Xalq og'zaki ijodi janrlari, ularning tarkibi

Xalq og'zaki ijodi janrlari, ularning tarkibi

O'quvchilarga / Adabiyot
Xalq og'zaki ijodi janrlari, ularning tarkibi - rasmi

Material tavsifi

Xalq og'zaki ijodi janrlari, ularning tarkibi Adabiyotshunoslikda, shu jumladan, folklorshunoslikda badiiy asarlarning janrlari masalasi hamisha muhim ahamiyatga ega nazariy ilmiy muammo sifatida baholanib kelgan. Xalq dostonlari, ertaklari, qo'shiqlar, maqollar, askiya, lof va boshqa janrlar bir-biridan qanday jihatlar bilan farqlanadi.Ularning bevosita janr sifatida qanday o'ziga xos xususiyatlari bor. Bu xususiyatlarning qaysi birlari ayni paytda boshqa janrlardagi asarlarda mushtarak hisoblanadi. Ma'lum bir janrga oid asarning hajmi, mazmuni, nasr va nazm parchalar munosabatligi qanday muhim belgilari bilan ajralib turishi olimlarni qiziqtirib kelgan. Binobarin, badiiy asarlarning janr jihatidan qaysi atamaga aloqadorligi faqat nazariy emas, balki amaliy ahamiyatga egadir. Qadim zamonlardanoq taniqli adabiyotshunos olimlar so'z sa'natining asosan uch jinsga bo'linishini ta'kidlaganlar. Xususan, bu uch tur epos, lirika va dramadan iboratdir. Xalq og'zaki ijodiga oid badiiy asarlarni ham ana shu tamoyil asosida uch turga bo'lish mumkin bo'ladi. Bu jins va turlarning bosh xususiyatini quyidagicha farqlash mumkin: 1.Epos-yunoncha epos- rivoya, hikoya, qo'shiq so'zidan iborat bo'lib, so'z sa'natidan biron hikoya, voqeani bayon qilish yoki hayotiy lavhani ifodalash ma'nosini anglatadi. Ta'rifdagi qo'shiq so'ziga ajablanish kerak emas, chunki qadimgi yunonlar nazarda tutgan qo'shiqlar bizning tasavvurimizdagilardan farqli o'laroq voqea-hodisalar bayonini she'riy tarzda aks ettirib ohang bilan ijro etish xususiyatiga ega bo'lgan. Shunday qilib, epos deganda, aniq bir voqeani badiiy tarzda hikoyalash tushunilar ekan. Umuman, hamma xalqlar og'zaki ijodida epos yoki epik janrdagi asarlar mavjud bo'lib, ular ertaklardan, afsonalardan, ruslarda bilinarlardan, turkiy xalqlarning ko'pchilingida dostonlardan iboratdir. Ammo shu bilan birga o'zbek xalq og'zaki ijodidagi mif, afsona, rivoyat, ertak, naql, latifa, lof, tarixiy qo'shiqlar, terma, doston kabi janrlarni epik asarlar deb atash mumkindir. Shu bilan birga maqollar, topishmoqlar kabi atamalar bilan yuritiladigan asarlarni ham, professor B. Sarimsoqov maxsus tur deb ataydi. Haqiqatan ham, ularda ma'lum darajada epiklik ya'ni qaysidir hayotiy lavha yuzasidan ma'lumot berish belgisi mavjuddir. Ayni paytda, og'zaki ijodida shunday asarlar ham borki, ulardan xalqimiz tarixiga oid voqealar mardligi, jasurligi, qahramonligi bilan dong taratgan botirlarimiz faoliyati bilan uyg'un qo'yilgan holda aks etadi. Bunday asarlarda ko'tarinki ruh ham alohida sezilib turadi. Alpomish va Go'ro'g'li turkumiga oid ayrim dostonlar ana shunday asarlar qatoridan o'rin oladi. Lirika- inson hayotida, tabiatda ro'y bergan biron hodisa, lavhadan ta'sirlanish natijasida unga nisbatan paydo bo'lgan munosabatni ichki kechinmalar, his-tuyg'u vositasida ifodalashdir. Lirika o'zida ichki kechinmalarni ifodalash xususiyati bilan epik asarlardan farqlanadi. Chunki bunday asarlarda bosh maqsad sodir bo'lgan hayotiy voqeani emas, balki ana shu voqeaga nisbatan munosabat tarzida ifodalanuvchi ruhiy taassurotlarni ifodalashdan iboratdir. Shuning uchun lirik asarda voqea bayonini tushunish lozim. Masalan, Alpomish dostonidagi bir lavhani olaylik: Kunlardan bir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 30.8 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:45 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 30.8 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga