Uzluksiz ta'lim tizimida o'zbek tilidagi adabiy materiallarni darsdan tashqari ishlar jarayonida o'rganish Reja: 1. Dars(mashg'ulot)dan tashqari ishlar jarayonida o'zbek adabiyoti materiallarini o'rganish shakllari, vositalari va metodlari 2. Ma'ruza yoki chiqishlarning mazmuni. 3. Alisher Navoiy hayoti va ijodini o'rganish Dars(mashg'ulot)dan tashqari ishlar jarayonida o'zbek adabiyoti materiallarini o'rganish shakllari, vositalari va metodlari Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'zbek tili bo'yicha darsdan tashqari ishlarni uyushtirish, shu jarayonda o'quvchilarning nutqini o'stirish muammolari pedagogika fanlari nomzodi G.Muhammadjonova tomonidan o'rganilgan. Uning Darsdan tashqari mashg'ulotlarda rusiyzabon o'quvchilarning o'zbekcha nutqini o'stirish metodikasi (5-9-sinflar misolida) mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi [81] ana shu yo'nalishdagi masalalarga bag'ishlangan dastlabki yirik ishdir. Unda darsdan tashqari ish turlari, ularning mazmuni, nutq o'stirishdagi xizmati birma-bir bayon qilingan. Ayniqsa, adabiy kecha, uchrashuv kabi tadbirlarning adabiy materiallarni, milliy ma'naviyatni o'rganishdagi ahamiyati aniq ko'rsatib o'tilgan. Unda o'zbek tilidan darsdan tashqari ishlar sirasida turli tadbirlar qatori ifodali o'qish to'garagi, drama to'garagi, O'zbek qo'shiqlari to'garagi mashg'ulotlari, kitob bilan ishlash, kitobxonlar konferensiyasi kabi ish turlari haqida ham bir qadar so'z yuritilgan. Lekin bu ishda adabiy kecha, adabiy ertalik kabi darsdan tashqari tadbirlarda adabiy materiallarni o'rganishda davom etish, rusiyzabon o'quvchilarning o'zbek tilida kitob o'qishlariga rahbarlik, bu borada yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish muammolariga kam o'rin ajratilgan. Maktabda adabiyot o'qitishdan maqsad o'quvchilarning ma'naviy dunyosini tarbiyalash, go'zallik haqidagi tushunchalarini boyitish, badiiy ijod haqida bilim berishdan iborat [74,1]. Q.Yo'ldoshev ta'kidlaganidek, talaba badiiy asardan lazzat tuysa, o'zining zavqini keltirgan tasviriy unsurlarni payqay bilsa, chinakam badiiyat namunasi soxta asarlardan ajrata olish malakasini egallayotgan bo'lsagina kitobxonga aylanadi [49,162]. Shunday bo'lgach, ta'lim rus tilida olib boriladigan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida dars(mashg'ulot)lardan tashqari ishlar jarayonida o'zbek adabiyoti materiallarini estetik zavq olish maqsadi bilan o'rganishga qaratilgan talbirlarning mazmuni va turlari umumta'lim maktablarining 5-9-sinflarida amalga oshirib kelingan shu kabi ishlarning davomi, tadrijiy takomili bo'lishi kerakligi aniq. Ayniqsa, tadbirlarda qilinadigan ma'ruza va chiqishlarning mazmunida ham shu narsalar ko'zda tutilmog'i darkor. Pedagogika fanlari nomzodi S.Adilovaning O'zbek tili mashg'ulotlarini kompyuter texnologiyasi vositasida tashkil etish (oliy ta'lim muassasalarining rusiyzabon guruhlarida) mavzusidagi nomzodlik ishi [4] kompyuter texnologiyasini ikkinchi til ta'limi jarayoniga olib kirishning nazariy asoslari keng va atroflicha bayon etilgan qimmatli tadqiqot sanaladi. Lekin unda adabiy materiallarni o'rganishda axborot texnologiyalaridan foydalanish masalalari maxsus yoritilmagan. Bugungi kunda adabiy ta'limning quyidagi asosiy shakllari belgilanib qoldi: 1. Asarni uni batafsil tahlil qilgan holda sinfda o'rganish. 2. Sinf mashg'ulotlari jarayonida asarlarni sharhli o'rganish. 3. Sinfdan tashqari o'qish uchun mo'ljallangan asarlarni sinfda muhokama qilish. 4. Fakultativ kurslar. 5. Seminarlar. 6. O'quvchilarning mustaqil o'qishlari. Uroki russkogo yazika i literaturi v natsionalnoy shkole qo'llanmasida ta'lim ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
497.49 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
497.49 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:45 ]
Arxiv ichida: doc