XVI asr adabiyoti Muhammad Solih Shayboniyxon Ubaydiy ijodi Reja: 1. XVI asr boshlarida ijtimoiy vaziyat va adabiy muhit xususiyatlari. 2. Muhammad Shayboniyxon shaxsiyati va adabiy merosi. 3. Shayboniynoma - ilk tarixiy doston. 4. Ubaydulloxon - Ubaydiy she'riyatining o'ziga xos xususiyatlari. XVI asr boshida Temuriylar o'rniga hokimiyatga kelgan Shayboniylar sulolasi haqida ilmiy adabiyotlarda biryoqlama va bir-biriga zid fikrlar hukm surib keldi. Istiqloldan keyingi yillarda o'tmishga munosabat ijobiy tomonga o'zgara borib, bu davrga doir asarlarning nashr qilinishi qator masalalarga oydinlik kiritdi. Jumladan, madaniy-adabiy hayotning ahvolini tahlil qilishda ham biryoqlamalikdan voz kechildi. Buning natijasida Shayboniylarning madaniyat va adabiyotning taraqqiyotiga to'sqinlik qilmaganliklari, balki Temuriylarning bu sohadagi an'anasini davom etdirganliklari tobora ko'proq oydinlashib bormoqda. Bu xonadondan chiqqan hukmdorlardan Muhammad Shayboniyxon, Ubaydulloxon, Ko'chkinchixon, Abdulazizxon, Abdullatifxonlar haqida manba'larda iliq gaplar aytilib, ularning madaniy hayot ravnaqiga munosib hissa qo'shganligi qayd etilgan. Ular badiiy ijod bilan shug'ullanib, devonlar tartib berganlar, shoiru fozillarga e'tibor berib, o'nlab asarlarning yaratilishiga homiylik qilganlar. Bu davrda ijod qilgan Shayboniy, Ubaydiy, Aziziy, Baqoiy, Muhammad Soleh, Binoiy va boshqalar o'zbek va tojik adabiyotining taraqqiyotiga munosib hissa qo'shdilar. Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkir ul ahbob» asarida bu haqda ancha mufassal ma'lumotlar keltirilgan. Bunday ma'lumotlar Muhammad Soleh, Binoiy, Mulla Shodiy asarlarida ham uchraydi. Ana shu adabiy muhit boshida turganlardan biri Muhammad Shayboniyxondir. Muhammad Shayboniyxon Dashti Qipchoqda turli turkiy qabilalarni birlashtirib xonlik barpo qilgan Chingiziy Abulxayrxonning nevarasi bo'lib otasi Shoh Budog' edi. U 1451 yilda dunyoga kelgan. Uni yoshligidan Shohbaxtxon deb ataganlar. Manbalarda Shayboqxon, Shohibekxon, Shaybonxon singari nomlar bilan atalgan. O'zbek ulusining Shabon urug'idan bo'lganligi uchun Shayboniy, Shaboniy, taxallusini olgan. She'rlarida ko'pincha vazn talabi bilan goh Shaboniy, goh Shayboniy shaklida ishlatadi. Muhammad Shayboniyxon Buxoro madrasalarida o'qigan. O'sha davrning taniqli hofizlaridan bo'lgan Mavlono Muhammad Xitoyi unga dars bergan. Uning talaba va taxt da'vogari sifatida madaniyat markazlari - Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlarda olimu fozillar davrasida bo'lishi hayotiga katta ta'sir ko'rsatgan. Hasanxoja Nisoriyning yozishicha, «Amir Abul Ali Tarxon zamonida Buxoro mulkida sokin bo'lgan»da, ba'zilar unga qarshi bo'lib, Buxorodan chiqib ketishini talab qilishgan. U Xoja Bahouddin NAQSHband qabriga borib ziyorat qilgan. Xojaning nabiralaridan bo'lgan Nizomiddinxoja Mirmuhammad NAQSHband nazariga tushib, bir muddat uning huzurida yashagan, tarbiyasini olgan. Xoja unga kelajakda Turkistonda xon bo'lishini bashorat qilgan ekan. Shundan keyin, u Turkistonga borib u yerdan Movarounnahrni egallash uchun kurash boshlaydi. Zahiriddin Muhammad Bobur bilan 1498 - 1501 yillar orasida bir necha bor urush qilib Samarqand va Buxoroni egallaydi. 1506-1507 yillarda Balxni, keyin Hirotni egallaydi, temuriylarning Movarounnahr va Xurosondagi hukmronliklariga barham beradi. Shayboniyxon 1510 yilda Marv yaqinida Eron ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, docx
Fayl hajmi
89.83 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:48
Arxiv ichida: zip, docx
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, docx
Fayl hajmi
89.83 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:48 ]
Arxiv ichida: zip, docx