Uvaysiy lirikasi va uning o'ziga xos uslubi mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI MUNDARIJA KIRISH 3 I-bob. KICHIK JANRLAR TAKOMILIDA SHOIRA MAHORATI5 I.1. UVAYSIY IJODIDA FARD JANRI5 I. 2. UVAYSIY LIRIKASIDA CHISTONNING О'RNI II-bob. AN'ANAVIYLIK VA SHOIRA IJODIGA XOS USLUB II.1. NAZIRA JANRINI YARATISHDA SHOIRA MAHORATI II.2. UVAYSIY SHE'RIYATIDA G'AZAL JANRINING INDEVIDUALLIGI XULOSA ADABIYOTLAR RО'YXATI KIRISH. Mavzuning dolzarbligi. Ayol - ilohiy mо'jiza. U xohlasa gulga, xohlasa kuchli tо'fonga aylanishi mumkin. Biz faylusuv shoira Jahon otin Uvaysiy asarlari qatida о'zbek ayolining ana shunday noyob qudrati ifodasini kо'ramiz. Shoir she'riyatida inson ma'naviyatining bugungi kunda ham nihoyatda dolzarb bо'lgan, umumbashariy muammolari yoritilgan. U XVII asr oxiri - XIX asr boshlaridayoq (1780-1845), о'zbek ayolining dunyoqarashi, ma'naviyati, haq-huquqlari, jamiyatda tutgan о'rni, onalik baxti va mashaqqatlari haqida bong urgan. Prezidentimizning quyidagi fikrlari adabiyotda yuz bergan muhim o'zgarish va yangilanishlarni qayta kashf etishda ko'mak beradi: … Insonni , uning ma'naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo'lsa, so'z san'ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb ta'riflanishi bejiz emas, albatta.1 Bular lirik qahramonning ishqqa munosabatida, olamni falsafiy idrok qilishida, atrof-muhitni badiiy timsollashtirishida yaqqol namoyon bо'ladi. Shoira lirik qahramoni atrofni, insonlarni Sharq ayoliga xos sinchkov nigoh bilan kuzatadi. Ruhiga uyg'oqlik baxsh etuvchi olamning yorug' ranglarini tez ilg'aydi, ba'zan g'ofillik va jaholat belgilarini kо'rib og'rinadi. Mehr-oqibat, halollik, adolat, iymon kabi ezgu fazilatlarni sog'inib iztirob chekadi. Uvaysiy she'riyatining boshqa ijodkorlar asarlaridan farqli tomonlari kо'p. Jumladan, har bir she'ri chuqur, ichki bir tо'fon, tug'yon bilan yо'g'iriladi. Ana shu - botiniy jazba lirik qahramonning ruhiy holatini ifodalashda noan'anaviy tashbehlar, sharhlar va timsollarni qо'llashga sabab bо'ladi. Uvaysiy asarlari hamisha insoniyatga kо'mak beruvchi, tо'g'ri yо'l kо'rsatuvchi ma'naviyat sarchashmalaridir. Ma'naviyat esa - buyuk kelajakning poydevori. Shunday ekan, bizning vazifamiz - Uvaysiy singari ajdodlarimiz tomonidan bunyod etilgan ma'naviyatni anglash, uni ruhiyatimizda uyg'otish va ulg'aytirishdir. Demak, Uvaysiy she'riyatining uning о'ziga xos janrlarda ijod qilishi va boshqa о'z zamondoshlaridan farqlanishi uning uslubini belgilaydi. Bitiruv malakaviy ishimizning asosi ham dolzarbligi ham ana shu. Bitiruv malakaviy ishning о'rganilish darajasi. Uvaysiyning hayoti va ijodi uning asarlarining tahlili olimlardan R.Orzibekov, T.Jalolov, U.Tulaganova, O.Madayev, A.Qayumov, M.Qodirova, U.Tuychiyevning ilmiy ishlarida о'z aksini topgan. Biz ilmiy ishimizda mazkur tadqiqotlardan foydalandik. Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari. Uvaysiy ijodi va uning asarlari janrlarini boshqa о'z zamondoshlaridan alohidalikni о'rganishni о'z oldimizga maqsad qilib quyidagi vazifalarni belgilab oldik. Uvaysiyning kichik janrlar yaratishdagi mahoratini о'rganish. Shoira ijodida fard janri va uning о'ziga xos jihatlarini yoritishdagi uslubini tadqiq etish. Uvaysiy ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
258.92 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
258.92 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:44 ]
Arxiv ichida: doc