Xurshid Davron she'riyatida poetik obraz va shoir mahorati

Xurshid Davron she'riyatida poetik obraz va shoir mahorati

O'quvchilarga / Adabiyot
Xurshid Davron she'riyatida poetik obraz va shoir mahorati - rasmi

Material tavsifi

Xurshid Davron she'riyatida poetik obraz va shoir mahorati mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI Mundarija KIRISH…….….…3-5 I.BOB. POETIK OBRAZ VA UNING O'ZIGA XOSLIGI…… … .6-8 I.1 X. Davron she'riyatida poetik obrazlar tizimi……. …… 9-25 I.2 Shoir she'riyatida rang - tasvir poetikasi…… .26-35 II.BOB. X. DAVRON SHE'RIYATIDA LIRIK QAHRAMON TALQINI II.1. Lirik qahramon va shoir menining poetikligi……. …36-50 II.2. Shoir she'riyatida tabiat poetikasi…… ….52-57 XULOSA…… … ……58-60 FOYDALANILGAN АDABIYOTLAR…… … ……61 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Ijodkorning ta'sirchan qalbida tevarak-atrofdagi barcha narsa aks sado beradi. Kimningdir bexosdan aytgan so'zi, notanish kishining ovozi, nigohi, daraxt tanasida ko'rina boshlagan kurtak, havoda uchib yurgan birgina barg, ko'lmakda ko'ringan nur, osmondagi olis yulduzlar shu'lasi, hayotda yuz beradigan turli voqealar, o'tmishdan qolgan xarobalar, osori aqtiqalar ijodkor qalbida turfa xil fikr uyg'otadi. U o'zi ko'rgan, eshitgan har bir hodisadan ta'sirlanadi. Xurshid Davronning she'rlari ham shundan dalolat beradi. Ularda shoirning ko'rgan, kuzatganlari ifodalanadi. Shoir she'rlarida ifodalangan fikrni, ulardagi obrazli ifodalarni yillar davomida zarralab to'plagani seziladi. Chunki u she'rlarida turli tushunchalar, hodisalarni yaxlit birlashtiradi. Masalan, Erib ketar xira tumanlar she'rida tuman, yalpiz, osmon, ko'z, qayrag'och guli, tush, oqshom, maysa, adir, shamol, tomdagi to'sin, olcha, deraza, yurak, sabza o't, shabnam, Vatan, yer osti, jangchisingari poetik obrazlar haqida so'z ketadi. Shoir o'z holida bir-biriga aloqasiz bu tushunchalar o'rtasida mustahkam bog'liqlik borligini juda ishonarli ifodalab beradi. Mutolaa qilayotganda, tinglayotganda kishi she'rdagi tushunchalar bir-biriga mutlaqo yaqin emasligi xususida o'ylab o'tirmaydi. Bu uning xayoliga ham kelmaydi. Chunki shoir she'rda har biri o'zicha bir dunyo hodisalarni bir butun qilib, tasavvurda g'aroyib yaxlit manzara hosil qiladi. Xurshid Davron ona, vatan, yoshlik, bahor haqida yozadimi, To'maris, Spitamen, Mashrab kabi buyuk ajdodlarimiz obrazini yaratadimi, inson umrining eng gullagan, beg'ubor va betakror davri bo'lgan, oppoq orzular, nurli dunyosiga boy bo'lgan bolalikni qalamga oladimi, ishq-vafo, ilk muhabbat armonlari-yu iztiroblari haqida yonib kuylaydimi, ularda Xurshid Davronga xos bo'lgan o'zgacha uslub sezilib turadi. Shoir she'rlarida inson ruhiyatining ko'z ilg'amas sezimlari ham alohida, bo'rtib ko'zga tashlanadi. Shu nuqtai nazardan biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizda Xurshid Davronning she'riyatidagi poetik obrazlarni yaratishda shoir mahoratining o'ziga xosligini tahlil qilishga urindik. Ana shu jihati ishimiznig dolzarbligini belgilaydi. BMIning obyekt va predmeti. Mazkur bitiruv malakaviy ishni yozishda ya'ni X.Davronning poetik obrazlardan foydalanish mahoratini aniqlashda shoirning Xurshid Davron. Bolalikning ovozi.-T: 1986. Xurshid Davron. Bahordan bir kun oldin. T: 1997.Xurshid Davron. SHe'rlar.- T: 2004 kabi to'plamlaridagi she'rlaridan foydalandik. BMIning maqsad va vzifalari.Xurshid Davron hamisha xalqning ko'nglini ko'taradigan, odamlar qalbiga quvonch, ularni o'ylatib qo'yadigan, dunyoning, hayotning sir-asrorlaridan voqif etadigan so'zlarni topib aytadi. Topib aytganda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 140.76 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 140.76 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga