalum taqrizchiga tamadduning eng mashhur kitoblariga tavsif berishni topshirish orqali har qanday matnni baholash prinsiplarini yaqqol namoyish etadi. Umberto Ekoning birinchi romani Atirgul ismi katta tassurot va maqtovlarga sabab bo'lgan. Roman zamonaviy intellektning eng yorqin ijodi hisoblanadi. Borxesning universum(Odam)ning ramziy-obrazli labirint g'oyasini qabul qilgan Eko, o'ziga xos ikkinchi metafora - metaforalar metaforasi g'oyasini ilgari suradi. Abbatlikning kutubxonasi labirint etib tasvirlangan. U ibodatxonaga kelmaydigan va dinsizlar uchun qo'l etmas, erishib bo'lmasligiga urg'u beriladi. Ibodatxona ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.19 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.19 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:44 ]
Arxiv ichida: doc