XIX asr rus adabiyoti A.Pushkin va M.Lermontov ijodi

XIX asr rus adabiyoti A.Pushkin va M.Lermontov ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
XIX asr rus adabiyoti A.Pushkin va M.Lermontov ijodi - rasmi

Material tavsifi

XIX asr rus adabiyoti A.Pushkin va M.Lermontov ijodi Reja: 1. Pushkinning hayoti va ijodi. 2. «Ruslan va Lyudmila», «Tavriliada», «Aka-uka qaroqchilar», «Qushlar», «Graf Nulin», «Poltava» asarlarining g'oyasi, o'rganilishi va badiiyati. 3. Pushkin asarlarining jahon adabiyotida tutgan o'rni hamda o'zbek adabiyotiga ta'siri. 4. M. Lermontov hayoti va ijodi. 5. Zamonamiz qahramoni asari tahlili. 6. Lermontovning o'zbek tarjimonlari. Rus sheriyatining quyoshi deb nom olgan Aleksandr Sergeevich Pushkin (1799-1837) nasrda ham, nazmda ham samarali ijod qilgan buyuk siymodir. U yangi rus adabiyotining asoschilaridan biri sifatida rus madaniyati tarixiga kirdi. Pushkin o'zining yo'l xotiralari va badihalari, tarixiy roman va qissalari bilan nasrchilik janriga asos soldi. Uning ijodi rus dramasi va teatri taraqqiyotida muhim rol o'ynadi. Otasi Sergey Lvovich qadimgi dvoryanlar qavmidan, onasi Nadejda Osipovna esa Pyotr I qo'lida tarbiya ko'rgan habash - A.P.Gannibalning nabirasi bo'lgan. Moskvada dvoryan oilasida dunyoga kelgan A. S. Pushkin 1812-yilgi Vatan urushini o'z ko'zi bilan ko'radi. Pushkinda nafis so'zga mehr-muhabbatning paydo bo'lishida rus xalq qo'shiqlari hamda ertaklarini yaxshi bilgan enagasi Arina Rodionovnaning ta'siri, ayniqsa, kattadir. Yoshligidanoq xalq ijodiga alohida mehr bilan qaragan shoirning ilk sheri «Uyqu» (1816) xalq dilidan alohida o'rin egalladi. O'sha davrning eng nufuzli o'quv yurtlaridan biri - Peterburg yaqinidagi Tsarskoe selo (hozirgi Pushkin shahri) litseyida o'qish (1811-17) Pushkinning shoir va erksevar inson sifatida shakllanishida muhim omil bo'lgan. Litseyda o'qib yurgan kezlaridanoq adabiyotga ixlos uyg'onadi. Pushkin litseyni tugatgach, Peterburgga ko'chib borgan va tashqi ishlar kollegiyasida kotib lavozimida ishlagan. U Peterburgda xizmat qilgan yillar (1817-20) Rossiyaning tarixiy taraqqiyoti uchun muhim bir davr edi. U ko'p umrini surgunda o'tkazadi. 1820-yilda Pushkinni isyonkor shoir sifatida ayblab, janubga surgun qilishadi. Shoirning «Erkinlik» qasidasi xalq olqishiga sazovor bo'lib, ko'p nusxalarda tarqaladi. Shoirning surgun qilinishiga ham shu sher odasi asosiy sabab bo'ladi. Pushkin bu sherini Turgenev uyida, quyuq suhbatdan so'ng yozgan edi. Bu suhbat podshoh zulmi, mamlakatda hukm surgan nohaqliklar, boylik to'plash yo'lida har qanday jirkanch ishlardan qaytmaydigan bir to'da zulmkorlarga nafrat ruhida bo'lgan edi. Suhbatdan so'ng Pushkin deraza yoniga o'tirib uzoqlarga qaraydi. Turgenevlar o'yining derazasidan Mixaylovskiy saroyi aniq ko'rinib turardi. Shoir nafrat to'la ko'zlarini saroyga qarab shunday yozadi: Ey, yovuz hukmron, badkirdor zolim! Nafratlarim senga, toju-taxtingga, Senga va naslingga kelarkan ulim, Qattiq sevinch bo'lib kurinar menga. Sening pesxonangga, ey zulm shohi! Xalqlar uqir aniq - lanat tamgasi. Pushkin bor-yo'g'i yigirma yil ijod qildi. Shu qisqa yigirma yillik ijodiy faoliyati bilan jahon adabiyotida mustahkam o'rin egalladi. Pushkin ko'p shaharlarda ijod bilan mashg'ul bo'ladi. «Kavkaz asiri» (Gruziyada), «Boqchasaroy fontani» (Boqchasaroyda) asarlarini bitadi, Odessa, Mixaylovsk, Moskva, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 52.96 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:47 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 52.96 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga