Xalqaro bibliografik formatlar

Xalqaro bibliografik formatlar

O'quvchilarga / Adabiyot
Xalqaro bibliografik formatlar - rasmi

Material tavsifi

xalqaro bibliografik formatlar Reja: MARC formatlarining tarixi, shakllanishi, ahamiyati MARC formatlarning turlari, milliy formatlar MARC formatda bibliografik yozuvlarni aks ettirish xususiyatlari MARC formatlarining tarixi, shakllanishi, ahamiyati Mustaqillik yo'lidan sobitqadamlik bilan ilgari borayotgan mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy va iqtisodiy sohalarda ham jahon talablari darajasida rivojlanishda ko'zga tashlanmoqda. Ayniqsa, kelajagimizni belgilab beruvchi, mamlakatimiz istiqbolini yaratuvchi yoshlarning ta'lim va tarbiyaviy tizimidagi islohotlar muhim ahamiyatga ega. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» va «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunda, madaniyat va ma'naviyat sohasidagi qator hujjatlarda belgilab berilganidek, ta'lim tizimida sifat bosqichi amalga oshirilmoqda. Turli yo'nalishlarda o'quv adabiyotlari yaratish yo'lga qo'yildi. Zamon talablaridan kelib chiqqan holda kutubxonachi-bibliograflarni tayyorlash sohasida ham zarur adabiyotlar yaratilmoqda. Kutubxonalarda kutubxona-axborot tizimini yaratish va bunda jahon tajribalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu esa kutubxonalar ish jarayonining kengayishiga, globallashuviga, ish sifatining oshishiga, olib keldi. Mamlakatimizda 25 dan oshiq yirik kutubxonalar xalqaro formatlar asosida ish olib bormoqda, elektron katalog yaratish jarayoni amalga oshirilyapti. Kitob berilishi, kutubxona fondini butlash, kitobxonlar hisobi avtomatlashtirilgan shaklga o'tdi. Zamonaviy axborotlar texnologiyasi tizimida MARC formatlarning o'rni katta. MARC formatlar bibliografik ma'lumotlarni mashinada o'qishga asoslangan standartlardir. Kutubxonalar axborot tizimida MARC formatlar kutubxonada mavjud an'anaviy kataloglardagi bibliografik yozuvlarni, ayniqsa, ana shu kataloglar kartochkasiga sig'may qolgan kengroq ma'lumotlarni mashinada o'qiy olish imkonini beradi. Yana bir xususiyati shundaki, bunday formatlar vositasida ko'plab mamlakatlar orasida bibliografik ma'lumotlarni almashish, bir mamlakat ichida va xalqaro miqyosda axborot almashuv tizimini va yig'ma kataloglarni yaratish imkonini beradi. Eng asosiysi, xalqaro MARC formatlar kommunikativ aloqa vositasi hamdir. Uni qo'llashning maqsadi va vazifalari ana shu xususiyatlaridan kelib chiqadi. Demak, u mashinada o'qiladigan katalog bo'lib, Machine-Readable Catalogue yoki CatalogingMARC deb yuritiladi. Uning asosiy maqsadi kutubxona fondida mavjud adabiyotlar haqidagi bibliografik ma'lumotlarni kompyuterdagi maxsus dastur asosida mashinada o'qishga asoslangan shaklini yaratishdan iborat. 1960- yildan boshlab mashinada o'qiladigan yozuvlarni yaratish imkonini beruvchi kompyuterlarga ega bo'lgan AQSHning Kongress kutubxonasi bibliografik ma'lumotlarning mashinada o'qiladigan shaklini yaratish g'oyasini ilgari suradi. Bevosita kataloglardagi kartochka yozuvlarini kompyuterga ko'chirish iloji yo'q edi. Buning uchun kompyuterda shu ma'lumotlarni kiritishning maxsus tizimi yaritilish zarur bo'lib qoldi. Bunday murakkab vazifani hal etish uchun Kongress kutubxonasi 1965 - 66- yillarda loyiha ishlab chiqadi va uni MARC1 deb ataydi. Uning maqsadi bibliografik tavsifni mashinada o'qiladigan shaklga keltirish. Loyihaning ishtirokchilari AQSH, Kanadaning 16 ta yirik kutubxonalari va Britaniya muzeyi kutubxonasi edi. Tadqiqot va tajriba ishlari Buyuk Britaniyada amalga oshirildi. Bu ish bilan parallel holda Britaniya milliy bibliografiyasi Kengashi BNB MARC nomi bilan loyiha yaratdilar. Uning vazifasi mashinada o'qiladigan ma'lumotlarni Britaniya milliy bibliografiyasi nashrlarini tayyorlash va nashr etish jarayonida qo'llashdan iborat edi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, docx
Fayl hajmi 52.82 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:46 Arxiv ichida: zip, docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, docx
Fayl hajmi 52.82 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, docx
Tepaga