Xalq og'zaki ijodi janrlari tasnifi va tavsifi: Qadimgi miflar, afsona va rivoyatlar. Reja: Ibtidoiy tasavvurlar - anemizm va totemizm haqida ma'lumot. Qadimgi afsonalar. Avesto va undagi qahramonlarning badiiy tasnifi. Kayumars va Jamshid haqidagi afsona. Qadimgi qahramonlik dostonlari (To'maris, SHiroq va Rustam haqidagi afsonalar). So'z san'atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo'lishi bilan yuzaga kela boshladi. Uning tashkil topishida o'sha davr shart-sharoiti, odamlarning mehnat va turmush tajribalari, dunyoqarash va tushunchalari hal qiluvchi rol o'ynagan. eng avval og'zaki nasriy turning dastlabki namunalari vujudga kelgan. Ular nihoyatda sodda bo'lib, turli xildagi undov-xitoblar va voqealar bayonidan iborat bo'lgan. Mehnat jarayoni hamda ongning rivojlanishi voqea va hodisalar talqinida oddiy bayondan obrazli tasvirlashga olib keldi. Sodda va takroriy jumlalar badiiy til vositalari bilan boyiy boshlagan. Oddiy so'z o'rnini ko'chma ma'noli so'z, sifatlash, mubolag'a va o'xshatishning ilk namunalari egallay borgan. SHunday qilib, dunyoni badiiy va estetik did bilan fahmlay olish, badiiy so'z tajribalarining taraqqiyoti fol'klorning dastlabki janrlarini yuzaga keltirdi. eng avval kichik-kichik naql va miflar, mehnatni engillashtiruvchi, ruhan tetik qiluvchi, xayol og'ushiga olib kiruvchi ertak va afsonalar yaratildi, mehnat jarayonini ifodalovchi qo'shiqlarning namunalari paydo bo'ldi. Demak, eng qadimgi fol'klor namunalari yozuv yuzaga kelmasdan ancha oldin paydo bo'lgan va yozma adabiyotning tashkil topishiga muhim hissa qo'shgan. Qadimiy fol'klor namunalari asl holida, to'la ravishda bizgacha etib kelmagan. U og'izdan-og'izga, avloddan-avlodga o'tib ijodiy ishlangan. Har bir material turli xil ijtimoiy qatlamlar ta'sirida o'zgarib, shakl va mazmunida yangi-yangi ma'lumotlar yuzaga kelgan. Ibtidoiy tasavvurlar - animizm va totemizm. Turkiy xalqlar fol'klori bilan urf-odatlarida izlari saqlanib qolgan animistik va totemistik qarashlar qadimiy tasavvurlar sistemasini tashkil etadi. Ma'lumki, ibtidoiy inson o'ziga noma'lum bo'lib ko'ringan tabiat kuchlaridan talvasaga tushar ekan, ayni paytda ularni engishga harakat qilgan. Buning uddasidan chiqa olmay, ilojsiz qolish tabiatga sig'inish, notabiiy ko'ringan hodisalarga topinish, ularni madaniyat darajasiga ko'tarishga olib kelgan. Bu hol tabiat va jamiyat hodisalariga qarashda g'ayri ilmiy (ibtidoiy inson nazarida haqiqiy) animistik va totemistik tasavvurlarni tug'dirgan. Ibtidoiy odam tabiat haqidagi tasavvurida o'zini tabiat kuchlari va hodisalari bilan aynan bir narsa deb hisoblaydi, jonsiz narsalarga jonli deb qaraydi. Bu xildagi ibtidoiy tushunchalar kompleksi animizm nomini olgan. Uning yorqin namunasi ertaklarning qadimiy motivlarida o'z ifodasini topgan. «Oq bilakxon» ertagida yigitning toshga aylanib qolishi, «Ochil, ochil, qamishlar»da qizning qamish orasiga kirib ketishi, «YOriltosh»da toshning yorilish mo''jizasi, qizni bag'riga olib yana yopilishi, «YAlmog'iz kampir» ertagida odamlarning toshga aylanib yotishi, «Qilich botir»da esa qahramonning joni qilichida ekanligi kabilar ana shu animistik tushunchalar natijasidir. «YOril, yoril, toshlar-ay», «Ochil, ochil, qamishlar», «Sangil sopol tosh, sen menga ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.31 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.31 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:46 ]
Arxiv ichida: doc