Xudoyberdi To'xtaboyev romannavis

Xudoyberdi To'xtaboyev romannavis

O'quvchilarga / Adabiyot
Xudoyberdi To'xtaboyev romannavis - rasmi

Material tavsifi

Xudoyberdi To'xtaboyev romannavis Reja: 1.Xudoyberdi To'xtaboyevning hayoti, ijodiy faoliyati. 2. Sariq devni minib, Qasoskorning oltin boshi, Besh bolali yigitcha asarlari badiiyati. 3.Obrazlar talqini ustida ishlash. 4.Xulosa. XUDOYBERDI TO'XTABOYEV (1932-yilda tug'ilgan) Novcha niholcha hamon ajal bilan olishib yotibdi, jang bobokalonlari aytishganidek beomon, shafqatsiz edi. Birin-ketin yashil bargchalari qovjirab taslim bo'lishdi, shoxchalaridagi hayot so'ndi. Tanam tirik hali, - entikib dedi novcha niholcha, - men yashashim kerak, albatta yashayman U kimdandir yordam kutgandek jovdirab atrofga qaray boshladi. Meni bu yerga ekib, ketmonini asfal'tda daranglatib sudirab ketgan bolalar kelib qolmasmikan, deb yana bir bora ko'cha boshiga ko'z tashladi, yom-ir tomchilaridan umidvor bo'lib, bulut bo'lmasa ham ko'kka tikilib, uzoq qotib turdi Keyin to'satdan sersuv adirlarda birga o'sgan ukalarining o'ligiga ko'zi tushib qoldi Qiziq, hammalari tik turgancha jon berishibdi O'tgan yili xuddi shu kecha-kunduzlarda hammalari tirik, yayrab-yashnab barq urib o'sishayotgan edi Endi bo'lsa yo'q, men yashashim kerak. - Suv! Suv! Suv! Qaddi-qomati kelishgan novcha niholcha asta- sekin o'zidan ketib, allaqanday sehrli xayolot nash'asi bilan mast bo'la boshladi, keyin o'sha kuni quyosh haddan tashqari qizdirib yuborgan 19-iyun kuni kunduz soat oltilarda jon berdi. Tik turgancha qotib qoldi u Bu atoqli adib Xudoyberdi To'xtaboyevning shox asarlaridan biri-Nihollar nolasidan parcha. Bu asarni bolalar behad sevib o'qiydilar, o'zlariga xulosalar chiqaradilar. Haqiqatan ham nihol-daraxtning xuddi inson kabi joni borligi, ozuqa-suvga ehtiyoji; parvarish qilinmasa yosh kitobxon qalbini achitib, tug'yonga solib halok bo'lishi asarning asosini tashkil etadi. Xudoyberdi To'xtaboyev katta-yu, kichik bolalarning sevimli adibi. U hozirgi zamon o'zbek bolalar adabiyotida sarguzasht va fantastika janrlarining rivojlanishiga katta hissa qo'shib kelayotgan talantli adib sifatida kitobxonga ma'lum va mashhurdir. Xudoyberdi To'xtaboyev 1932-yilning 17-dekabrida Farg'ona viloyatining O'zbekiston tumaniga qarashli Kattatagob qishlog'ida dehqon oilasida dunyoga keldi. Boshqa bolalar qatori Xudoyberdi ham poda boqdi, yer chopdi, paxta terdi, xullas, qishloqda bo'ladigan hamma mehnatlarda hol-qudrat ishtirok etdi., hayot nimadan iborat ekanligini yoshligidanoq bila boshladi. Bo'lajak adib ikkinchi jahon urushi yillarida o'qishni yig'ishtirib dalada ketmon chopdi, hisobchilik qildi, mashaqqatli mehnat bilan suyagi qotdi. Qo'qon pedagogika bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomlagan Xudoyberdi To'xtaboev ona qishlog'ida muallimlik qilar ekan, unda ilmga cheksiz ishtiyoq uyg'onadi. Shuning uchun ham u o'qituvchilikni tashlab, Toshkent davlat dorilfununiga o'qishga kirdi. Bu yerda Alisher Novoiy, Bobur, G'.o'ulom, Oybek, O'.Olimjon, A.Qahhor asarlarini sevib o'qidi, o'rgandi. Unversitetni tugatib, Bog'dod tumanida o'qituvchilik qildi. Ilmiy bo'lim mudiri, direktorlik lavozimlarida ishlab, yoshlarni ilm-fan nurlaridan bahramand etish ishlarida faoliyat ko'rsatdi. She'riy mashqlari vaqtli matbuot sahifalarida e'lon qilina boshladi. Bu esa bo'lajak adibni markazga - Toshkentga ijodiy ish bilan jiddiy shug'ullanishga chorlar edi. Shunday ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 36.63 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:47 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 36.63 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga