Xorxe Luis Borxes (1899-1986) Argentinalik ulug' yozuvchi va mutafakkir X.L.Borxes hayotlik chog'idayoq ko'plab adabiy mukofotlar, faxriy unvonlarga - Servantes va Formentor mukofoti, Britaniya imperiyasining Buyuk xizmatlari uchun va Ispaniyaning Dono Alfons xochi ordeni, Italiya Respublikasi Kommendatori, Adabiyot va san'at sohasidagi xizmatlari uchun Faxriy legioni Komandori, Sorbonna, Oksford va Kolumbiya universitetlari doktorliga erishgan. Adabiy faoliyati uchun Nobel mukofotini olgan. Argentina yozuvchilar jamiyati prezidenti(1950-1955). Argentina Milliy kutubxonasi direktori (1955-1973) vazifalarida ishlagan. Borxes 1899 yil Parana daryosining okeanga quyilish erida joylashgan Buenos-Ayres shahrida, huquqshunos oilasida dunyoga keldi. Psixologiya professori bo'lgan otasi o'g'lida bolaligidan inglizzabon adabiyotga mehr uyg'ota oldi. Borxes 8 yoshida O.Uayldning «Baxtli shahzoda» asarini ingliz tilidan ispanchaga o'girdi. 1914-yili betob otasi istefoga chiqib, Borxeslar oilasi Shveytsariyaga ko'chib o'tgandan so'ng bo'lajak yozuvchi Jeneva litseyida ta'lim oldi. Bu yerda u Vergiliydan boshlab Kafka asarlarigacha o'qib chiqdi, nemis ekspressionistlari ta'sirida ilk sherlarini yozdi. 1919-yili yozuvchi oilasi bilan Ispaniyaga ko'chib o'tdi. 20-yillarda Borxes modernistlarning Gretsiya, Kosmopolis, Ultra jurnallarida sherlarini chop ettirdi, neobarokko shoirlari guruhi bilan yaqinlashdi. Ushbu guruh a'zolari metaforani asosiy element sifatida qabul qilib, sheriyatning bosh maqsadi deb elon qilgan edilar. Ultrachi(modernining bir ko'rinishi)larning metaforalari deyarli vizual (ilg'ab bo'lmas) xarakterga ega bo'lib, bu Borxesning 1921-yilda Argentinaga qaytib kelib chop ettirgan ilk sheriy to'plamlari Buenos-Ayresga muhabbat (1923), Oy qarshisida (1925)da o'zining yorqin ifodasini topdi. Sheriyatda o'z ovozi va o'rnini topa olmagan Borxes nasriy va ilmiy-publistik asarlar yoza boshlaydi. Asosiy ijodi: to'plami Tergov (1925), Umid makoni (1926), Argentinaliklar tili (1928), Muhokama (1932), Tubanlikning dunyo tarixi(1935), Mangulik tarixi (1936), Berkitilgan matnlar (1936- 1940), Ayri yo'lkalar bog'i (1942), To'qilgan tarix (1944), Alef (1949), Yangi tergov (1952), Yaratuvchi (1960), Boshqa va oldingi (1964), Zulmatga sano (1969), Broudi xabari (1970), Yo'lbarslar oltini (1972), So'zboshi (1975), Qum kitob (1975), Qimmatli atirgul (1975), Temir tanga (1976), Ovoz chiqarib fikrlash (1979), Sir yozuvchi (1981), Dante haqida to'qqiz ocherk (1982), Yetti oqshom (1982), 1983 yil 25-avgust (1983), Kafillik (1985); Fantastik adabiyot antologiyasi (hammualliflikda,1943), German adabiyoti antologiyasi(D.Inxeneros bilan birga, 1951), Angiliya adabiyotiga kirish (M.E.Vaskes bilan birga, 1965), O'ylab topilgan maxluqlar haqida kitob (M.Gerrero bilan birga, 1967), Fantastik zoologiyadan qo'llanma( M.Gerrero bilan birga,1967), AQSH adabiyotiga kirish (E.Sambarain de Torres bilan birga, 1967), Tunlar tarixi (1977), Buddizm nima? (A.Xurado bilan birga, 1977), Ingliz-sakson adabiyotining qisqacha antologiyasi (M.Kodama bilan birga, 1978) va boshqalar. Prozaga o'tgan Borxes mohiyatan shoirligicha qoldi.U ko'p marta har bir hikoyasining ommaviy poetik ta'siri va poetik g'oyasi haqida gapirib, asosiy etiborini uslubga emas, so'zga qaratganligini, uni turli kontekstlarda qo'llab, manosini boyitganligini takidlagan. Rasman Borxes prozasining ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.27 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.27 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:47 ]
Arxiv ichida: doc