Usmon Nosir - rasmi

Material tavsifi

Usmon Nosir Haqiqiy ismi Usmonxon Mamatxo'ja o'g'li Hijriy 1279 inchi sichqon yilida, aqrab oyining 22 nchi kunidan 23 nchi kuniga o'tar kechasi dunyoga keldi. Usmon Nosir 18 yoshidan 24 yoshigacha bo'lgan davrda ijod qildi. Usmon Nosir lirik shoir edi. Bu yangroq lirika o'zbek she'riyatidagi lirik oqimga hamohang bo'ldi. Yana she'rimga She'rim! Yana o'zing yaxshisan, Boqqa kirsang gullar sharmanda Bir men emas, hayot shaxshisan, Yonim kabi yashaysan manda Yuragimning dardi-nAQSHisan, Qilolmayman seni hech kanda! O't bo'lurmi ishqi yo'q tanda? Dardimsanki, she'rim, yaxshisan. Sen orada ko'prik bo'lganda, Geyne bilan o'rtoq tutindim. Lermontovdan ko'mak o'tindim. Butun umrim sening bo'yningda, Shaharda qon tupursam, mayli Men-Majnunman, she'rim, sen-Layli! (1935) Bu she'rda shoir ijodining yetakchi mazmuni- she'riyat va hayot oshig'ligi namoyon bo'ladi Yurak Yurak, sensan mening sozim, Tilimni nayga jo'r etding. Ko'zimga oyni berkitding, Yurak, sensan ishqibozim. Senga tor keldi bu ko'krak, Sevinching toshdi qirg'oqdan Tilim charchar, ajab gohi Seni tarjima qilmoqdan. Sen ey, sen-o'ynoqi dilbar, Zafardan izla yoringni. To'lib qayna, toshib o'yna, Tirikman, kuyla boringni. Itoat et! Agar sendan Vatan rozi emas bo'lsa, Yoril, chaqmoqqa aylan sen, Yoril, Mayli, tamom o'lsam! Usmon Nosirning ushbu she'rida yuqorida aytib o'tkanimizdek bo'ronday shiddatni, to'polonni, to'lqinni his qilamiz! ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, pptx
Fayl hajmi 18.51 MB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:44 Arxiv ichida: zip, pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, pptx
Fayl hajmi 18.51 MB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, pptx
Tepaga