Xalq og'zaki ijodi va uning o'ziga xos xususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti va o'rganilish tarixi

Xalq og'zaki ijodi va uning o'ziga xos xususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti va o'rganilish tarixi

O'quvchilarga / Adabiyot
Xalq og'zaki ijodi va uning o'ziga xos xususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti va o'rganilish tarixi - rasmi

Material tavsifi

Xalq og'zaki ijodi va uning o'ziga xos xususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti va o'rganilish tarixi Reja: Folklor haqida umumiy tushuncha: xalq - folklorning ijodkori; folklor -jamoa ijodi; folklor - og'zaki ijod. Folklorda an'anaviylik, variantlilik, ijodiy metod. Folklorshunoslik - folklor haqidagi fan. Folklor namunalarining qadimgi yozma obidalar orqali yetib kelishi. O'zbek folklori va folklorshunosligining taraqqiyot davrlari. O'zbek folklorining janriy tarkibi va tizimi. Folklor haqida umumiy tushuncha. «Folklor» atamasi aslida «folk» - xalq va «lore» - donolik so'zlaridan yasalgan bo'lib, «xalq donoligi, xalq donishmandligi» ma'nolarini anglatadi. Uni birinchi marta 1846-yilda Vilyam Toms ilmiy istiloh sifatida qo'lladi. Shundan boshlab bu istiloh xalqaro miqiyosda ilmiy taomilda o'zlashib ketdi. Shunga qaramay, Angliya, AQSH va boshqa ingliz tilida so'zlashuvchi mamlakatlarda bu mavhum keng ma'noda xalq ijodining barcha sohalarini - xalq poeziyasi, xalq nasri, musiqasi, raqsi, rassomlik, o'ymakorlik, diniy e'tiqodi va odatlarini ifodalasa, boshqa tillarda so'zlashuvchi xalqlarda, asosan, so'z san'atini - xalq og'zaki poetik ijodi tushunchasini ifoda etadi. Xalq musiqasi tushunchasini ifodalashda «musiqa folklori», xalq san'atining boshqa turlarini, chunonchi, o'ymakorlik, zargarlik, zardo'zlik, kashtachilik (patdo'zlik) singarilar «xalq amaliy san'ati» termini ostida tushuniladi. «Xalq raqsi» tushunchasi xalq xoreografiyasi (grekcha «choreuo» - xor jo'rligida raqsga tushmoq va «grapho» - raqs harakatlarini maxsusbelgilarda yozib olmoq) deb yuritiladi. O'zbek folklorshunosligi tarixida «folklor» istilohi nisbatan keyinroq ilmiy iste'molga kirdi. U dastlab «el adabiyoti», «og'zaki adabiyot», «og'zaki ijod» tarzida qo'llanildi. 1935-yilda H.Zarif va Sh.Rajabiylarning «O'zbek sovet folkloridan namunalar» kitobi bosilib chiqqandan keyin mazkur istilohni qo'llash taomilga kira boshladi va asta-sekin o'zbek folklori tushunchasi zamirida o'zbek xalq og'zaki poetik ijodi tushuniladigan bo'ldi. Hodi Zarifning oliy o'quv yurtlari uchun tuzgan ikki jildlik «O'zbek folklori» (1939 va 1941-y.) xrestomatiyasi nashr etilgach, u yanada barqarorlashdi. O'zbek folklori xilma-xil janrlardan tarkib topgan og'zaki so'z san'ati bo'lib, xalqimizning dunyoqarashi, badiiy zavqi, ijodiy salohiyati, simpatiya va antipatiyasini, orzu va intilishlarini aks ettiradi. Binobarin, folklorni maxsus fan sifatida oliy o'quv yurtlarida o'qitish hayotiy zaruriyat taqozosi tufayli amalga oshdi. Folklor - so'z san 'atining boshlang'ich namunasi bo'lib, u behad qadimiy so'z san'ati sanaladi, unda uzoq o'tmishda yashagan ibtidoiy ajdodlarimizning hali yozuvni bilmagan zamonlardagi turish-turrausbi, dunyoqarashi va e'tiqodi, kurash va mag'lubiyatlari ifodalangan. Folklorda tasvirlangan voqelik vaqt (zamon) e'tiboriga ko'ra o'tmishga daxldor, undagi u yoki bu janr tabiatida, til xususiyatlarida buning izlarini ko'rish mumkin. «Xalq poeziyasining qaysi bir yodgorligi xususida o'ylab ko'rmang, uning zamirida diniy-hayotiy yoki diniy-marosim, uy-xo'jalik yoki «xalqaro siyosiy g'oya» yarqirab turishini ta'kidlar ekan, E.V.Anichkov folklorda ifodalangan poetik obrazlar genetik asosi o'sha qadimiy e'tiqodlardan suv ichishini nazarda tutgan.1 V.M.Miller esa xalq ijodiyotiga «xalqshunoslikning tarkibiy qismi»2 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, docx
Fayl hajmi 199.21 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:46 Arxiv ichida: zip, docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, docx
Fayl hajmi 199.21 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, docx
Tepaga