Umumta'lim maktablarida dramatik asarlarni o'rganish

Umumta'lim maktablarida dramatik asarlarni o'rganish

O'quvchilarga / Adabiyot
Umumta'lim maktablarida dramatik asarlarni o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Umumta'lim maktablarida dramatik asarlarni o'rganish. Reja : 1.Dramatik asarlarning janr xususiyatlariga doir. 2 Dramatik asarlarning o'ziga xos xususiyati. 3.Dramatik asarlarda qahramonlarning nutqiy tavsifi. . Buyuk yunon mutafakkiri Aristotel dunyo adabiyotshunosligining ibtidosi bo'lgan Poetika asarida dramaning o'zi harakat , chunki u harakat qiluvchi shaxslarni aks ettiradi , degan mashhur bir tushincha bilan dramaning teatr san'atida qanchalik mushtarak hodisa ekanini ta'kidlagan edi. So'z san'atining asosiy turlaridan biri bo'lgan drama yunoncha so'z bo'lib, harakat,amal-faoliyat degan ma'nolarni bildiradi.Pesa,asosan, sahnada ijro etish uchun mo'ljallangan bo'lib, suhbat-dialog shaklida yoziladi.Unga bayon va tasvirlashga xos usullar yot bo'lganidan,muallif personajlar xattiharakati,hodisalarn i bevosita tahlil etish imkoniyatiga ega emas.Bunday vazifalar dialog yetakchiligida,monolog,remarka va pauzalar yordamida muayyan vaqt ichida ko'z o'ngimizda sodir bo'layotgan qismatlar shaklida amalga oshiriladi.Har bir voqeaga yo'nalish beriladi.Dramatik asar tanaffuslar bilan ko'rsatilganligi sababli,har qaysi qismi parda deb yuritiladi.Parda ichida ko'rinishlar bo'ladi.Bir qismga mo'ljallanganligi sababli ,drama asari hajmi cheklangandir. Sahna asarining mohiyatni,pafosini,ta'sirchanligini dramatik harakatning o'ziga xos shakli hisoblangan dramatizm tashkil etadi.Dramatizm qarama-qarshilik negizida, xarakterlar og'ir,tang va mushkul holatlarga tushgan damlarda yuzaga chiqadi.Shu sababli u tragediyada tragizm,komediyada komizm mohiyatida kechadi.Pafos asarning g'oyaviylik bilan badiiyligi birligida yuzaga chiquvchi ehtirosli,ta'sirchan ruhidir. Qarama -qarshilikka xos bunday ikki tipologik umumiy ko'rinishi asardagi g'oyaviy yaxlitlik va birlik bilan bog'langan bosh sahnaviy harakatning -qiziqarli,keskin rivojlanib boruvchi dramatik yo'nalishning iki xilda ko'rinishini ta'minlaydi. 1.Shiddatli va keskin rivojlanvchi dramatik harakat.Bu qadimiy klassik yoki an'anaviy turdagi harakat deb yuritiladi.Shu tur asarda ikki muhim jihat bor:ularda g'oyaviy maqsad,asosan,bitta yaxlit fabula -yakunlangan hodisa atrofida keskin rivojlanuvchi faoliyatda,ya'ni harakat biriligida ifodalanadi.Chunonchi Hamzaning Boy ila xizmatchi dramasida g'oyaviy yaxlitlik ma'nosidagi harakat birligini Jamilaga Solihboyning ishqi tushib qolishi bilan aloqador fabula dalil chizig'ini tashkil qiladi,bunday asarlarda dramatik yo'nalishning dastlabki holat,tugun,rivoj,kulminatsiya,yechim-final singari bosqichlari tiniq hamda muntazamlilikda yuzaga chiqadi. 2.Asta-sekin kechuvchi dramatik harakat.Bu turdagi dramatik yo'nalish personajlarning ziddiyatli holatlarida tug'iluvchi fikr va kechinmalarga,ruhiyatdagi iztiroblar dinamikasiga bog'liq bo'lib,ichki taranglikda,zimdan keskinlikda kechuvchi munosabatlarga asoslanadi.Unday p'esalarda yaxlit va yagona fabula,ya'ni harakat biriligi to'g'risidagi shart,ko'pincha,saqlanmaydi,dramatik yo'nalish bosqichlari batartib ravishda,izchillikda yuzaga chiqavermaydi. Drama qadimiy Gretsiyada dastlab diniy marosimlar4da ijro etilgan, kuylanadigan asarlar sifatida paydo bo'ldi.Uzoq va murakkab rivojlanish yo'llarini bosib o'tgan Yunon dramasi,xususan,uning tragediya janri,o'z manbalarini afsonaviy xudolar-Zevs bilan Semeli o'g'li-mevalar xudosi Dioni azob- uqubatlarini kuylovchi g'amgin qo'shiqlardan oldi.Drama Yunonistonda bizning asrimizdan ilgari beshinchi asrda,antik adabiyot davrida,ayniqsa,Esxil,Sofokl,Evrripid singari shoh tragediyanavislar ijodida gullab yashnadi.Antik Dune komediyasining paydo bo'lishi Aristofon nomi bilan bog'liq.O'sha davr dramasi,asosan, she'riy shaklda bo'lib,falsafiy mazmundorligi, obrazlarning g'oyat azamat va ulug'vorligi bilan ajralib turishi katta ijtimoiy-tarbiyaviy rol o'ynardi.Qadimiy Rim hukmdorligiga o'tishgacha bo'lgan dramaning ellinizm davri eramizdan burungi IV ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 20.97 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:44 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 20.97 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga