Xalq qo'shiqlari - lirik janr sifatida. Xalq qo'shiqlarining tasnifi va badiiy xususiyatlari. Reja: Xalq og'zaki ijodi janrlari tasnifi. Xalq qo'shiqlari va ularning turlari haqida ma'lumot. Mehnat qo'shiqlari (Qo'shchi qo'shig'i, O'rim qo'shig'i, Ho'p-xayda qo'shig'i, yorg'ichoq qo'shig'i, Sog'im qo'shig'i, Hunarmandchilik qo'shig'i). Mavsum-marosim va urf-odat qo'shiqlari (Alla, Sus xotin, Lapar, O'lan, Yig'i-yo'qlovlar, Termalar). Janrlar tasnifi, qo'shiqlar va ularning turlari, mehnat, mavsum, marosim qo'shiqlari. O'zbek xalq og'zaki ijodi janrlari va xalq qo'shiqlari haqida talabalarga ma'lumot berish. Ko'rgazmali o'quv qurollari, qadimiy afsona va rivoyatlarga ishlangan rasmlar (SHiroq, To'maris, Rustam). An'anaviy ma'ruza, suhbat, qisqa test savollari. Badiiy adabiyotda bo'lganidek, fol'klor asarlari ham tuzilishi va g'oyaviy-badiiy xususiyatlarga ko'ra, o'zaro o'xshash hamda farqli tomonlarga ega bo'lib, muayyan gruppalarni tashkil etadilar. Bunday farqli va o'xshash tomonlarni ko'rsatish uchun fanda adabiy turlar va janrlar terminlari qo'llaniladi. Adabiy tur va janrlar hayotni badiiy tasvirlash shakli sifatida tarixan shakllangan bo'lib, ularning paydo bo'lishi, taraqqiyoti, o'rin almashishi va inqirozi adabiyot va fol'klor tarixida etakchi jarayon hisoblanadi. Adabiyotda tur (rod) nihoyatda keng tushuncha bo'lib, o'z ichiga turli janrlarni qamrab oladi. Qadimgi grek filosofi Aristotel' (384-322), nemis olimi Gegel' (1770-1831) va ulug' rus revolyutsion demokrati V.G.Belinskiy (1811-1848) lar adabiyotni uch turga bo'lib ko'rsatadilar. Bular: epos, lirika va drama. epos voqelikni syujetli, hikoyaviy formada aks ettirsa, lirika insonning voqelikdan olgan taassurotlarini, ichki his-hayajonlarini tasvirlaydi. Drama esa personajlar nutqi va harakati orqali hayot kartinalarini chizadi. Bunday bo'linishni muayyan istisnolar bilan fol'klorda ham qo'llash mumkin. Gap shundaki, fol'klor janrlarining ayrimlari turli urf-odat va marosimlar bilan bog'liq bo'lsa, ba'zilari kuylash uchun mo'ljallangan bo'ladi. Binobarin, uning ayrim namunalarini yuqoridagi uch turning bittasiga ham kiritish mumkin emas. Mana shu holatlarni hisobga olib, o'zbek fol'klori janrlarini quyidagicha tahlil qilish mumkin. O'zbek fol'klori asarlari, avvalo ikki katta gruppaga bo'linadi: 1. Urf-odat va mavsum-marosimlar bilan bog'liq asarlar. 2. Turli urf-odat va marosimlar bilan bog'liq bo'lmagan fol'klor janrlari. Birinchi gruppaga: a) mehnat qo'shiqlari (ho'p-mayda, turey-turey, churey-churey, ho'sh-ho'sh va boshqalar); b) mavsum qo'shiqlari; v) marosim qo'shiqlari (tug'ilish, to'y, aza va boshqalar); g) olqish, afsun va qarg'ishlar; d) aytimlar kiradi. Ikkinchi gruppa epik (doston, ertak, afsona, rivoyat, lof, latifa), lirik (qo'shiq, ashula, terma), dramatik (aksiya, og'zaki drama) va kichik (maqol, topishmoq) janrlarni o'z ichiga oladi. Har bir janr o'z navbatida yana ichki turlarga bo'linadi. Masalan, ertaklarni hayvonlar haqidagi, sehrli, fantastik, hayotiy-maishiy va hajviy turlarga bo'lish mumkin. Asosan mustaqil to'rtliklardan tashkil topgan, tugal fikrni badiiy ifodalovchi, el orasida keng tarqalgan va kuylangan xalq she'ri namunalariga qo'shiq deyiladi. Qo'shiq termini keng ma'noda bo'lib, xalq she'riyati, lirik qo'shiqlar, xalq lirikasi, ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, docx
Fayl hajmi
92.04 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:46
Arxiv ichida: zip, docx
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, docx
Fayl hajmi
92.04 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:46 ]
Arxiv ichida: zip, docx