Uyg'ur adabiyotida Xamsa mavzularining ishlanish tarixidan Reja: Uyg'ur Farhodnomasining to'ng'ich asari Layli va Majnun turkumi Uyg'ur adabiyoti o'zining eng qadimgi davrlaridan boshlab ota-bobolarning hudud bilmas istedodi bilan yaratilgan mundarija jihatidan rang-barang asarlari bilan ajralib turadi. Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'otit turk» asarini varaqlasangiz, unda ishqiy lirik lavhalarga ham, pand-nasihat xarakteridagi parchalarga ham qahramonlik dostonlarining namunalariga ham ko'zingiz tushadi. Demak, turkiy adabiyotning o'ziga xos bir halqasini tashkil qilgan uyg'ur adabiyoti mavzularga ham, janrlarga ham boy edi. Uyg'ur adabiyotining mavqeini benihoya yuqori ko'targan yana bir holat unda Sharqda shuhrat qozongan «Xamsa» mavzularining ishlanishi bo'ldi. «Xamsa»chilikning Sharq adabiyotining nodir bir hodisasi sifatida yuzaga kelgani malum. Uning tamal toshini XII asr ozarbayjon adabiyotining atoqli namoyandasi Yusuf Ilyos o'g'li Nizomiy Ganjaviy qo'ygan edi. XIU asrda yashagan va o'z ijodi bilan Hindistonda fors-tojik adabiyotining ravnaqini boshlab bergan Xusrav Dehlaviy Nizomiy «Xamsa»siga javob yozib, uning an'ana tusini olib qolishiga vosita bo'ldi. Shu tarzda Sharq adabiyotlarida malum bir mavzu va syujetlardan foydalanib yangicha talqinlarga ega bo'lgan dostonlar yaratish yo'li bilan davr hayotining muhim masalalariga javob qidirish turli xalqlar ijodkorlari o'rtalarida ijodiy musobaqa tusini oldi. «Xamsa» yaratish besh doston uchun kurash, har bir dostonda uning manshalaridan uzoqlashmasdan yangi g'oyaviy niyatlar asosida yangi talqinlarga erishish, obrazli qilib aytganda, marmardek, go'zal madandan ishlangan toshsupa ustida yangi bir imorat qurishdan iborat edi. Shunga ko'ra ham Navoiy o'z «Xamsa»sini yaratish oldida Emas oson bu maydon ichra turmoq Nizomiy panjasiga panja urmoq Deb yozgan edi. Davrlarning o'tishi bilan xamsachilik butun Sharqqa yoilldi. Navoiy ham bu muqaddas ishga qo'l urib muvaffaqiyat qozondi, ustozlarning tahsiniga sazovor bo'ldi, lekin adabiyot tarixida to'liq «Xamsa» yaratganlar ko'p emas. Ayni paytda, O'rta Osiyo, Sharqiy Turkiston, Kavkaz va Eron adabiyotlarida to'la «Xamsa» yaratishga intilish bilan bir qatorda, uning biror dostonini ishlash ham an'ana tusini olgan edi. Bazi mualliflar esa «Xamsa»dan ikki-uch, bazan to'rt dostongacha yozganlar. «Xamsa»ga kiruvchi ayrim dostonlarga murojaat etgan mualliflar undan tasodifiy ravishda bir dostonni tanlab qolmasdan, o'z niyat va intilishlarini ifodalashga kengroq imkon beradigan asarlargagina diqqat qilganlar. Sharqdagi xamsachilik tarixini kuzatish uning nihoyat murakkab bir jarayon sifatida rivojlanib borganligini, XU asrlarga kelib esa, fors-tojik adabiyotining zabardast namoyandasi Jomiyning «Xaft avrang»i kabi ettilik doston tizimlarining yuzaga kela boshlaganligini ko'rsatadi. «Xamsa» va uning ayrim dostonlariga murojaat qilib, vorisiylik asosida yangi asarlar yaratish birinchi navbatda fors-tojik tilidagi adabiyotlarda keng tomir otdi. Zotan, ilk «Xamsa» o'sha davr odatiga ko'ra fors-tojik tilida yaratilgan edi. Ayni paytda turkiy tilida ham Nizomiy «Xamsa»sining ayrim dostonlari mavzulari asosida yangi asarlar yaratish, ularning tarjimalari ustida ishlash ko'zga tashlanadi. ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
65.67 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
65.67 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:45 ]
Arxiv ichida: doc