Xamsanavislik tarixiga bir nazar Alisher Navoiy Xamsa sining yaratilishi Hayrat ul-abror dostoni Reja: 1. Xamsa so'zining lug'aviy va istilohdagi ma'nolari. Xamsanavislikning yuzaga kelishi. 2. Alisher Navoiyning xamsanavislik va xamsanavislarga munosabati. 3. Hayrat ul-abror dostonining yaratilishi, kompozitsiyasi. 4. Maqolot va hikoyatlarning mavzuviy tasnifi va tahlili. Xamsa so'zining lug'aviy va istilohdagi ma'nolari. Xamsanavislikning yuzaga kelishi. Xamsa so'zi arabcha xamsun - besh sanoq sonidan yasalgan bo'lib, beshlik, ya'ni besh qismdan iborat butunlik degan ma'noni ifodalaydi. Adabiyotshunoslik atamasi sifatida xamsa beshta dostonni o'z ichiga oladigan bir butun yaxlit asar ma'nosini ifoda etadi. Mumtoz adabiyotda «xamsa» so'zi bir necha ma'nolarda ishlatilganligini ko'rishimiz mumkin. Xususan, Alisher Navoiy dostonlarida: 1. «Saloti xamsa» (besh vaqt namoz) yoki shoir ta'biri bilan aytganda «panj ganj»: Xamsa salotingga chu navbat bo'lub, Panjai islomg'a quvvat bo'lub… Faqr aro ul panja qabul etti ranj, Lek haqiqatda erur panj ganj (7-tom, 42). 2. Islomning beshta rukni - «xamsi muborak»: Besh yasamish tangri taborak ani, Desa bo'lur xamsi muborak ani (7-tom, 11). Navoiy she'riyatida ham «Xamsa» o'rni-o'rni bilan tilga olinadi. Xususan, «Navodi run-nihoya» devonidagi beshinchi na't g'azalida shunday bayt mavjud: Bo'lmag'ay erdi muyassar «Xamsa», ya'ni panj ganj, Qilmasa erdi madad holimg'a besh oliy abo. Mazkur g'azal «Xazoyin ul-ma'oniy»ga ham kiritilgan. Unda «besh oliy abo» (besh oliy ota) jumlasi «besh oli abo» (ota oilasining besh a'zosi) tarzda keltirilgan. «Besh oli abo» manbalarda Muhammad (a.s.), qizlari Fotima, kuyovlari Ali hamda ikki nabiralari Imom Hasan va Imom Husayn deb tilga olinadi. Xamsanavislik adabiy an'ana sifatida XII asr ozarboyjon shoiri Nizomiy Ganjaviy (1142-1209) dan boshlangan edi. U keyinchalik «Panj ganj» deb nomlangan «Maxzan ul-asror» (1176), «Xusrav va Shirin» (1181-82), «Layli va Majnun» (1188), «Haft paykar» (1196), «Iskandarnoma» (1206) kabi dostonlar turkumini yaratdi. Nizomiy o'z dostonlarini uzoq vaqt davomida yozgan. Uning o'zi bu dostonlarni umumiy holda «Panj ganj» yoki «Xamsa» nomi bilan atamagan. Nizomiydan so'ng uning dostonlari dastlab «Panj ganj», keyinchalik «Xamsa» tarzida umumiy bir nom bilan atalgan. Nizomiy an'analarini birinchi bo'lib izchil tarzda davom ettirgan so'z san'atkori XII asr oxiri XIV asr boshlarida Hindistonda yashagan shoir Amir Xusrav Dehlaviy bo'ldi. U 1298-1301 yillarda Nizomiy dostonlariga javob tarzida «Shirin va Xusrav» (1298), «Layli va Majnun» (1298), «Matla' ul-anvor» (1299), «Oinai Iskandariy» (1299) va «Hasht bihisht» (1301) dostonlarini yaratdi. Ana shu tariqa xamsanavislik sharq xalqlari adabiy hayotida mustahkam an'anaga aylana boshladi. Xamsanavislik an'anasining shakllanishi va tarqqiyotiga bir nazar. Alisher Navoiy she'riyat sohasida ko'p mehnat qilib, she'riy asarlar yozgan va devonlar tuzgan bo'lsa-da, ammo bu ishlar uni qoniqtirmasdi. Alisher Navoiy o'z qobiliyatining ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, docx
Fayl hajmi
44.6 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:46
Arxiv ichida: zip, docx
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, docx
Fayl hajmi
44.6 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:46 ]
Arxiv ichida: zip, docx