XV asrning II yarmida Hirot adabiy muhiti

XV asrning II yarmida Hirot adabiy muhiti

O'quvchilarga / Adabiyot
XV asrning II yarmida Hirot adabiy muhiti - rasmi

Material tavsifi

XV asrning II yarmida Hirot adabiy muhiti Reja: 1. XV asrning II yarmi va XVI asr boshlarida ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot. 2. Davr madaniy va adabiy muhitining asosiy manbalari. 3. Adabiy muhitning asosiy figuralari va xususiyatlari. XV asrning ikkinchi yarmi Movarounnahr va Xurosonda temuriylar saltanatining yakuniy davridir. Bu davrda Movarounnahrda temuriyzoda Sulton Abusaid mirzo (vaf.1468), uning o'g'illari Sulton Ahmad mirzo (vaf.1494), Umarshayx mirzo (vaf.1494), Sulton Mahmud mirzo, Boysunqur mirzo, Sulton Ali mirzolar saltanati davom etgan bo'lsa, Hirot markazligidagi Xurosonda esa Abulqosim Bobur mirzo (vaf.1457), Abusaid mirzo (vaf.1468)lardan so'ng 1469 yildan 1506 yilgacha Sulton Husayn Boyqaro hukmronlik qildi. Samarqand markazligidagi Movarounnahrda Sulton Ahmad mirzo hukmronligi davrida (1458-1494) nAQSHbandiya sulukining murshidi-rahnamosi Xoja Ubaydulloh - Xoja Ahrori Valining (1404-1490) faoliyati tufayli nisbatan tinchlik va osoyishtalik davom etgan edi. Bu holni Zahiriddin Muhammad Bobur ham alohida ta'kidlab, shunday yozadi: «Samarqand ahlikim, yigirma-yigirma besh yil Sulton Ahmad mirzoning zamonida rafohiyat va farog'at (osoyishtalik va rohat) bilan o'tkarib edilar, aksar muomala hazrati Xoja (Ahrori Vali) jihatidin adl va shar' tariqi bila edi». Shuning natijasida unda ilmiy-adabiy muhit ham, madrasalarda ta'lim ham, hunarmandchilik va me'morchilik sohasidagi faoliyat ham davom etardi. Bu davrda turli fanning allomalari, jumladan, Ali Qushchi (1470 yilgacha), Fazlulloh Abulaysiy; shoirlardan Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Mavlono Riyoziy, Mirzobek va boshqalar faoliyat ko'rsatgan edilar. Me'morchilik va hunarmandchilikning eng yaxshi namunasi bo'lmish Ishratxona oromgohi ham shu davrda yashagan mohir me'mor va san'atkorlar ijodiy mehnati natijasidir. Hirot markazligidagi Xurosonda Sulton Husayn Boyqaro hukmronlik davrining ko'pchilik qismi ham uning do'sti Alisher Navoiy, ustozi Abdurahmon Jomiy, amir Shayximbek Suhayliy, Pahlavon Muhammad va boshqalar ko'magida samarali tarzda davom etdi. Sulton Husayn Boyqaro davridagi Xuroson, xususan, Hirotning holati Alisher Navoiyning turli asarlarida Mirxond va Xondamir «Ravzat us-safo»sining ettinchi jildida, Bobur «Boburnoma» sida, Sulton Husayn Boyqaroning o'zi yozgan «Risola»sida, Vosifiyning «Badoe' ul-vaqoe'» yodnomasi va boshqa asarlarda batafsil bayon qilingan. XV asrning oxirlarida Movarounnahr va Xurosonda ham notinchlik yuzaga kela boshlaydi. Buning sababi, bir tomondan, amiru amaldorlarning o'zaro nizolari, shohzodalarning esa toju taxt uchun kurashlari sabab bo'lgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, Movarounnahr shimolida Dashti Qipchoq va Turkistonda Shayboniyxon (1451-1510) boshliq guruhlar xuruji, Movarounnahrga hujumlarining kuchayishi; Xuroson g'arbida esa Tabriz markazligidagi safaviylar davlatining mustahkamlanib borishi temuriyzodalar hukmronlik qilayotgan hududlardagi barqarorlikka tahdid sola boshladi. Bularning natijasida Shayboniyxonning Movarounnahrni qo'lga kiritishi va 1507 yilda Xuroson poytaxti Hirotni bosib olishiga sabab bo'lgan edi. 1510 yilda Ismoil Safaviyning (1486-1524) Shayboniyxon ustidan g'alabasi Movarounnahrda Shayboniylar, Xurosonning ko'pchilik qismida esa safaviylar xonadonlarining hukmronliklarini yuzaga keltirdi. Faqat Kobul markazligida Xurosonning sharqiy hududida temuriyzoda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.96 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:48 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.96 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga