Vafo - iymon mevasi

Vafo - iymon mevasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Vafo - iymon mevasi - rasmi

Material tavsifi

Vafo - iymon mevasi Olamda bosh ko'tarib yurgan har bir inson or va nomusini, vafoni o'zi uchun juda muqaddas deb biladi. Shu yo'lda sa'y-harakat qiladi, kurashadi, maqsadiga yetadi. Ayniqsa, ota-onaga vafodor, sadoqatli farzand bo'lish buyuk ne'matdir. Bugungi kunda Sharl Perroning «Qizil shapkacha» ertagini bilmagan bola va uni o'qib kamol topmagan katta yoshlilarni topish amri mahol bo'lsa kerak. Qizchaning ota-onalari o'zlariga to'q, badavlat odamlar, uy-joylari ham yetarli. O'rmon chetida, yolg'iz buvining yashashi o'zbek kitobxonining g'ashiga tegadi. Chunki kampir bemor, boz ustiga qarovsiz. U bugungi kunda yordamga muhtoj. Buni farzandlari ham yaxshi bilishadi, lekin unga yordam qo'lini cho'zishmaydi, bag'irlariga olishmaydi. Bu o'sha xalqning, kampirning fojiasi. O'zbek bunday qilmaydi, u keksalarni xizmatini qiladi, duosini olish, savobga ishlash uchun imkon qadar kurashadi. Ota-onani izzat-ikrom qilish bizning qon-qonimizga singib ketgan. Ota-ona tirikligida ularni xushnud etish, vafotlaridan keyin esa tirikliklarida aytgan nasihatlari va maslahatlariga amal qilish, ularning yaxshi xislatlari bilan yodlab turish sodiq va vafodor farzandlarning eng yaxshi odatlaridandir. Kitoblarda bayon qilinishicha, ota-onaning farzandga nisbatan saksonta haqi bor. Ularning qirqtasi tiriklik vaqtida va qolgan qirqtasi o'lgandan keyin amalga oshiriladi. Tiriklik chog'idagi qirqta haqning o'ntasi tanga, o'ntasi tilga, o'ntasi dilga va o'ntasi molga taalluqlidir. Tanga taalluqli bo'lgan o'nta haq ota-onaga sidqidildan xizmat qilishdir. Bu shundayki, ota-onaga hamma vaqt hurmat ko'zi bilan qaraladi, qilma deb buyurgan ishlari qilinmaydi, ularning maslahati va roziligimiz hech bir ishga qo'l urilmaydi, yana ular sen o'tirgan joyda hozir bo'lsalar, sen darhol o'rningdan turib kutib olasan, ular o'tirgan bo'lishsa, sen oyoqda tik turasan, ular ruxsat qilishgandagina o'tirasan. Ular o'tiradigan o'ringa sen o'tirma. Yo'lda birga ketayotganda ularning oldilariga o'tib olma. Agar tuproqli, loyli, suvli yoki umuman xavfli joy kelgandagina oldinga o'tib olishing mumkin. Ularning oldida ochiq chehra bilan o'tir. Qovog'ingni solma, xo'mrayib qarama,chaqirganlarida esa yugurib bor. Ammo dilga taalluqli bo'lgan o'n narsa shundan iboratki, birinchi - ularga rahmu shafqat bilan qara. Ikkinchi - ularga doimo qo'lingdan kelgancha yaxshilik qil. Uchinchi - sening shodliging ularning xursandchiligi bilan bo'lsin. To'rtinchi - ular g'am tortsalar sen ham qayg'ur va ularning dardiga malham bo'lish yo'lini qidir. Beshinchi - ular ortiqcha gapirsalar ham o'zingga malol olma. Oltinchi - ular tanbeh bersalar xafa bo'lish o'rniga xunsand bo'l. Yettinchi - ularga qancha yaxshilik qilmagin va haqlarini ado qilmagin ularning dillari zarracha ozor topishini o'zing uchun or deb bil. Sakkizinchi - ularning qanday niyatlari bo'lsa o'sha niyatlariga yetishlari uchun harakat qil. To'qqizinchi - ular qanchalik uzoq umr ko'rsalar shunchalik quvon. O'ninchi - qanchalik dardli bo'lsa shunchalik ko'nglini olishga urin. Ammo tilga taalluqli bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 495.69 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 495.69 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga