Xoja va Majlisiy adabiy merosi Reja: 1. Poshshoxoja ibni Abdulvahhobxoja shaxsiyati va adabiy merosi manbalari. 2. Miftoh ul-adl va Gulzor asarlari kompozitsiyasi, nasr va nazm munosabati. 3. Xoja hikoyatlarining g'oyaviy-badiiy xususiyatlari. 4. Shoir Majlisiy va uning Qissai Sayfulmuluk asari. X O J A XVI asr o'zbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo'shib, badiiy nasrning go'zal namunalarini yaratgan yozuvchi va shoir Poshshoxoja ibni Abdulvahhobxoja bo'lib, adabiy taxallusi Xojadir. Uning «Miftoh ul-adl» (adolat kaliti) va «Gulzor» deb nomlangan hikoyalar to'plamlari ko'p yillardan beri adabiyotshunoslarimiz tomonidan o'rganilib kelinmoqda. «Miftoh ul adl» to'plami dastlab muallifi noma'lum asar sifatida XIV asr adabiyotining namunasi tarzida o'rganildi. Faqat o'tgan asrning 60-yillaridan boshlab, uning Xoja asari ekanligi aniqlandi. Xojaning hayoti va ijodiga doir ma'lumotlar asosan uning o'z o'g'li Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri ul-ahbob» asarida mavjud. Xoja asarlaridan namunalar o'zbek adabiyoti tarixidan tuzilgan hamma xrestomatiyalarga kiritilgan. 1962-yili uning «Miftoh ul-adl» va «Gulzor» to'plamlaridan namunalar V. Zohidov va S.G'anieva tomonidan Toshkentda nashr ettirildi. Xoja ijodini o'rganishda B. Valixo'jaev, N.M. Mallaev, A. Ibrohimov, M. Mirzaahmedova, I. Bekjon kabi olimlarning xizmatlari bor. Sankt-Peterburglik marhum adabiyotshunos A.Tohirjonov Xojaning «Maqsad ul-atvor» asarini topib undan parchalar nashr ettirdi, keyinchalik Sankt-Peterburgdagi ikki qo'lyozmasi asosida tanqidiy matnini tuzdi. Bu asar parchalari 1982-yilda nashr bo'lgan «Asrlar nidosi» to'plami tarkibida e'lon qilindi. Xoja asarlarining qo'lyozma nusxalari O'zbFA Beruniy nomidagi ShI qo'lyozmalar bo'limida hamda Sankt-Peterburgdagi fondlarda saqlanadi. Nisoriyning o'z otasi Poshshoxoja haqida keltirgan ma'lumotlariga qaraganda, u 1480-yilda Nisoda yirik ruhoniy Abdulvahhobxoja oilasida dunyoga kelgan. Niso va Marv shaharlarida ta'lim olgan. 1496-yili temuriylardan Kepak Mirzo huzurida Marvda sadr etib tayinlangan. Shayboniylar hokimiyatga kelgach Xoja ular xizmatiga o'tadi. Shayboniyxon uni 1508 yili Durun (Turkmanistonda) ga hokim qilib yuboradi. Sal muddatdan keyin bu yerga Muhammad Soleh hokim bo'lib keladi. Shayboniyxon vafoti (1510) dan so'ng Xoja Samarqandda bo'lgan, keyin Buxoroga o'tgan. U Temur Sulton va Ko'chkinchi xon saroylarida xizmat qiladi. 1515-1516 yillarda Karmina hokimi Jonibek Sulton uni o'z yoniga chaqirib, Jumlat ul-mulk mansabini bergan. Keyin sadr bo'lgan. 1529-1530 yillarda Buxoro, so'ng Hirotda hokim bo'lgan. U Ubaydulloxon huzurida Shayxulislomlik mansabda bo'ladi. 1534 yili Ubaydulloxon Nishopurga kelganda Balx hokimi bo'lgan Kistan Qaro Sulton Xojani o'ziga yuborishni iltimos qilgan va u 1543-yilgacha Balxda Sadri A'zam va Shayxulislom bo'ladi. Kistanqaro Sulton ruhiy xastalanib noo'rin ishlar qila boshlagach, Buxoroga qaytib kelgan. U 1547-yili Buxoroda vafot etgan va Xoja Bahouddin NAQSHband maqbarasi yoniga dafn etilgan. Demak, Poshshoxojaning deyarlik butun umri qozilik, sadrlik, shayxulislomlik singari mansablarni bajarish bilan o'tgan. Bu mansablarning hammasi diniy nazorat xarakteriga ega bo'lib, o'z davri hayotidan to'la xabardor bo'lishini ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
41.88 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:47
Arxiv ichida: docx
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
41.88 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:47 ]
Arxiv ichida: docx